The ministry of higher and secondary special education of the republic of uzbekistan


Ish bilan bandlik, ish haqi va ishchi kuchi xarajatlarining



Download 1,45 Mb.
bet163/267
Sana02.02.2022
Hajmi1,45 Mb.
#426012
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   267
Bog'liq
MEXNAT IQT дарслик 2009 й

12.2. Ish bilan bandlik, ish haqi va ishchi kuchi xarajatlarining
xalqaro statistikasi


Ish bilan bandlik va ish haqi to’g’risida. Dunyoda ishlab chiqarish sohasida ro’y berayotgan umumiy tanazzul natijasida keyingi yillarda ish bilan bandlik borasidagi ahvol birmuncha murakkablashdi. Oxirgi o’n yil ichida dunyo bo’yicha o’rtacha kishi boshiga to’g’ri keladigan daromad ketma-ket qisqardi. Bozor iqtisodiga o’tgan rivojlangan mamlakatlarda ham iqtisodiy o’sish juda sekinlik bilan bordi, chunki pul bilan ifodalaganda ularning hissasiga jahon yalpi ichki mahsulotining 3/4 qismi to’g’ri keladi, bu hol rivojlangan mamlakatlarda talabning va tovarlar narxlarining pasayishiga olib keldi. Janubiy va Sharqiy Osiyoda iqtisodiy o’sishni 5 foiz atrofida saqlab qolishga muvaffaq bo’lindi. Xitoydagi iqtisodiy o’sish ana shu yillarda ikki raqamli sonlar bilan ifodalandi. Bu hol esa butun dunyoda ishsizlikning kuchayishini belgilab berdi.
Xalqaro Mehnat Tashkilotining ma’lumotlariga qaraganda, 2000 yilda jahondagi ishchi kuchining 30 foizi — ishsiz yoki to’la bo’lmagan ish bilan band edi. Ishsizlik ko’lami shu qadar kattaki, ahvol tanglik holatida, deb e’tirof etilmoqda, bunday vaziyat 30-yillardagi buyuk turg’unlik davridan buyon ham bo’lmagan edi.
G’arbning sanoati rivojlangan ko’pgina mamlakatlarida va Sharqiy Evropa mamlakatlarida o’tish iqtisodiyoti munosabati bilan ishsizlar foizi ko’rsatkichi ikki raqamli sonlar bilan ifodalanadi. Ispaniyadagi ishsizlik darajasi 24,4 foizga, Finlyandiyada 17,7 foizga, Irlandiyada 15,4 foizga, Belgiyada 12,7 foizga, Frantsiyada 12,2, Italiyada 11,9, Gretsiyada 11, Daniyada 10,5, Germaniyada 10 foizga etdi.
Rossiyadagi ishsizlik (to’liq va yashirin ishsizlik) 10 foizdan ko’proqni, Polshada 16,9, Bolgariyada 13,3, Vengriyada 11 foizni tashkil etadi. Faqat ayrim mamlakatlardagina ishsizlik nisbatan maqbulroq darajada, ya’ni 6 foizdan kamroq darajada saqlanib turibdi. Masalan, Yaponiyada 2,8 foiz, Shveytsariyada 3,8, Avstriyada 4,6, Norvegiyada 5,2 va AQShda 5,8 foizni tashkil etadi.
Hozirgi vaqtda dunyodagi ishsizlikning ahvoli iqtisodiy jihatdan va ma’naviy nuqtai nazardan maqbul emas, chunki ishsizlik resurslarning nihoyatda ko’p miqdorda isrof bo’lishiga olib keladi va ishdan mahrum bo’lib qolganlarning aziyat chekishlarini tobora oshiradi. Ko’pgina rivojlangan mamlakatlarda ishsizlik darajasiga amalga oshirilayotgan iqtisodiy siyosatning qandayligi, shuningdek, mehnat bozorini tartibga solish usullari ta’sir ko’rsatmoqda.
XMTning rasmiy hujjatlarida jahon mamlakatlari hukumatlari tomonidan bunday ahvolni tuzatish uchun bir xildagi choratadbirlar emas, balki ularning turini ko’paytirish lozim, xususan, bu sohadagi muhim odimlar qatorida quyidagilar sanab o’tilgan:
— savdoni erkinlashtirish;
— moliyaviy bozorlarni barqarorlashtirish, to’lov balanslari muammolarining keskinligini yumshatish uchun xalqaro hamkorlikni kengaytirish va uzoq muddatli hisobga olish stavkalarini pasaytirish;
— sanoatni eksportga mo’ljallab rivojlantirish;
— mehnat bozorlarini takomillashtirish uchun moslashishga doir ijobiy tarkibiy chora-tadbirlarni ko’rish, shu jumladan, hali ishlab topilmagan mehnat xarajatlarini, chunonchi ish haqi fondi solig’i va ijtimoiy ta’minotga mo’ljallangan xarajatlar solig’ini kamaytirish, ishchi kuchining qo’nimsizligini pasaytirish va ish bilan bandlikni rag’batlantirish tizimlarini isloh qilish.
Oxirgi o’n yil ichida barcha yollanma xodimlarning o’rtacha haftalik ish haqi 503 AQSh dollarigacha ko’tarildi, bu yiliga 5,4 foiz o’sishni tashkil etadi.
Har qanday mamlakatning iqtisodiyotida turli kasblar va turli mehnat rejimlari, ish haqi stavkalari, qo’shimcha haqlar va ijtimoiy ta’minot tizimlariga ega bo’lgan mehnat turlari bilan banddirlar. Lekin statistik «o’rtacha ish haqlari»ga muvofiq keladigan «o’rtacha» xodimni tasavvur qilish qiyin. Bu o’rinda ko’pchilik xodimlar uchun muammo tug’iladi: ular o’zlarining daromadlarini ish haqlarining rasmiy raqamlari bilan qiyoslay olmaydilar, holbuki, bu raqamlar o’rtacha raqamlar sifatida taqdim etilgan.
Ish haqlarining tarqoqligi ancha sezilarli bo’lishi mumkin. SHu sababli ish haqining taqsimlanishi haqida iloji boricha ko’proq axborotga ega bo’lish foydalidir, bu axborot statistiklarning atamasi bilan aytganda, ekstremal miqdorlarni (qayd qilingan ish haqlaridan eng yuqori va eng kam miqdorini) ko’rsatadi.
yollanma xodimlarning ko’pchiligi uchun ish haqi ular tomonidan olinadigan daromadlarining asosiy qismini tashkil etadi. Afsuski, hozirgi vaqtdagi kuzatishlarda ish haqlari qanday hisobga olinishini ko’zdan kechiradigan bo’lsak, ularda ish haqining muhim elementlari o’z aksini topmas ekan. «Ish haqi tarkibi» ko’pchilik mamlakatlar amal qiladigan mazkur masalaga doir amaldagi xalqaro tavsiyalarga muvofiq, ish haqining ta’rifi va ayrim elementlarini o’z ichiga oladi. O’tkaziladigan oylik, choraklik va yarim yillik tekshirishlarning ko’pchiligida ish haqining barcha elementlari hisobga olinyapti deb bo’lmaydi, faqat har bir hisoblash davrida olingan pul miqdorlari e’tiborga olinadi. Demak, 13 va 14-ish haqlari, yillik mukofotlar, ovqat talonlari, bepul tovarlar va natura bilan berilgan boshqa to’lovlar ish haqi tarkibiga kiritilmagan.

Download 1,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   267




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish