Ishchi kuchi sifatining ko`rsatkichi ishchi kuchining ma'lumot darajasi va ishlab chiqarish tajribasi hisoblanadi.
Ishchi kuchini takror ishlab chiqarish - bu insonning aqliy va jismoniy qobiliyatlarining uzluksiz ravishda tiklanib borishi, doimiy ravishda uning bilim malaka saviyasini ko`tarilib, yangilanib borishidir.
Qadriyatlar – bu, sub'еkt, jamiyat, sinf, ijtimoiy guruhning hayot va ishning asosiy va muhim maqsadlari to`g’risidagi, shuningdеk, ana shu maqsadlarga erishishning asosiy vositalari haqidagi tasavvurlaridir.
Kadrlar – (frants. cadre – shaxsiy tarkib) – 1. Korxona, muassasa, firma, hissadorlik jamiyatlari va jamoat tashkilotlarida malakali xodimlarning asosiy tarkibi. 2. qurolli kuchlarda – haqiqiy xizmatdagi komandirlar va oddiy askarlar tarkibi.
Do'stlaringiz bilan baham: |