Xordalilar tipi. Lansetnik.
1.Xordalilar tipiga qaysi sinflar kiradi?----Lansetnik, tog’ayli, suyakli baliqlar, suvda hamda quruqlikda yashovchilar, sudralib yuruvchilar, qushlar va sutemizuvchilar.
2.Xordalilarning o’q skeleti nimadan iborat?-----Xordadan.
3.Xordalilar nima orqali nafas oladi?-------Jabra yoki o’pka.
4.Lansetnikning tanasi rangi qanday bo’ladi?---Och pushti.
4.Lansetnik qayerlarda uchraydi?------Tropik va mo’tadil dengiz va Qora dengiz.
5.Lansetnik tanasining uzunligi qancha?-----4-8 sm.
5. Lansetnikning dumi nimalar bilan qoplangan?----Teri burmalari bilan.
6.Lansetnik hayotining ko’p qismini qayerda o’tkazadi?-----Dengiz tupida qumga ko’milgan holda.
6. Lansetnikni qumdan tanasining qaysi qismi chiqib turadi?---Oldingi o’giz tomoni.
7.Lansetnikni og’iz teshigini necha juft paypaslagichlar o’rab turadi?------10-20
7. Lansetnikni xoradasi qanday hujayralardan iborat?---Tig’iz joylashgan maxsus hujayralardan.
7. lansetnikni xordasi ichki organlar uchun qanday vazifani bajaradi?----Tayanch va egiluvchan bo’lishini ta’minlaydi.
8. Qaysi hayvonning xordasi butun hayoti davomida saqlanib qoladi?---Lansetnik.
8.Nima u-n lansetnik bosh skeletsizlarning kenja tipiga kiritiladi?------Bosh miyasi va bosh skeletini bo’lmasligi.
9.Lansetnik muskullari qanday joylashgan?------Tanasining ikki yonida tasma shaklida.
10. Lansetnik qanday harakatlanadi?---Tanasi u yoki bui tomonga egib suzib yuradi va qumga kirib oladi.
10. Og’iz teshigi qayerda joylashgan?----Og’iz oldi voronkasida.
10. Lansetnikni og’iz teshigi nima bilan o’ralgan?----Paypaslagichlar.
10.Lansetnik nimalar b-n oziqlanadi?------Plankton hayvonlar.
11.Lansetnik nima orqali nafas oladi?------Jabra.
11. Lansetnikni jabra teshiklari qayerda joylashgan?---Halqumi ikki yoni bo’ylab.
12. Lansetnikda jabra oldi bo’shlig’ini niam hosil qiladi?----Jabra teshiklarini tashqi tomondan o’rab turadigan teri burmalari.
12.Jabralarga qum kirishiga nima yo’l qo’ymaydi?------Teri burmalari.
13.Lansetnikni qon aylanish sistemasi qanday tuzilgan ?------Yopiq.
13. Lansetnikni asosiy qon tomirlariga qaysilar kiradi?---Orqa va qorin.
13. Lansetnikda CO2 to’yinga qon qaysi qon tomirga chiqadi?---Qorin qon aortasidan oldinga, jabralarga o’tadi.
14.Lansetnikda yurak vazifasini nima bajaradi?-------Yirik qon tomirlar.
15.Ayirish sistemasi qaysi hayvonnikiga o’xshash bo’ladi?------Yomg’ir chuvalchang.
15. Ayirish naychalari qayerda joylashgan?---Halqum bo’ylab.
16.Ayirish naychalarining uchi qayerga ochiladi?------Jabra oldi bo’shlig’iga.
17.Nerv sistemasi qayerda joylashgan?------Xorda ustida.
17. Lansetnik ko’rish vazifasini nima bajaradi?---Teri ostida nerv nayi bo’ylab bir tekis joylashgan yorug’likni sezuvchi hujayralar.
18.Lansetnik qanday ta’sirlarni sezadi?------Kimyoviy va mehanik.
18. Lansetnik kimyoviy va mehanik ta’sirlarni qanday sezadi?---Teri sirtida joylashgan hujayralar orqali.
19.Lansetnikni kim kashf etgan?------A.O.Kovalevskiy.
20.Lansetnikni xordalilarga xos belgilari?------Xordasini bo’lishi va nerv sistemasini naysimon bo’lishi.
21.Lansetnikni xordalilardan farq qiladigan belgilari?------Bosh miyasi va yuragini bo’lmasligi, ayirish va muskullarini tuzilishi.
21. Xordalilar tipining yer yuzida qancha turi bor?---43000
22. Xordalilar tipi qanday kenja tiplarga bo’linadi?---Bosh skeletsizlar va bosh skeletlilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |