ЗАМОНАВИЙ УЗЛУКСИЗ ТАЪЛИМ СИФАТИНИ ОШИРИШ: ИННОВАЦИЯ ВА ИСТИҚБОЛЛАР
270
ХАЛҚАРО МИҚЁСИДАГИ ИЛМИЙ-АМАЛИЙ КОНФЕРЕНЦИЯ МАТЕРИАЛЛАРИ
faollikni namoyon qilishga yordam beradi, uning qiziqishini oshirib, tasavvur olamini
kengaytiradi[4]. U asta-sekin bolaning xulq-atvorini tarbiyalash bilan birga, ularning nutq
funksiyalarini ham to’g’irlab boradi.O’yinni o’zlashtirish natijasida bolalarning o’zlariga nisbatan
ishonchlari ortadi, o’yin tufayli bolalarda bezovtalik darajasi, zo’riqish kamayadi, nutqiy
muloqotdan qo’rquvi yo’qoladi.O’yinda bolalar verbal va noverbal aloqada bo’lishadi. Ushbu
faoliyat davomida duduqlanuvchi bola harakat qiladi, gapiradi, idrok qiladi, o’ylaydi. Bu esa ularda
ruhiy jarayonlarning ham rivojlanishiga olib keladi. Bularning barchasi korreksion ishni yaxshi
natijalarga erishishga sabab bo’ladi.
Duduqlanuvchi bolalar bilan korreksion ishlar davomida turli o’yinlardan foydalaniladi.
Duduqlanuvchi bolalar bilan o’tkaziladigan didaktik o’yinlar turlicha bo’lib, ular birinchi
navbatda uzoq muddatli nafas olish ko’nikmalari, nutqning bir tekis temp-ritmini, tinch xulq atvorni
va asosiysi kommunikativ ko’nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan bo’ladi.Didaktik o’yinlar
fonematk idrok, diqqat, mayda motorika, taqlid qilish, xotira jarayonlarini rivojlantiradi.Qoidalar va
harakatlarning qat’iyligi duduqlanuvchi bolalarni teng sharoitga qo’yadi, bu ularning tartib-
intizomli bo’lishiga yordam beradi.Didaktik o’yinlar bolalarda to’g’ri nutqni shakllantirishdan
tashqari, ularga ma’lum bilimlarni beradi, so’z boyligini boyitadi, nutqning grammatik tuzilishini,
aqliy jarayonlar eng avvalo kognitiv jarayonlarni yaxshilaydi.
Qo’shiqli o’yinlar duduqlanuvchi bolalar uchun juda foydali.Ular nutqqa ijobiy ta’sir qiladi,
chunki ular bolalarda ixtiyoriy xattti-harakatni rivojlantiradi, qo’zg’alish va tormozlanish
jarayonlarini normallashtiradi.Bundan tashqari ular ketma-ket harakatlarni rejalashtirishga
o’rgatadi, diqqatini rivojlantiradi, nutqning prosodik tomonini yaxshilaydi, ixtirochilik, irodalilik
qobiliyatlarini rivojlantiradi [1].
Harakatli o’yinlar umumiy motorikani rivojlantiradi. Bu o’yinlar turli harakatlar asosiga
qurilgan bo’lib, harakatning aniqligi va uning koordinatsiyasini rivojlantirish bilan birga diqqatlilik,
kuzatuvchanlik, irodalilik, chaqqonlik,topqirlik, bardoshlilikni ham rivojlantiradi. Birinchi navbatda
harakatli o’yinlar duduqlanuvchi bolalarda ovoz, nutqiy nafas, nutqning bir tekis tempini
rivojlantirishga yordamberadi.Bunda bolalar duduqlanmaslik, nafas olish va nutqning tezligini
buzmaslik uchun o’rta va past harakatchanlik talab qilinadigan o’yinlarni o’ynashlari kerak.Koptok,
halqa, lenta, bayroqchalar bilan oddiy harakatlar bolalarni umumiy harakatlar xarakterini, qo’llar,
oyoqlar harakatlarini nutq bilan muvofiqlashiradi.Harakatli o’yinlar bolalarni mustaqillikka,
chidamlilikka o’rgatadi.
Ijodiy o’yinlar duduqlanuvchi bolalarni muayyan rolda o’zini tutish qoidalariga rioya qilish,
sheriklik talablariga amal qilish, nizolarni hal qilish qobiliyatlarini shakllantiradi.Bu o’yinlar
duduqlanuvchi bolalarni ijtimoiy ko’nikmalarini kengaytiradi, faol ijobiy xulq-atvorini, turli
faoliyatlarni o’zi tashkillashtirish qobiliyatini tarbiyalaydi.
Bunday o’yinlarga konstruktiv-qurilisho’yinlari,dramaturgiyaga oid o’yinlar hamda syujetli-
rolli o’yinlar kiradi.
Kostruktiv-qurilish o’yinlari duduqlanuvchi bolalarni qat’iyatli bo’lishga, maqsadli
harakatlar qilishga o’rgatadi.Shuningdek, bolalarning muvozanatli xulq-atvorini va hissiy holatini
nazorat qilishni ta’minlaydigan tinch muhit yaratadi.Bolalar turli predmetlarni ixtiro qiladilar va
quradilar, ularni o’ynaydilar, bu esa duduqlanuvchi bolaning qobiliyatlarini turli yo’llar bilan
rivojlantirishga yordam beradi.
Duduqlanishni bartaraf etish jarayoniga qisqa she’rlar, hikoyalar, ertaklar va teatr
tomoshalari kabi voqealarni tasvirlovchi dramaturgiyaga oid o’yinlar ijobiy ta’sir ko’rsatadi.Bu
o’yinlar bolalarning ifodali nutqini rivojlanishiga yordam beradi, ularning mustaqillik darajasini
oshiradi.
Syujetli-rolli o’yinlar ham duduqlanishni bartaraf etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Bunday o’yinlarda bola o’z harakatlarini turli vaziyatlarda to’g’ri nutq orqali ifodalashga
o’rganadi.O’yinlar bolani psixologik jihatdan xulq-atvorini tarbiyalaydi, muloqot ko’nikmalarini
rivojlantiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |