Dengiz sutemizuvchilari:kurakoyoqlilar va kitsimonlar turkumi.
1.Kurakoyoqlilarning tanasi qanday tuzilgan?---Bo’yni kalta, oldingi oyoqlari suzgich kurakka aylangan.
2.Kurakoyoqlilar ko’p vaqtini qayerda o’tkazadi?----Suvda.
3.Kurakoyoqlilar qachon quruqlikka chiqadi?----Dam olish va ko’payish uchun.
4.Kurakoyoqlilarga qaysi hayvonlar kiradi?----Tulenlar,morj va dengiz mushugi.
5.Grenlandiya tuleni qayerlarda yashaydi?----Arktika dengizida.
6.Tulenlar quruqlikda qanday harakatlanadi?----Kurak oyoqlariga tayanib.
7.Tulenlarning tanasi nimalar b-n qoplangan?---Dag’al,kalta va siyrak yung.
8.Ko’pchilik tulenlarni nimasi bo’lmaydi?---Quloq suprasi.
9.Tulenlar nimalar b-n oziqlanadi?----Baliqlar,molluskalar va qisqichabaqasimonlar.
10.Tulenlar nechtagacha bola tug’adi?---- Bitta tirik, ko’zi ochiq bola tug’adi.
11.Tulen bolasining terisi qanday jun bilan qoplangan?---Oq momiq jun bilan.
12.Tulen bolasining momiq juni qanday ahamiyatga ega?----Sovuqdan asraydi va oq muz ustida sezdirmaydi.
13.Tulenlarning bolasi qachon suvga tushib, suza boshlaydi?---Momiq juni to’kilib, dag’al jun bilan qoplanganda.
14.Dengiz mushugi qayerlarda yashaydi?------Uzoq Sharq dengizida.
15.Dengiz mushigi podasi qacho qirg’oqqa chiqadi?—Yoz boshlarida bolalash uchun.
16.Urg’ochi dengiz mushugi nechtagacha bola tug’adi?---Bitta.
17.Dengiz mushugini bolasi qanday jun bilan qoplangan?---Qora jun.
18.Dengiz mushugi qachon yana dengizga tushib ketadi?---Bolasi o’sib suza boshlagach.
19.Qaysi kurakoyoqlilar terisi va yo’gi u-n ovlanadi?---Tulen va morj.
20.Dengiz mushugi nima u-n ovlanadi?----Mo’ynasi.
21.Morjning qaysi tishi fil suyagi singari qadrlanadi?-----Qoziq.
22.Qaysi dengiz sutemizuvchilarini ovlash man qilingan?----Dengiz mushugi va delfin.
23.Kitsimonlar turkumiga qaysi hayvonlar kiradi?---Kitlar, kasholotlar va delfinlar.
24.Qaysi dengiz sutemizuvchilari hech qachon quruqlikka chiqmaydi va suvda bolalaydi?—Kitsimonlar.
25.Kitsimonlar qaysi suzgichlari yordamida suzadi?---Oldingi va dum.
26.Kitsimonlarning qaysi suzgichlari bo’lmaydi?---Keyingi.
27.Ko’k kitning vazni va uzunligi?----150 tonna va 30 metr.
28.Ko’k kit nimalar bilan oziqlanadi?----Plankton organizmlar va qisqichbaqasimonlar.
29.Ko’k kitning yuqori jag’idan pastga qarab juda ko’p nimlar osilib turadi?---Popukli muguz plastinkalar - kit mo’ylovlari.
30.Ko’k kit suvni nimasi yordamida o’tkazadi?---Muguz plastinkalari.
31.Bir kecha -kunduzda kit qancha oziq yeydi?----2-4 tonna.
32.Nima uchun ko’k kit tishsiz kitlarga deb ataladi?---Tishlari o’rnida muguz plastinklar bo’ladi.
33.Tishli kitlarga qaysi hayvonlar kiradi?----Delfin va kasholot,kasatka.
34.Tishli kitlarning qaysi tishlari bir xilda tuzilgan?----Konussimon qoziq.
35.Tishli kitlarning qoziq tishlari nimani ushlab turishga yordam beradi?---Oziqni ushlab turishga.
36.Delfinlarning uzunligi qancha?----3 metr.
37.Delfinlar o’ljani topish uchun qanday tovushdan foydalanadi?---Ultra tovushdan.
38.Halokatga uchragan delfinlar boshqalarni qanday qilib yordamga chaqiradi?---Tashvishli signallar.
39.Tishli kitlarning qaysi vakili qo’lga oson o’rganadi?—Delfinlar.
40.Suvda yashaydigan sutemizuvchilarning oldingi oyoqlarini nimaga aylangan?----Eshkakka.
41.Dengiz sutemizuvchilarning terisida qanday qatlam rivojlanagn?----Qalin yog’ qatlam.
Do'stlaringiz bilan baham: |