The ministry of higher and secondary special education of the republic of uzbekistan



Download 1,45 Mb.
bet82/267
Sana02.02.2022
Hajmi1,45 Mb.
#426012
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   267
Bog'liq
MEXNAT IQT дарслик 2009 й

Neoklassik sintez. Keyingi o’ttiz yil mobaynida ko’pgina olimlar bir vaqtning o’zida bozorni tartibga solishdan va uning davlat tomonidan tartibga solinishidan o’zaro bog’liq ravishda foydalanish zarur, degan xulosaga kela boshladilar. SHu tariqa neoklassik sintez maktabi vujudga keldi. Uning asoschisi va atoqli vakili amerikalik olim, Nobel mukofotining 1970 yilgi laureati Pol Samuelsondir. Uning ikki jilddan iborat «Iqtisodiyot» darsligi (uning keyingi nashri o’zbek tilida 1996 yilda chiqqan) jahondagi ko’pgina mamlakatlarning talabalari uchun uzoq yillardan buyon asosiy iqtisodiyot kitobi bo’lib xizmat qilmoqda. P.Samuelson unda quyidagicha yozgan edi: «hozirgi vaqtda g’arbdagi iqtisodchilarning ko’plari biz bu kitobda neoklassik sintez deb atayotgan narsalarga erishishga intilmoqdalar, ya’ni ular samarali kredit-pul va xazina siyosati yo’li bilan Smit va Marshallning klassik makroiqtisodiyotini daromad darajasini aniqlashning zamonaviy makroiqtisodiyoti bilan birlashtirishga, har ikki yondashuvdagi barcha sog’lom narsalarni birga qo’shib olib borishga urinmoqdalar»7. Shu yerning o’zida u umumiy e’tirofga ko’ra iqtisodchilar klassiklarning dalillarini haddan tashqari soddalashtirilgan hamda XIX—XX asrlar hayot faktlariga javob bermaydi, deb hisoblashlarini ta’kidlab o’tgan. Erkin olamda hukumatlar va markaziy banklar o’zlari xazina siyosati (xarajatlar va soliqlar) va pul-kredit siyosati quroliga ega ekanliklarini, ular yordamida milliy daromad va ish bilan bandlikni belgilab beruvchi omillarga ta’sir etishlari mumkin ekanligini ko’rsatdilar. Neoklassik sintezning yo’nalishi tadqiqotlar mavzularining kengligi va amaliy xususiyatga ega ekanligi, iqtisodiy o’sishga, ishsizlikni va uni tartibga solish usullarini tahlil qilishga doir muammolarni chuqur o’rganish, umumiy iqtisodiy muvozanat nazariyasining yaratilishi bilan ajralib turadi. Uning tarafdorlari iqtisodiy-matematik aloqalar usullarini ishlab chiqishga katta e’tibor beradilar, iqtisodi-yotning davlat tomonidan tartibga solinishi bozorni tartibga solishga nisbatan katta ahamiyatga egadir, deb hisoblaydilar. Neoklassik sintezning boshqa namoyondalaridan, bizda endilikda mashhur bo’lib ketgan «Ekonomiks» darsligining mualliflari Kempbell R. Makkonell va Stenli L. Bryularni alohida ko’rsatib o’tamiz. Ular bu darslikda ham klassik va neokonservativ (asosan, monetaristik) nazariyani hamda Keyns nazariyasini batafsil va aniq bayon qilib berganlar. SHu bilan birga bu bayon qilish ko’pincha u yoki bu masalaga oid turli nazariyalarni qiyoslagan holda beriladi. «Ekonomiks» kitobining mualliflari yozishicha, «iqtisodchilarning ko’pchiligi ham keynschilikka, ham monetarizmga xos bo’lgan ishonarlilikni e’tirof qilishga tayyordir. Har ikki nazariya foydali sxemalardan iborat bo’lib, makroiqtisodiyotni tahlil qilish imkonini beradi»8 . Ularning fikricha, keynschilar va monetaristlarning bahslari barcha yo’nalishlardagi iqtisodchilarni makroiqtisodiy nazariyaning ayrim eng fundamental jihatlarini qayta tahlil qilishga majbur etdi va muhim murosamadoraga kelindi. Olimlar va amaliyotchilar xazina hamda kreditpul siyosatini muvofiqlashtirish zarurligini anglab etdilar. Bundan tashqari, barcha yo’nalishlardagi iqtisodchilar endilikda jami talabni ham, jami taklifni ham tahlil qilishga e’tibor bermoqdalar.



Download 1,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   267




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish