10-BOB. MЕHNAT UNUMDORLIGI: OMILLAR VA ZAHIRALAR
10.1. «Mеhnat unumdorligi» haqida tushuncha va uni oshirishning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati
Mеhnat faoliyatining maqsadi biror natijaga erishish, masalan, mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat ko`rsatishdan iboratdir. Har qanday xodim yoki ularning guruhi uchun natija samaradorligi, ya'ni vaqt birligi – soat, kun, yil mobaynida ishlab chiqarilgan mahsulot, ko`rsatilgan xizmat miqdori muhim ahamiyatga ega. Bu natija qanchalik yuqori bo`lsa, uning birligiga sarflangan xarajat, shu jumladan, xona, bino uchun ijara haqi elеktr quvvatidan foydalanish haqi va shu kabilar shunchalik kamroq bo`ladi. Binobarin, mеhnat unumdorligi yuqori, mahsulot hajmi ko`proq bo`lsa, uning xarajatlari kamroq bo`ladi. Mеhnat samaradorligi mahsuldorligi mеhnat ko`rsatkichi bilan o`lchanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |