Ish haqining avtomatik tarzda oshirilishi. Bunday yondashuv norasmiy yondashuvga to’g’ridan-to’g’ri ziddir. Ish haqini korxona (bo’linma)ning hamma xodimlari uchun bir vaqtning o’zida oshirish haqidagi masala iqtisodiy vaziyatdan, raqobat shartlari va umuman, korxona faoliyati natijalaridan kelib chiqilgan holda yuqori rahbariyat tomonidan hal etiladi. Bundan tashqari, bu tizim quyidagi obyektiv ko’rsatkichlar bo’yicha ish haqini avtomatik tarzda oshirishni ko’zda tutadi: ish stajining oshishi, malaka darajasini rasmiy ravishda ko’tarish va hokazolar.
Hozirgi zamon ishlab chiqarishi uchun mehnatga haq to’lashni tashkil qilishning turli tizimlarini qo’llash xosdir. Masalan, AQSHda sanoatda ishlaydigan xodimlarning 17 foizi to’g’ridant o’g’ri ishbay haq olish tizimiga kiradi, mukofotlashning jamoa tizimida esa 33 foiz xodimlar haq oladilar. Ikki guruh tizim eng ommaviy hisoblanadi, ya’ni: foydalarda ishtirok etish va ishlab chiqarish ko’rsatkichlariga erishganlik halqa, eng avvalo, mehnat unumdorligini oshirganlik uchun mukofotlash, mukofot miqdori o’rtacha oylik ish haqining 5 foizidan 18 foizgachasini tashkil qilgan.
Frantsiyada mehnatga haq to’lash ko’proq vaqtbay tizimida ommalashgan. Bu erda ish haqi to’lashni tashkil qilishni takomillashtirish uni alohida yo’nalishda, ya’ni haq to’lash bilan unumdorlik o’rtasida to’g’ridan-to’g’ri bog’lanish bo’ladi. Alohida haq to’lash bazasi bo’lib tarif tizimi qolaveradi. U mehnatning miqdoriy natijalarinigina emas, balki uning sifatini va ish o’rnidagi o’zini tutish omillarini ham hisobga oladi.
Tarif tizimi ikki yo’nalishda amal qiladi. Bir tomondan, tarmoq va tarmoqlararo darajadagi jamoa muzokaralari natijasida tarif setkasi, ya’ni kasb toifalari bo’yicha razryad va koeffitsientlar shkalasi, ular bevosita firmalarda hisobga olinadi. Ikkinchi tomondan, o’sha jamoa muzokaralariga muvofiq shunday qoidalar belgilanadiki, bu razryad va koeffitsientlar xodimlarga shu qoidalarga muvofiq beriladi, boshqacha aytadigan bo’lsak, ularni tasniflash amalga oshiriladi.
Tarif setkalarida quyidagi kategoriyalar (toifalar) mavjud:
— eng quyi ishchi toifasi — malakasiz yoki har turli ishlarni bajaraveradigan ishchi (birinchi razryad);
— yarim malakali ishchi (ikkinchi razryad);
— malakali ishchi (uchinchi razryad);
— texniklar (to’rtinchi razryad);
— quyi bo’g’in boshqaruvchilari (usta, brigadir boshlig’i).
Ayrim tarif setkalari Frantsiya korxonalarida o’rta va yuqori boshqaruv xodimlari va muhandislari uchun amal qiladi.
Amaliyotda rag’batlantirishning har xil tizimlari qo’llaniladi. Masalan, olinadigan foydalarda ishtirok etish tizimi firmalarning 70 foizida; mehnat natijalariga baho berishda xizmatlarni baholash usuli firmalarning 36 foizida; turmush qiymatining o’sishiga muvofiq ish haqini avtomat tarzda indeksatsiyalash firmalarning 36 foizida qo’llaniladi. 59 foiz firma mehnatga haq to’lashning uch bosqichli tizimini qo’llaydi, bular: eng kam darajada kafolatlangan haq to’lash, jamoa mukofotlari va shaxsiy ish natijalari uchun yakka tartibdagi mukofotlardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |