1820 yilda Ersted tajribasidan keyin elektr va magnit hodisalari o’rtasida o’zaro bog’lanishni o’rganishga qiziqish ortadi. Elektr toki magnit maydonni hosil qilar ekan, o’z navbatida magnit maydoni elektr tokini yuzaga keltiradimi?, degan savol tug’iladi. Ushbu savolga javob izlab 1831 yilda M.Faradey o’zining buyuk kashfiyotini ochadi. U o’z tajribasida juda oddiy asbob-uskunalardan foydalangan edi. U temir xalqaga izolyasiyalangan simdan ikkita o’ram o’raydi, birinchi o’ram tok manbaiga, ikkinchisini esa galvanometrga ulaydi. Birinchi g’altak tok manbaiga u M.Faradey (1797-1867) langan paytda, 2- o’ramdagi galvanometr strelkasi keskin og’adi va 2 - konturda tok vujudga kelganligini qayd etadi. Bu hodisa magnit ta’sirida elektr toki vujudga kelganligini ko’rsatadi. Bu hodisani Faradey elektromagnit induksiya deb atadi. Faradeyning bu kashfiyoti o’zgaruvchi tok manbalari - elektr generatorlarini, zamonaviy texnika asbob va uskunalarining yasalishiga asos bo’ldi. Induksion tok yo’nalishini Emil Xristianovich Lens 1834 yilda aniqladi va u hozirda Lens qoidasi deb yuritiladi. Elektromagnit induksiyaning ochilishi zamonaviy fan va texnikani rivojiga ulkan hissa qo’shdi. - 1820 yilda Ersted tajribasidan keyin elektr va magnit hodisalari o’rtasida o’zaro bog’lanishni o’rganishga qiziqish ortadi. Elektr toki magnit maydonni hosil qilar ekan, o’z navbatida magnit maydoni elektr tokini yuzaga keltiradimi?, degan savol tug’iladi. Ushbu savolga javob izlab 1831 yilda M.Faradey o’zining buyuk kashfiyotini ochadi. U o’z tajribasida juda oddiy asbob-uskunalardan foydalangan edi. U temir xalqaga izolyasiyalangan simdan ikkita o’ram o’raydi, birinchi o’ram tok manbaiga, ikkinchisini esa galvanometrga ulaydi. Birinchi g’altak tok manbaiga u M.Faradey (1797-1867) langan paytda, 2- o’ramdagi galvanometr strelkasi keskin og’adi va 2 - konturda tok vujudga kelganligini qayd etadi. Bu hodisa magnit ta’sirida elektr toki vujudga kelganligini ko’rsatadi. Bu hodisani Faradey elektromagnit induksiya deb atadi. Faradeyning bu kashfiyoti o’zgaruvchi tok manbalari - elektr generatorlarini, zamonaviy texnika asbob va uskunalarining yasalishiga asos bo’ldi. Induksion tok yo’nalishini Emil Xristianovich Lens 1834 yilda aniqladi va u hozirda Lens qoidasi deb yuritiladi. Elektromagnit induksiyaning ochilishi zamonaviy fan va texnikani rivojiga ulkan hissa qo’shdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |