Smenalilik koeffitsienti –uskunalarning vaqt bo’yicha ish bilan ta’minlash darajasi
ko’rsatkichi; sutka davomida ishlab berilgan mashina-smenalarning o’rnatilgan
barcha smenalar soniga nisbati orqali aniqlanadi.
Stanadartlashtirish - ishlab chiqarishning ma’lum bir sohasida faoliyatni tartibga
solish maqsadida barcha manfaatdor tomonlar ishtirokida qoidalar belgilash va
qo’llash. Normativ hujjatlar, standartlar, yo’riqnomalar, usullar, talablarda aks
ettiriladi.
Ta’sis hujjatlari – yangi tashkil qilinuvchi korxona, kompaniya, aktsiyadorlik
jamiyatini ta’sis etish va ularni belgilangan tartibda ro’yxatga olish uchun asos
bo’lib xizmat qiluvchi hujjatlar.
Texnik qayta qurollantirish – ishlab chiqarish alohida uchastkalarining texnik
imkoniyatlarni zamonaviy darajaga chiqarish jarayoni.
161
Do'stlaringiz bilan baham: |