“Tezkor yozuv” trening mashg’uloti.
Mashg’ulot tavsiya etiladigan holatlar: guruhiy psixokorreksion faoliyatda hamda
individual psixokorreksion faoliyatda qo’llanilishi mumkin bo’lib emotsionalhissiy
sohadagi buzilishlarni, qadriyatlar tizimida yuzaga kelgan buzilishlarni, xarakter
aktsentuatsiyasini psixokorreksiya qilishda, shuningdek, motivatsion sohani
rivojlantirishda va psixologik resurslarni shakllantirishda, shaxslararo (guruhiy,
oilaviy, ota-ona va farzand) munosabatlaridagi buzilishlarni korreksiya qilishda.
Bu mashg’ulot ishtirokchilardan mas’uliyat va javobgarlik hissi bilan yondoshuv
talab qilganligi uchun, trener bunga o’smirlarni tayyorlashi hamda undan avval
emotsiyalarni qo’zg’atuvchi, kulguli mashqlar o’tkazmagani
209
ma’qul. Ishtirokchilarga quyidagi savollar beriladi va ularning har biriga 30 sekund
davomida javob berish so’raladi.
1.
Hayotda erishmoqchi bo’lgan 3 ta eng asosiy maqsadingizni yozing? (30
sekund vaqt beriladi yozishga)
2.
Agar umringiz tugashiga 6 oy qolganligini bilsangiz nimalarni amalga
oshirgan bo’lar edingiz? (30 sekund vaqt beriladi yozishga)
3.
Hayotda sizni qiynaydigan 3 ta muammoni yozing? (30 sekund vaqt beriladi
yozishga)
Trener: Hozir siz bilan birga “Tezkor yozuv” texnikasidan foydalandik. Uning
o’ziga xosligi shundaki, inson shoshilganida ong faoliyati jadallashadi hamda eng
kerakli ma’lumotlarni tabiiy tarzda yuzaga chiqaradi. Bunda insonning haqiqiy
qadrli va muhim hayotiy maqsad hamda qadriyatlari oydinlashadi.
Diqqat: Bunda har bir savolning javobini trener o’smir bilan muhokama qilishi
hamda kerakli joyda muntazam unga konstruktiv (bunyodkorona) yo’nalish berishi
kerak.
1-savolning javobida keltirilgan maqsadlar insonning asl maqsadlaridir. Inson
o’sha maqsadlarga ko’ra boshqa maqsadlarini qo’yishi maqul. Sababi bular
insonning chin dildan istagan maqsadlaridir. Asl maqsadlar sari intilgan odam
charchamaydi, kichik yutuqlar ham unga zavq bag’shlaydi…mamnun va baxtli
qiladi. Muhimi o’zini o’zi aldashiga yo’l qo’ymaydi. Gohida inson asl maqsad va
qadriyatlar tizimiga kirmaydigan muammolarni ko’p o’ylab, tashvishlanib yuradi.
Shunday paytda inson muhim bo’lmagan narsalar bilan fikrini chalgitayotganini
shu 30 soniyada yozgan maqsadlariga qiyosan anglab yetishi ham mumkin. 2-
savolning javobida insonning asl qadriyatlari namoyon bo’ladi. Inson har qanday
holatda ham ushbu qadriyatlarini yodda tutishi kerak. Sababi asl qadriyatlar
insonning to’laqonli hayotini ta’minlaydi, hissiy jihatdan barqaror qiladi, quvvat
manbai bo’ladi… Muhimi o’zini o’zi aldashiga yo’l qo’ymaydi.
3-Inson muammosiz yashamaydi, doim va hammada muammo bo’lgan…insonning
ishonchi, intilishlari, iroda kuchi bilan muammolarni bartaraf qiladi…bundanda
avval inson shuni bilib olishi kerakki “muammo aslida muammo emas, muammoga
bo’lgan munosabatning o’zi muammodir”. Har qanday amalga oshirmoqchi
bo’lgan tadbiringizda eng muhim omil bu-pozitsiya yoki munosabatdir.
Munosabatning noto’griligidan noto’g’ri xulosalar va inson istamagan natijalar
yuzaga keladi. Munosabat misli fonar(chiroq) u
210
qizil bo’lsa u qaratilgan narsa ham qizil bo’lib ko’rinadi… shunday ekan inson o’z
munosabati bilan butun dunyoni zulmatga yoki nurga to’ldirishi mumkin.
ENERJAYZER:
Do'stlaringiz bilan baham: |