Qisqacha xulosalar
Korxona sirlari va xavfsizligi bir qarashda oddiy tushunchalar bo’lib, ularning mazmuni mutaxassis bo’lmaganlarga ham tushunarlidir. Biroq amaliyotda korxona, shuningdek, turli xo’jalik sub’ektlarining tijorat sirlari va xavfsizligini ta’minlash etarlicha murakkab faoliyat sohasi hisoblanadi.
Korxona xavfsizligiga ichki ishlab chiqarish muhitidan tashqari tashqi muhit ham ba’zida bevosita, ba’zida esa bilvosita ta’sir ko’rsatadi. Ichki va tashqi muhitlarning ishlab chiqarish faoliyatiga salbiy ta’sirini bartaraf qilish har bir korxona oldida turgan muhim vazifa hisoblanadi.
Tijorat sirlari korxona faoliyati to’g’risidagi ma’lumotlar bo’lib, ularning chetga chiqib ketishi yoki begona shaxslarga tarqatilishi korxona manfaatlariga zarar etkazishi mumkin. Shu sababli tijorat sirlariga korxona tomonidan amal qilinibgina qolmay, unga rioya etish shartlari qonunchilik tomonidan belgilab ham qo’yilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |