6.3.1-rasm. Bort qotirmasini tayyorlash.
Adip tayyorlash
Gazlamani tejash maqsadida adip bir necha bo`lak qilib bichiladi (bo`laklar soni 3 tadan
oshmasligi kerak), so`ngra 904 kl. yarim avtomatida 0,5-0,7 sm. chok solib ulanadi va yorib
dazmollanadi (6.3.2-rasm).
Taqilmasi yuqorigacha bo`lgan kiyimlarda ko`pincha adip old bo`lak bilan yaxlit, adip
qaytarmali kiyimlarda esa birinchi izmadan pasti old bo`lak bilan yaxlit bichilib, adip qaytarmasi
qismi alohida bichiladi.
Astarsiz kiyimlarda adipning ichki qirqimi maxsus tasma, astarlik gazlama parchasi bilan
mag`iz chok solib tikiladi yoki yo`rmalanadi. Adipdagi izmalar "ko`zsiz" yoki ko`zli bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |