Texnologiyasi



Download 9,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/133
Sana31.12.2021
Hajmi9,76 Mb.
#274573
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   133
Bog'liq
Dori turlari texnologiyasi (K.Muhammadjonova)

internum.
Emulsiyalar  -   dispers  faza  va  dispersion  muhitdan  tashkil  topgan 
mikrogeterogen  sistema  boiib,  bir-birida  juda  kam  yoki  mutlaqo 
erimaydigan  suyuqliklar  aralashmasiga  aytiladi.  Emulsiyalar  dag'al 
disperslangan  (tomchilarning  diametri  1  dan  50  mkm  gacha)  yoki  mayda 
disperslangan  (zarrachalar  diametri  0,1  mkm)  sistemadir.  Amaliyotda 
ko'proq  qoilaniladigan  cmulsiyalar  suv  bilan  yog‘  aralashmasidan 
tayyorlanadi.  Bunda  «yog‘»  shartli  tushuncha  boiib,  bu  faza  yog‘simon 
moddalardan  va  mincral  yogiardan  hamda  kimyoviy  jihatdan  esa  na 
yogiar  va  na  mineral  yogiar bilan  hech bir  umumiylikka  ega boimasligi 
mumkin  (xloroform  benzol  va  shunga  o'xshash  pola:  boimagan 
suyuqliklardan  hosil  boiishi  mumkin).  Shunga  o‘xshash  suyuqliklar 
emulsiyalarning  ikki turini  hosil  qiladi  (8-jadval):
182
www.ziyouz.com kutubxonasi


8-jadval
Faza
Dispcrsion
muhit
Em ulsiyalarning  tu ri va  nomi
Yog‘
Suv
Moyning  suvdagi  emulsiyasi  (m/s) -  emulsiyaning
birinchi  turi  yoki  to'g'ri  emulsiya.
Suv
Yog‘
Suvning  moydagi  emulsiyasi  (s/m) -  emulsiyaning
ikkinchi  turi  yoki  teskari  emulsiyalar.
Emulsiya  turlari  quyidagi  usullar  bilan  aniqlanadi:
1.  Parafinli  plastinka  usuli:  yupqa  qilib  parafin  surtilgan  shisha 
plastinkaga  bir  tomchi  emulsiya  tomizganda  tomchi  parafinga  shimilib 
ketsa,  s/m  emulsiyasi  ckanligi  ma'lum  bo'ladi,  agarda  shimilib  ketmasa, 
m/s  emulsiyasi  bo‘ladi.
2.  Suyultirish  usuli:  moyning  suvdagi  emulsiyasiga  oz  miqdorda  suv 
qo'shib  suyultirilganda  aralashsa -  m/s  emulsiyasi,  moy  bilan  aralashsa  -  
s/m  cmulsiyasi  bo'ladi.
3.  Bo'yash  usuli:  bunda  dispcrsion  muhit  bo‘yoq  bilan  bo‘yaladi. 
Bir  tomchi  aniqlovchi  cmulsiyaning  ustiga  suvda  eriydigan  bo‘yoq 
kukunidan,  masalan,  mctilen  ko‘ki  kukuni  solib  mikroskopda  ko‘rilsa, 
agarda  moyning  suvdagi  emulsiyasi  bo'lsa,  dispersion  muhit  havorangga 
bo'yalib,  bo‘yalmagan  yog‘  tomchilari  shar  shaklida  ko'rinadi,  aksincha 
suvning  moydagi  cmulsiyasi  bo‘lsa,  dispersion  muhit  bo‘yalmagan  bo‘lib, 
tomchi  ustida  havorang  kukun  ko‘rinib  turadi
EMULSIYA  DORI  SIFATIDA
Dorixona  amaliyotida  emulsiya  deb  disperslangan  sistemalarni 
moyning  suvdagi  turi  deb  tushunilib,  faqatgina  ichish  uchun  ish- 
latiladigan  dori  turiga  aytiladi.  Vaholanki,  emulsiyalar  ichish  uchun  ham, 
sirtga  ishlatish  uchun  ham  va  hatto,  inyeksiya  tarzida  ishlatishga  ham 
tayyorlanishi  mumkin.  Suvning  moydagi  (s/m)  emulsiyasi  sirtga  ishlatish 
bilan  birga,  bu  turi  boshqa  dori  formalarida  ham  ko‘proq  uchraydi.  Bu 
dori  turini  liniment  holida,  surtma  dori  turida  tayyorlanishi  va  ishlatilishi 
bu  dori  turlari  bilan  bog'liq  bo'limlarda  to‘la  yoritiladi.  Emulgirlashda 
modda  maydalanishi  tufayli  uning  bo‘sh  sathi  ortadi,  maydalanish 
darajasi  ko'paygan  sari  sathi  osha  boradi.  Organizmning  to'qimalari  va 
suyuqliklariga  tckkan  moddaning  sathi  qanchalik  katta  bo'lsa,  bularning 
o'zaro  ta'siri  shunchalik  kuchlidir.  Shunday  qilib  preparatning  qimmati
183
www.ziyouz.com kutubxonasi


ko'p  vaqtlarda  uning  maydalanish  darajasi  (dispersligi)  bilan  aniqlanadi. 
Bundan  tashqari  ko'proq  disperslangan  moddalardagi  turli  kimyoviy 
holatlar,  bo'linmagan  moddadagiga  qaraganda  faolroq  ravishda  boradi. 
Shuning  uchun  emulsiya  holatida  turgan  yog'lar  cmulgirlanmagan 
yog'larga  qaraganda  me'da-ichak  yo'lining  fermentlari  tomonidan 
gidroliz  holatiga  tezroq  duchor  bo'ladi.  Shuni  aytib  o'tish  kcrakki, 
bunda  yog'ning  bcmaza  ta'mi  yo'qoladi,  yog'larni  ichish  osonlashadi, 
ayrim  prcparatlarnmg  ta'sirlovchi  xususiyati  kamayadi  va  dozalarga 
bo'lish  osonlashadi.  Emulsiya,  ayniqsa  bolalar  farmakotcrapiyasida  katta 
ahamiyatga  cga.  Emulsiyalarda  sinish  ko'rsatkichi  kuchli  boMganligi 
sababli,  ko'rinish  jihatdan  sutni  cslatadi.  Shunga  ko'ra  bu  dori  shakllari 
nomini  kelib  chiqish  sababi  quyidagicha:  lotincha  so‘z  «cmulgerc»  -  
sog‘ish,  bundan  emulsio,  emulsiones  -   sog‘ilayotgan,  emulsum,  cmulsa  -  
sog‘ilgan.  Oxirgi  termin  nomi  aniqroq  belgilangan.  Emulsiya  -   qadimgi 
dori  shakli  bo‘lib,  1-Farmakopcya chop  etilgandan  buyon  rasmiy  dori  deb 
hisoblangan.
EM ULGATORLAR
Emulgatorlar  cmulsiya  tayyorlash  uchun  zarur  komponent  hisob- 
lanadi.  Ularning  dispers  faza  zarrachalari  maydalik  darajasini  oshirish 
qobiliyati  va  shu  mayda  zarracha  atrofida  mustahkam  parda  hosil 
qilish  xususiyatlari  emulgator  qimmatini  belgilaydigan  ko‘rsatkichlar 
hisoblanadi.
Bundan  tashqari,  emulsiya  hosil  qilish  uchun  cmulgatordan  ketadigan 
miqdor  hamda  uning  bor-yo‘qligi,  qiymati,  biofarmatscvtik  xususiyatlari 
hisobga olinmog'i  shart.
Emulgatorlar  farmakologik jihatdan  ta'sir  etmaydigan,  ayniqsa,  salbiy 
ta'sir  ko'rsatmaydigan  modda  bo‘lishi  kerak.  Dorixonada  tayyorlanadigan 
emulsiyalarning  ko'pchiligi  ichish  uchun  mo'ljallangan  bo'lib,  moyning 
suvdagi  emulsiyasi  shaklida  bo‘ladi.  Emulgator  sifatida yuqori  molekulali 
moddalar  ishlatiladi.  Emulgatorlarning  ko‘pchiligi  tabiiy  moddalardir. 
Yclimlar,  shilimshiqlar,  oqsil  modda  va boshqalar.
Sintetik  va  yarim  sintetik  moddalardan  iborat  ba'zi  bir  emulgatorlar 
yuqori  molekulali  moddalar  bo‘lib,  ularga  tvinlar,  spanlar  va  ularning 
hosilalari  kiradi.  Hamma  emulgatorlar  ionlanish  xossasiga  qarab  3  guruh- 
ga  bo‘linadi.  1.  lonogen  emulgatorlar.  2.  Ionogen  bo'lmagan  cmulgatorlar. 
3.  Amfoter xususiyatiga ega emulgatorlar.
184
www.ziyouz.com kutubxonasi


GIDROFIL -  L IPO FIL  BALANSI
Har  qanday  emulgator  samaradorligini  ta'riflaydigan  maxsus  birlik 
GLB  deb -   ikki  bir-biriga  qarama-qarshi  gidrofil  va gidrofob  molekulalar 
nisbatiga  aytiladi.
Hozirgi  vaqtda  moddalar  molckulalarining  tuzilishi  yoki  fizik- 
kimyoviy  xossasiga  qarab  GLB  ahamiyatini  aniqlovchi  nazariya  yo‘q. 
Shuning  uchun  1949-yilda  Griffin  tomonidan  taklif ctilgan yarim  empirik 
sistema  qo'llaniladi.  Bu  Griffin  soni  dcb  atalib,  sirt-faol  moddalarning 
qaysi  molekulalaridan  tuzilganligini  aniqlaydi,  shu  alohida  guruhlarni 
suv  bilan  birikib  kirishishini  shartli  son  darajasiga  ko‘taradi.  Har xil  sirt- 
faol  moddalarning  GLB  soni,  molekuladagi  guruhlarni  son  yig‘indisi 
kerakli  formula  bo'yicha hisoblanadj  yoki  tajriba  orqali  aniqlanadi.
Sirt-faol  moddalarning  molekulasida  gidrofob  qismga  nisbatan 
gidrofil  qism  qancha  ko‘p  bo‘lsa,  GLB  soni  shuncha  yuqori  bo'ladi.  GLB 
soni  hamma  tabiatda  uchraydigan  sirt-faol  moddalar  uchun  ko‘rsatkichi 
1  dan  40  gacha  bo‘lish  mumkin.  10  soni  faol  moddaning  lipofil  va 
gidrofil  moddalarning  o‘rtasidagi  chcgara  hisoblanadi.  Emulgator  yog‘da 
erisa  suvning  moydagi  emulsiyasini  hosil  qiladi.  Bunda  GLB  soni  10  dan 
past  bo'ladi.  GLB  soni  qancha  yuqori  bo‘lsa,  bunday  cmulgator  moyning 
suvdagi  emulsiyasini  hosil  qilishga  moyil  bo‘ladi.  GLB  ko'rsatkichi 
asosan  cmulgatorlarni  tanlashda xizmat  qiladi  va sirt-faol  modda GLBsi -  
1-3  bo‘lsa,  ko'pik  so'ndiruvchi,  3  dan  6  gacha  suvni  yog‘dagi  emulgatori, 
7-8  yuvuvchi  moddalar,  8-13  gacha  moyning  suvdagi  cmulsiyasini  hosil 
qiluvchi  emulgatorlar,  13-15  detergent,  15  dan  yuqori  bo‘lsa,  solubilizator 
eruvchanlikni  oshiruvchi  moddalar sifatida  ishlatilishga  tavsiya etiladi.
IONOGEN  EMULGATORLAR
lonogcn  emulgatorlar  deb,  anionli  yoki  kationli  sirt-faol  moddalarga 
aytiladi.  Birinchisi  suvda  parchalanib,  manfiy  zaryadga,  ikkinchisi 
esa  musbat  zaryadga  ionlashadi.  Bu  guruhlarning  oddiy  emulgatorlari 
sovun  (anionli  SFM)  va  ammoniy  asosi  hosilalariga  (kationli  SFM)  -  
linimentlar va surtma  dorilar boMimlarida kcngroq  to'xtab  o'tiladi.
Yelimlar  dorixonadagi 
emulsiyalarni 
tayyorlashda  juda  kcng 
qoMlaniladi.  Shilimshiq  va  pektin  moddalar  ham  ishlatiladi.  Bular  o‘z
185
www.ziyouz.com kutubxonasi


xossasi  bilan  poliarabin  kislotasi  tuzi  va  poliuron  kislotasi  bo'lgani 
sababli  anion  faol  emulgatorlarga  kirishi  kerak  edi,  ammo  bu  moddalar- 
ning yuqori  emulgirlash xususiyati  bo'lishi,  zarrachalarning  ustki  qismida 
himoya  parda  hosil  qilishi,  ikki  qavatli  elektr  qatlamining  boMishi 
ionlanadigan  guruhlarga kirishini  isbotlaydi.
YELIM LAR
Yelimlardan  hosil  bo'lgan  parda  fazalararo  taranglikni  kamaytirib, 
mustahkam  himoya  pardasini  tashkil  qiladi.
ARAB  YELIM I  -   (Gummi  arabicum).  Bu  emulgator  Afrika 
akatsiyalaridan  olingan  mahsulot.  Yuqori  navi  -   sarg'ish  yarim  tiniq 
bo'laklardan  iborat.  Yomon  navi  juda  bo'yalgan  va  ifloslangan  (tuproq, 
po'stloq  va  shox  bo'laklari)  bo'ladi.  Arab  yelimining  I  qismi  2  qism 
suvda  sekin  eriydi  va  quyuq  yopishqoq  eritma  hosil  qiladi.  Dorixonada 
ishlatiladigan  emulsiyalarni  tayyorlashda  cng  qadimgi  emulgator  hisob- 
lanadi.  Yelimlarning  naviga  qarab  cmulgirlash  xususiyatini  bilish 
mumkin.  Yuqori  navi  64%  tomchilar  diametri  2,5  mkm  li  yuqori 
disperslangan  emulsiyalarni  hosil  qiladi.  Emulsiya  hosil  qilish  uchun  10 
qism yoqqa  5  qism yelim  olinadi.
O 'R IK   YELIM I  -  (Gummi  armeniacac) Z.  M.  Umanskiy tomonidan 
taklif qilingan.  O'rik  yelimi  daraxtlarning tanasi va po'stlog'i  yorilishidan 
hosil  ho'ladi.  O'rta  Osiyoda  ko'p  miqdorda  uchraydi.  1961-yildan  Davlat 
(X)  Farmakopeyasiga  kiritilgan  yelim  oq  yoki  sarg'ish,  qattiq,  mo'rt 
bo'lakchalardan  iborat  bo'lib,  ushatilganda  notekis  bo'lakchalar  hosil 
qiladi.  Emulgator  sifatida  arab  yelimi  o'rnini  bosuvchi  suvda  yaxshi 
eriydigan  oq  kukun  holidagi  modda.  10  qism  yoqqa  3 -4   qism  yelim 
olinadi.
TRAGAKANT  -   (Gummi  Tragacanthac).  Juda  kuchli  emulgator.  20 
g  yoqqa  2  g  tragakantning  mayda  poroshogidan  olish  mumkin.  Tayyor- 
langan  cmulsiyada  yog'  mazasi  saqlanganligi  sabahli,  bu  emulgator 
kam  ishlatiladi  (dispers  darajasi  kam).  Tragakant  bilan  arab  yelimini 
birgalikda  ishlatish  maqsadga  muvofiq  Bu  emulgator  farmatsevtika ama- 
liyotida  yuqori  dispersli  turg'un  cmulsiya  hosil  qiladigan  eski  murakkab 
emulgator
O 'SIM LIK   SHILLIQ I.A RI  -   bu  polisaxaridlarga  yaqin  bo'lgan 
moddadir.  Shilimshiqlar  (slizi)  o'simlik  organizmining  qayta  tug'ilishi
18 6
www.ziyouz.com kutubxonasi


jarayonida  hosil  qiluvchi  epidermis  qavatining  «shilliqlanishi»  natijasida 
gulxayri  ildizidan,  salep  tugunagidan  va  suvda  o'sadigan  o'simlikni 
hujayra  ora1ig‘idagi  moddalardan  tashkil  topgan.  Suvda  bo'kishi  bilan 
yopishqoq  shilimshiq  eritma  hosil  boiadi.
SALEP  SH ILLIG ‘l  -   Salep  shilligi  yuqori  stabillash  xossasiga  ega. 
10  g  yog‘ni  emulgirlash  uchun  I  g  salep  kukunidan  olinadi.  1  g  salepni 
suvda  eritib  oldin  shilimshiq  tayyorlanadi.  So‘ng  uni  emulgator  sifatida 
ishlatiladi.  Salep  shilligi  yaxshi  emulgirlash xususiyatiga cga.
PEKTIN  MODDA  -   o‘simliklarda  pektin  moddalar  juda  keng 
tarqalgan:  sabzavotlar,  mcvalar,  barglar,  urugiarda  va  ildizlarda.
Ular  hujayra  devorining  tarkibiga  kiradi  va  yon  hujayralarni 
o‘zaro  biriktiradi.  Pektin  moddalarning  yana  o'ziga  xos  xususiyatlari 
uni  kuchli  jelatinli  xossasidir.  Pektin  moddalar  yuqori  molekulali 
moddalar  hisoblanadi.  Ularning  tuzilish  asosi  -   qisman  metil  spirtining 
poligalakturon  kislota  bilan  efirlangani.
PEKTIN  -   (Pectinum).  Bu  modda  oziq-ovqat  sanoatida  ishlatilgan 
1933-yildan  A.L. Katalxerman  tomonidan  dorixonada  emulgator  sifatida 
qo'llaniladi.  Pektinning  faol jelatinli  xususiyatini  pasaytirish  uchun  o‘rik 
yelimi  bilan  1:1  aralashmasidan  foydalanish kerak.
lONOGEN  BO‘LMAGAN  EMULGATORLAR
Ionogcn  bo‘lmagan  SFM  sirt-faol  moddalar  -   bu  moddaning 
molekulalari  dissotsiyalanish  qobiliyatiga  ega  cmas.  Ularning  difil 
guruhlaridagi  qutbli  guruhning  o‘rnida  gidroksil  va  efir  guruhlari  boMishi 
eruvchanlik  xossasini  oshiradi.  lonogen  boMmagan  emulgatorlarning 
hozirgi  davrdagi  ro'yxati  anchagina.  Bu  emulgatorlar  asosan  liniment  va 
surtma  dorilar  ishlab  chiqarishda  ishlatiladi.
KRAXM AL  -   dorixonada  emulsiya  tayyorlashda  kraxmal  yelimini 
turg'unlashtirish  xususiyati  yomon  emas.
N.G.Goyman  tomonidan  1939-yilda  dorixonada  tayyoilanadigan 
emulsiyalar  uchun  taklif  qilingan.  10  g  yog'ni  emulsiyalash  uchun  5  g 
kraxmal  yclimi  ishlatiladi.  Kraxmalning  quruq  massasining  ko‘p  tarkibiy 
qismi  (97,3-98,9%)  polisaxaridlar,  qolgani  aralashmalar:  oqsil  moddalar 
(0,28-1,5%),  kletchatka  (0,2-0,6%)  va  uning  moddalaridan  (0,30-0,62%) 
iborat.  Boshoqli  g‘alla  o‘simliklaridan  olingan  kraxmalning  tarkibida
187
www.ziyouz.com kutubxonasi


oz  miqdorda  yuqori  moy  kislota  va  2-glisterin-fosfor  kislotasi  topilgan. 
Kraxmal  zarrachalarining  kuchli  bo'kishi  va  bo'linishidan  yopishqoq 
yelim  gidrozoli  hosil  boMadi.
SELLULOZA  VA  UNING  HOSILASI
Sellulozaning  molekula  qatori  kraxmalga  o'xshash  boMib,  glukoza 
qoldiqlaridan  tuzilgan,  ammo  halqada  joylashishi  jihatidan  farqlanadi. 
Scllulozaning  tarkibida  gidroksil  guruhi  borligi  eterifikatsiya  natijasida, 
stabillash qobiliyati  yuqori boMgan  birikmalar olish  imkonini  beradi
M ETILSELLULOZA -  seilulozaning metil  efiri,  suvda eriydi.
KARBOKSIM ETILSELLULOZA  -   sclluloza  bilan  glikol  kislota- 
sidan  hosil  boMgan  efir.  Karboksimetilsclluloza  suvda  erimaganligi  uchun 
natriyli  tuzi  ishlatiladi.  Metilsclluloza  va  natriy  karboksimetilsellulozani, 
emulsiya  tayyorlashda  l-2%li  critmasi  qoMlaniladi.
TV INLAR VA  SPANLAR
Sorbitalning  sintetik  hosilalari,  emulsiya  hajmining  5-10%  hisobida 
ishlatiladi.  Farmakologik jihatdan  ular organizmga zararsiz.
EMULGATOR T-2.  Diefir triglitserin.
Mumga  o'xshash  qattiq  och  jigarrang.  Glitscrinni  16-18  uglerod 
atomli  moy  kislotalari  bilan  200°C  da  cterifikatsiya  qilinishi  natijasida 
olinadi.  Ionogcn  boMmagan  SFMning  afzalligi  emulgirlash  xususiyatini 
o‘ziga  xosligida.  Emulgatorning  balanslangan  molekulasi  birorta  fazada 
erigan  holda  boMmasdan  fazalararo  sathda  tarqalgan  boMadi.  Emulgator 
T-2  molekulasini  yaxshi  balanslangan  deyish  mumkin,  chunki  100 
ml  turg'un  10%  emulsiyaga  faqalgina  1,5  g.  T-2  sarflanadi.  Ionogen 
emulgatorlar  uchun  ham  balanslanganlik  qoidasini  tatbiq  qilish  mumkin. 
Balanslanish  birinchidan,  uglerod  qatorining  uzunligiga,  ikkinchidan, 
ionogen  guruhining  suvga o'xshashligiga qarab  aniqlanadi.
AMFOTER  XUSUSIYATLI  EMULGATORLAR
Bu  guruh  cmulgatorlari  oqsil  moddalardan  hosil  boMgan.  Shuning 
uchun  ular  pHi  muhit  xususiyatiga  qarab  nordon  va  ishqoriy  turlariga 
boMinadi.
188
www.ziyouz.com kutubxonasi


JELATOZA  -   (Gclatosa)  -   jclatinni  suv  bilan  1:2  nisbatda, 
avtoklavda  2  soat  davomida  2  atm.  bosimida  to'liqsi?  gidroliz  natijasida 
hosil  bo'lgan  modda.  Jclatinni  shu  usul  bilan  ishlanganda  yelimlash 
xususiyati  yo'qolib,  emulgirlanish  xossasi  qoladi.  Jclatozaning  yaxshi 
navi  arab yelimiga  tcnglashadi.  Jclatoza  1931-yilda M G. Volpe tomonidan 
taklif qilingan
Kazcin,  kazcinat  natriy,  quruq  sutdan  tayyorlangan  cmulsiya  mikro- 
organizmlar  uchun  yaxshi  muhit  bo'lgani  sababli,  ayniqsa  yoz  kunlarda 
tez  buziladi.  Quruq  sut  tarkibidagi  kazeinogcn,  albumin  va  globulinlar 
emulgirlash  xususiyati  bo‘lgan  moddalar  hisoblanib,  uni  cmulgator  sifatida 
ishlatish  mumkin.  Amfoter  emulgatorlar  asosan  o'simlik  va  hayvonlardan 
olingan  boiih,  ular  tarkibida  fosfatidlar ko‘p.  Bu  sifat  cmulgatorlar  nafaqat 
farmatsevtika, balki oziq-ovqat  sanoatida ham kcng qoilaniladi.
YOG‘L l  EMULSIYALAR (EMULSA  OLEOSA)
Hamma  yogii  cmulsiyalar,  agar  retscptda  yog'ning  nomi  ko'rsa- 
tilmagan  boisa,  DFga  asosan  bodom  yoki  unga  o'xshash  o‘rik,  shaftoli 
yogidan  tayyorlanadi.  Agar  yog'ning  miqdori  ko‘rsatilmagan  boisa, 
100  g  cmulsiya  tayyorlash  uchun  10  g  yog‘  olinadi.  Emulgatorning 
nomi 
ko‘rsatilmaganda,  uni  tanlash  texnolog  ixtiyorida  boiadi. 
Tayyorlangan  cmulsiyalar  zarur  boiganda  ikki  qavatli  dokadan  suziladi. 
Emulsiyalarning  bir  xilligini  ta'minlash  maqsadida  gemogenizatorlardan 
o‘tkaziladi.  Bunda  yog‘  tomchilari  hir xil katta-kichiklikda boiadi.  Yogii 
cmulsiyalarni  tayyorlashda quyidagi  usullarning birini  qoilash  mumkin.
Birinchi  usul.  Kontinental  usul.  Yog'ni  hovonchada  ma'lum 
qismdagi  cmulgator  va  shu  cmulgatorni  erishi,  bo'kishi  uchun  yctadigan 
suv  bilan  aralashtiriladi.  Aralashma  o‘ziga  xos  ovoz chiqquncha yaxshilah 
eziladi.  Shunda  qaymoqqa  o'xshash  massa  hosil  boiib,  suv  tomchilari 
dumalamasdan,  aralashib  ketadi.  Ovozning  chiqishi  yog‘  tomchilarini 
turg'un  himoya  parda  havo  bilan  o‘rab  olinib,  boiaklarga  boiinishidan 
dalolat  beradi.  Birlamchi  emulsiya  hosil  boigandan  keyin,  yana  bir 
marta  yaxshi  aralashtirib,  qolgan  suvni  oz-ozdan  qo'shiladi.  Emulgirlash 
davrida  hovoncha  dastasini  «spiral»  ravishda  faqal  bir  tomonlama 
harakatlantirish  kcrak.  Yog‘  tomchilari  bu  paytda  ip  shaklida  cho'zilib, 
himoya  parda  boiaklarga  boiinadi.  Agar  emulgirlash  davrida  hovoncha 
dastasini  har  tomonlama  harakatlantirsak,  emulsiya  hosil  boiishi
189
www.ziyouz.com kutubxonasi


ancha  sustlashadi.  Hovonchaga  har  doim  birinchi  bo‘lib  emulgator, 
keyin  esa  yog‘  olinadi  Yumaloqlangan  narsa  hosil  boMmasligi  uchun 
emulgator  va  hovoncha  quruq  boMishi  kerak  Yog‘  bilan  suvning  kerakli 
miqdori  olingan  vaqtdagina  emuigator  emulgirlash  ta'sirini  koMsatadi. 
Agar  yuqorida  aytilgan  shartlarga  e'tibor  berilmasa,  emulsiya  turg'un 
boMmaydi  yoki  butunlay  hosil  boMmasligi  mumkin.  Ayniqsa  «birlamchi 
emulsiya»  hosii  boMmasdan  qolgan  suvni  qo'shish  mumkin  emas.  Agar 
emulsiya  hosil  boMmasa,  yog‘  tomchilari  suv  qo'shilgandan  kcyin  ham 
ajralib chiqsa, uni  to‘g‘rilash mumkin emas.  Qaytadan  tayyorlash  kerak.
Ikkinchi  usnl.  Ingliz  usuli.  Olingan  miqdordagi  cmulgatorni  oz 
miqdordagi  suvda  eritib,  keyin  tomchilab  yog‘  qo'shiladi.  Hamma  yog‘ni 
emulgirlab boMgandan keyin,  birlamchi  cmulsiyaga  qolgan  suv quyiladi.
Uchinchi  usul.  Ibn  Sino  usuli.  Stakanga  suv  tortib  olinadi,  ustiga 
yog‘  quyiladi.  Kcrakli  miqdorda  olingan  cmulgatorni  hovonchada 
eziladi  va  unga  yog‘  bilan  suvni  qo'shib  aralashtiriladi.  Hosil  boMgan 
birlamchi  emulsiyaga  suv  qo'shiladi.  Shunday  qilib  yuqorida  berilgan 
usullar  moddalarning  oldinma-ketin  olinishiga  va  ba’zi  bir  texnik 
usullarni  qoMlashga  bogMiq.  Komponentlarning  miqdori  -   yog‘ni  retsept 
ko‘rsatmasi  bilan,  emulgator  miqdorini  emulgirlash  qobiliyatiga  qarab, 
suv  miqdorini  emulgatorning  suvda  erishini  hisobga  olib,  birlamchi 
emulsiya  hosil  qilishiga ko'ra olinadi
Boshqa  cmulgatorlar  uchun  suv  va  emulgatorlar  miqdori  boshqacha. 
Masalan:  bu  emulsiyani  o‘rik  yelimi  yoki  olxo'ri yclimi  bilan  tayyorlansa, 
6  g  emulgator,  25-30  ml  suv  olinib,  ularning  arab  yelimiga  nisbatan 
kam  eruvchanligini  hisobga  olish  kerak.  Ko‘rsatilgan  usullar  bilan 
emulsiyatarni  barcha  emulgatorlardan  tayyorlasa  boMadi  (eritma  holida 
ishlatiladigan  salep  shilimshig'i,  kraxmal  yelimidan  tashqari).  Ularga 
ikkinchi  usulni  qoMlash  mumkin.
Kraxmal  bilan  emulsiya  quyidagicha  tayyorlanadi:  10  g  kraxmalni 
chinni  idishga  teng  miqdordagi  sovuq  suv  solib  aralashtiriladi  va  80  ml 
qaynoq  suvni  ustiga  qo'shib  aralashtiriladi  va  biroz  qaynagunga  qadar 
isitiladi.  Hovoncbaga  o‘tkazilgan  yarim  sovitilgan,  eritmaga  20  g  yog‘ 
oz-ozdan  qo'shib,  hovonchada  yaxshilah  emulgirlanadi.  Birlamchi 
emulsiyaga  oz-ozdan suv qo‘shib  200,0  gacha  suyultiriladi.
Tragakant  bilan  tayyorlash  quyidagicha:  2  g  mayda  tragakant  poro- 
shogidan,  20  marta  ko‘p  suv  bilan  tragakant  shilimshig‘ini  tayyorlab 
olinib,  unga  tomchilab  20  g  yog‘  qo'shiladi.  Hosil  boMgan  birlamchi 
emulsiyaga  200  g  boMguncha  suv qo'shiladi,
190
www.ziyouz.com kutubxonasi


Quruq  sut  bilan  emulgirlasli  quyidagicha:  10  g  quruq  sut,  10  g 
yog‘  bilan  aralashtirib,  10  g  suv  qo'shiladi  va  hovonchada  birlamchi 
emulsiya  hosil  bo'lguncha  eziladi  va  kerakli  miqdorgacha  suv 
qo'shiladi.  Emulgator  T-2  qo'llanganda  uning  kerakli  miqdori  olinib,  suv 
hammomida  eritiladi  va  hovonchada  10  marta  ko‘p  60-70°C  suvni  ustiga 
qo'shiladi  va  soviguncha  aralashtiriladi.  Hosil  boMgan  qaymoqqa  o'xshash 
bir  xil  aralashma  o'ziga  yog'ni  oson  qabul  qiladi.  Hosil  boMgan  birlamchi 
emulsiya  retseptda ko'rsatilgan  miqdorgacha  suyultiriladi.
Rp: 
Emulsi ex oleis  200,0
D.  S.  1  choy  qoshiqdan  3  m ahal  ichilsin.
Hisoblash:  Shaftoli  moyidan 20,0 
Jelatozadan  10,0 
Birlamchi  suv (20 +10):2 = 15  g 
Ikkilamchi  suv  200-(20+ 10+ 15)= 155  ml 
Umumiy  ogMrlik  200  g.
Hovonchada  10  g  jclatoza  15  ml  suv  bilan  aralashtiriladi.  So‘ng 
unga  oz-ozdan  20  g  shaftoli  moyi  (bodom  moyi,  zig'ir  moyi)  qo'shib 
bir  tomonga  qarab  aralashtiriladi.  Bunda  o‘ziga  xos  chirsillagan 
tovush  chiqishi  kerak.  Bu  birlamchi  emulsiya  hosil  boMganini  bildiradi. 
Emulsiyaga  bir  tomchi  suv  tomizilsa,  u  idish  devorida  oq  iz  qoldirib 
oqadi.  So‘ng  oz-ozdan  qolgan  155  ml  suv aralashtiriladi.  Tayyor emulsiya 
dokadan  suzilib belgilangan  qo‘ng‘ir idishga solinadi.
Shaftoli  yog'ining  har  xil  emulgatorlardan  foydalanib  olingan 
cmulsiyalarining sifat ko'rsatkichi  (9-jadvaI):

Download 9,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish