Coca-Cola yoki Coke — The Coca-Cola Company kompaniyasi tomonidan chiqariladigan alkogolsiz gazli ichimlik. „Coca-Cola“ 2005-2011-yillar oraligʻida Interbrend xalqoro tekshirish agentligi reytingi boʻyicha dunyodagi eng qimmat brend boʻlgan. Bugungi kunda bu ichimlik dunyodagi 200 dan ortiq mamlakatlarda sotiladi. 1970-1990-yillarda Coca-Cola ichimligi tarkibida kokoin moddasi koʻpligi tufayli faqat dorixonalarda sotilgan va keyinchalik kokoin tarkibi kamaytirilgandan keyin oziq ovqat doʻkonlar peshtaxtalaridan joy olgan.
Coca cola tarixi
Ichimlik 1889-yil 8-mayda (Jorjiya shtati, AQSh) Atlantada oʻylab topilgan. Uning avtori farmatsevt John Stith Pemberton (afsonalarga qaraganda ichimlikni receptini bir fermer ixtiro qilgan va Jon Stitga 250$ga sotadi, bu haqida John Pemberton oʻzining intervyularining birida aytgan emish). Ichimlikni nomini Pembertonning hisobchisi Frenk Robinson kalligrafiya bilan chiroyli qilib „Coca-Cola“ soʻzini yozadi. Bu soʻz hozirgi kungacha ichimlikning logotipi boʻlib qoʻllanilib kelyabti. „Coca-Cola“ning tarkibida koka oʻsimlik (kokain) bor.
Ichimlik tarkibi
Shuni hisobga olish kerakki, har bir variantda ichimlik tarkibi har xil. Quyida ichimlikning oddiy varianti koʻrsatilgan Ichimlikning tarkibida:
„Coca-Cola“ kompaniyasi qogʻoz butilkalarni sinovdan oʻtkazishni boshladi. Butilkalarning ilk naʼmunalari Daniya kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan va u toʻligʻicha qogʻoz tolalaridan tayyorlangan. Faqat qopqoq va qogʻozning suyuqlikka tegishidan saqlovchi ichki membrana plastikdan ishlangan.
Tajribadan maqsad, butilkani 100 foiz qayta ishlanadigan, butunlay plastikdan xoli va gazlangan ichimlikning bosimiga dosh bera oladigan qilib ishlab chiqarish hisoblanadi. „Coca-Cola“ 2030-yilgacha butunlay chiqindisiz ishlab chiqarishga oʻtmoqchi. Oziq-ovqat sanoatining gigantlari esa bu tashabbusni qoʻllab-quvvatlagan.
2019-yil „Break Free From Plastic“ (Plastikdan xalos boʻlamiz) xayriya jamgʻarmasi „Coca-Cola“ jahondagi chiqindi generatorlaridan biri boʻlganligini maʼlum qilgan. Undan keyingi oʻrinlarda esa, „Pepsi“ va „Nestle“ joylashgan
Coca cola o'zbekistonda
Coca-Cola Ichimligi Uzbekistan LTD kompaniyasi Oʻzbekistonda faoliyatini 1993-yilda boshlagan boʻlib, korxonaning rasmiy ochilishi marosimi 1994-yil mart oyida boʻlib oʻtgan. 1997-yilda Namangan va Urganch shaharlarida kompaniya zavodlari qurilgan. 1998-yili Toshkentning Bektemir tumanida qurilgan megazavod oʻz vaqtida Coca-Cola ishlab chiqarish boʻyicha Oʻrta Osiyodagi eng yirik zavod boʻlgan.Hozirgi kunda Coca-Cola Ichimligi Uzbekistan LTD kompaniyasi Coca-Cola ichimligidan tashqari, Fanta, Sprite ichimliklari va Bonaqua brendi ostidagi gazli va gazsiz suvlarini isteʼmolchilarga yetkazib kelmoqda.
2014-yil mart. Bundan buyon „Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston LTD“ korxonasining 57.12 % miqdoridagi davlat ulushi Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish boʻyicha davlat qoʻmitasi huzuridagi „Davlat aktivlarini boshqarish markazi“ DUKga tegishli ekani haqidagi rasmiy maʼlumot eʼlon qilinadi.
2014-yil aprel. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida „Coca-Cola International“ kompaniyasining Turkiya, Markaziy Osiyo va Kavkaz mamlakatlari boʻyicha prezidenti Galya Molines bilan uchrashuv boʻlib oʻtadi.
Bu orada esa Pepsi ichimligining qiymati 1,5 litr uchun 8000 ming soʻmga etadi, Coca-Cola 2500 dan 6000 soʻmgacha boʻlgan narxlarda kichikroq doʻkonchalarda qoladi, xolos.