Agloporit ishlab chiqarishning texnologik asoslari
Agloporit xomashyoni pishirishda (aglomeratsiya) olinadi. Bu usul ko‘proq
metallurgiya sanoatida rudani qayta ishlashda qo‘llaniladi. Pishirish jarayoni
quyidagilardan iborat bo‘ladi: xomashyo materiallardan yoqilg‘i (ko‘mir) qo‘shib
granulalar tayyorlanadi va kolosnikli panjaraga yotqiziladi.
147
Rasm -2. Tarelka tipidagi granulyatorning ishlash sxemasi:
a-komplekt asbob-uskunalarning ko‘rinishi; b-aylanuvchi chashkaning
yuqoridan ko‘rinishi; 1- qabul bunkeri; 2- ta’minlovchi; 3- bunker;4-
suv(qorishma) uchun sig‘imli idish; 5 – chashka; 6- chashka tagini tozalovchi
pichoq; 7- ortish joyi; 8- suv(qorishma)ni to‘kish forsunkasi; 9- tayyor granulalarni
tushirish joyi.
Panjara ostida vakumkamerada ventilyator yordamida xavo so‘rilib yarim
xomashyoni kuydirish tezlatiladi. Ko‘mirning yonishi hisobiga yarim xomashyo
yuqori harorat (1400-1500
0
S) gacha qizdiriladi. Natijada g‘ovak shishasimon
massa (korj) hosil bo‘ladi. Kuydirish jarayoni juda tez amalga oshiriladi.
Panjara ostidan havoni so‘rib olishda issiq gazlar yarim xomashyo
materiallarning pastki qavatini ham kuydiradi. Havoni so‘rishda yuqori pishgan
qavatlar anchagina soviydi. YOqilg‘ining yonishi kolosnikli panjaraga etganida
aglomeratsiya jarayoni tugaydi, natijada pishgan agloporit korji olinadi, uni shag‘al
va qumga aylantirish uchun maydalaniladi.
Agloporit sun’iy g‘ovak to‘ldiruvchisi aglomeratsion mashinada (rasm.7.14,
7.15) olinadi. Bu mashinaning ishlab chiqarish quvvati xomashyoni pishish
tezligiga bog‘liq va u quyidagi formula bilan ifodalanadi:
V= h /τ
bu erda: h- pishadigan yarim xom ashyoning qavat balandligi, mm
148
τ - pishish davomiyligi, min.
Turli xomashyo va yarim xomashyolar uchun vertikal pishish tezligi 5-
10mm/minut va undan ko‘pni tashkil etadi. Masalan, yarim xomashyo qavati
200mm bo‘lsa, u 20-40 minut davomida pishadi.
Rasm-7.14. Aglomeratsion mashinaning sxemasi:
1-xom granulalarni mashinaga to‘kish; 2-yondiruvchi gorn; 3-kolosnikli
panjara;
4-pishgan granulalar qavati; 5-yoqilg‘ining yonish zonasi; 6-pishgan korj;
7-gazlarni so‘rib olish; 8-vakum kamera
.
149
Rasm.7.15. Aglomeratsiyalash mashina
Kisqacha texnik xarakteristikasi:
Pishish yuzasi, m2
75
Pishirish aravasi eni, m
3
Pishgan qavat balandligi, mm, gacha 500
Aravaning xarakatlanish tezligi, m/min 1…4
Kolosniklar osti bosimi, Pa, gacha 1200
*Maxsuldorlik, t/m
2
soat
aglomerat bo‘yicha
110…140
shixta bo‘yicha
175…240
*Maxsuldorlik aglomeratsiya jarayonining texnologik sharoitidan kelib chiqib
belgilanadi.
Sanoat miqyosida agloporit ishlab chiqarishda gilli jinslardan quyidagi yarim
tayyor mahsulot tayyorlanadi. Gilli xomashyo, maydalangan toshko‘mir (yirikligi
5 mm gacha), qo‘shimchalar aniq me’yor bo‘yicha aralashtiriladi. Ko‘mirning
massa ulushi 7-12% ni tashkil etadi. Agar gilli xomashyo quruq bo‘lsa, u xolda gil
aralashtirgichga suv qushiladi va gil bir xil massaga kelguncha aralashririladi.
Maxsus mashinalar granulyatorlarda (masalan, barabanli granulyatorda) gilli
granulalar olinadi. Tayyor granulalar aglomeratsion mashinada pishiriladi..
Mashina to‘xtovsiz harakatlanuvchi aravali konveyrdan, asosi issiqqa chidamli
po‘lat va ikki tomonidan to‘silgan kolosnikli panjaradan iborat. Konveyr temir-yo‘l
bo‘yiga vakum-kamera ustida harakatlanadi.
Gilli granulalar kolosnikli panjara ustidagi to‘siqli aravachaga 200- 300mm
qalinlikda sepiladi, yondiruvchi gorn ostida o‘tganida suyuq yoki gaz
ko‘rinishidagi yoqilg‘i yonishidan 1000
0
S xaroratgacha qizdiriladi. So‘ngra
vakumkameralar ustida harakatlanishdan, havoning so‘rib olinishi natijasida xom
granulalar pishadi. Aglomeratsion mashinadan pishgan korj chiqadi.
150
CHiqqan korj birjinsli bo‘lmay, ichki qismi to‘q rangda (tiklanish muxiti
temir oksidlariga o‘tishi bilan belgilanadi va bu yaxshi pishishiga olib keladi),
yuza qismida (ortiqcha xavo, oksidlanuvchi muxit, kuydirishdan past xarorat)
kichik mustahkamlik va kam chidamli qo‘ng‘ir-qizg‘ish rangli pishmagan qatlam
yuzaga keladi. SHu sababli aglomeratsion panjarada hosil bo‘lgan pishgan yarim
maxsulot(korj)dan pishmaganlarini alohida ajratishdir. Korjni bo‘laklarga korj
maydalagich yordamida ajratiladi,
bo‘laklar panjaraga uzatiladi, bunda yaxshi pishmagan donalari cho‘kadi,
texnologik jarayonga qaytariladi, xomashyoga qo‘shimcha sifatida ishlatiladi va
xom granulalarning pishishini, gaz o‘tkazuvchanligini yaxshilaydi.
Xomashyoga qo‘shimcha sifatida, gilning pishish tezligini oshirishda va shu
bilan birga aglomeratsion mashinaning quvvatini oshirishda, agloporit sifatini
yaxshilashda yog‘och opilkalari, yog‘och gidrolizi chiqindisi, kul va boshqa sanoat
chiqindilari ishlatiladi.
Agloporit tarkibidan pishmagan bo‘laklarini ajratgandan (texnologik
jarayonga qaytarilgan) so‘ng 80-120
0
S gacha sovitiladi, maydalanadi, shag‘al va
qumga ajratiladi. Agloparit shag‘ali va qumining ishlab chiqarish texnologik
sxemasi (rasm-7.16) da keltirilgan.
Agloporitni sovitishda qo‘llaniladigan shaxta tipidagi sovitgich o‘rniga lentali
(tubi perforirlangan metall transporter), chashkasimon ( ikkita jalyuzali silindr
devorli xalqasimon bunker) va baraban tipidagi sovitgichlar ishlatiladi.
Asosiy xomashyo material sifatida ko‘mirni boyitish chiqindisi
qo‘llanilganda, texnologik sxemaga sarflanuvchi materiallarni tayyorlashga doir
o‘zgartirishlar kiritiladi. Ko‘mir boyitish chiqindilari ikki bosqichli maydalaniladi,
elakdan o‘tqaziladi va o‘lchami 2,5mm gacha donalar olinadi. Gil quruq
komponent (yirikligi 3mm gacha) yoki suyuq gilli massa ko‘rinishida qo‘shiladi.
Agloparit ishlab chiqarishda komplekt texnologik jixozlangan SMS-117 va SM-
961 (uzunligi-40m, eni-1,5m) markali aglomeratsion mashinalar ishlatiladi.
151
Rasm-7.16. Agloporit chaqiq toshi va qumini ishlab chiqarish texnologik
sxemasi:
1-ekskavator; 2-avtotransport; 3-yashikli uzatgich; 4-valkli
maydalagich; 5-tebranma elak; 6-lentali ta’minlovchi; 7- yig‘uvchi lentali
transporter; 8- toshni ajratuvchi valslar; 9-ikki valli gil aralashtirgich; 10-baraban
tipidagi granulyator; 11-yotqizgich; 12-yondiruvchi gorn; 13- aglomeratsion
mashina; 14-maydalagich; 15-shaxta tipidagi sovitgich; 16- valkli-tishli
maydalagich; 17-shag‘alni navlarga ajratuvchi mashina; 18-tayyor mahsulotlar
ombori;
Do'stlaringiz bilan baham: |