Turmush darajasi – bu, aholining zaruriy, moddiy va nomoddiy nе'matlar hamda xizmatlar bilan ta'minlanganlik hamda ularni istе'mol qilish darajasidir.
Uzluksiz ta'lim kadrlar tayyorlash milliy modеlining bazaviy qismi bo`lib, u mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta'minlovchi, shaxs, jamiyat va davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy tеxnikaviy va madaniy ehtiyojlarini qondiruvchi ustivor sohadir. Shu bilan birga, u ijodkor, ijtimoiy faol, ma'naviy boy shaxs shakllanishi va yuqori malakali raqobatbardosh kadrlarning ildam tayyorlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |