Smenalilik koeffitsienti –uskunalarning vaqt bo’yicha ish bilan ta’minlash darajasi ko’rsatkichi; sutka davomida ishlab berilgan mashina-smenalarning o’rnatilgan barcha smenalar soniga nisbati orqali aniqlanadi.
Stanadartlashtirish - ishlab chiqarishning ma’lum bir sohasida faoliyatni tartibga solish maqsadida barcha manfaatdor tomonlar ishtirokida qoidalar belgilash va qo’llash. Normativ hujjatlar, standartlar, yo’riqnomalar, usullar, talablarda aks ettiriladi.
|
Ta’sis hujjatlari – yangi tashkil qilinuvchi korxona, kompaniya, aktsiyadorlik jamiyatini ta’sis etish va ularni belgilangan tartibda ro’yxatga olish uchun asos bo’lib xizmat qiluvchi hujjatlar.
|
Texnik qayta qurollantirish – ishlab chiqarish alohida uchastkalarining texnik imkoniyatlarni zamonaviy darajaga chiqarish jarayoni.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |