Qo`lda bajariladiga qaviqlar turlari
38
Qaviqlar 5 xil bo`ladi: to`g`ri qaviq, qiya qaviq, iroqisimon qaviq, halqasimon va halqa
qaviq.
To`g`ri qaviqlar: sirma, bostirma, bukib ko`klash, ziy ko`klash, nusxalama turlariga
bo`linadi.
Sirma qaviqqator - osongina so`kiladigan bo`lib, detallarni vaqtincha biriktirish (kiyimlarn-
ing yon, yelka qirqimlarini ulash, yyenglarni yeng o`miziga o`tqazish) uchun ishlatiladi. qaviq uz-
unligi solqisiz ko`klaganda 2-3 sm., solqi bilan ko`klaganda 1-2 sm. bo`ladi (3.1.1-rasm, a). Sirma
qaviqning qanchalik yirik yoki mayda bo`lishi uning nima maqsadda ishlatilayotganiga va
gazlamaning turiga bog`liq.
Bostirma qaviqator - ustma-ust qo`yilgan ikkita detalni mahkamlashda ishlatiladi, (masalan
bort qotirmasini old bo`lakka bostirib tikishda). Uzunligi 3-5 sm (b).
Bukib ko`klash qaviqqatori - detallarning buklangan chetlarini (kiyim etagi, yeng uchlari) vaqtin-
cha mahkamlashda ishlatiladi. qaviq uzunligi 1-3 sm. (v).
Ziy ko`klash qaviqqatori - mashina baxyaqatorlari bilan biriktirib olingan va o`ngiga ag`darilgan
detallar ziylarini (cho`ntak qopqoq, bort, yoqalarni) mahkamlash uchun ishlatiladi. qaviq uzunligi
7-10 mm. (g).
Nusxalama qaviqqatorlar - belgilangan chiziqni bir detaldan 2 - simmetrik detalga aniq
o`tqazish uchun (vitachkalarni, cho`ntaklarni) qo`llaniladi. Bunda ip tarang tortilmaydi, gazlama
sirtida 0,2 - 0,7 sm. balandlikda solqilar qoldiriladi. So`ngra detallarni surib, qaviq iplari ta-
ranglanadi va 2 detal o`rtasida qirqiladi. qaviq uzunligi 10-15 mm. (d).
qiya qaviqlar - bilan doimiy va vaqtinchalik qaviqqatorlar hosil qilinadi. Vaqtinchalik - bostirma,
ziy ko`klash, doimiy - yo`rma, tepchima, biriktirma (yashirin), iroqisimon turlarga bo`linadi.
Bostirma qaviqqator - 2 ta detalni bir-biridan siljib ketmaydigan qilib biriktirishga ishlatiladi (adip-
ni old bo`lakka, ustki yoqani ostki yoqaga). qaviq uzunligi 7-20 mm. qaviqqator detallar qirqimidan
10-30 mm naridan tikiladi (g).
Ziy ko`klash qaviqqatori - mashina baxyaqatori bilan biriktirib olinib, o`ngiga o`girilgan de-
tallar chetini (ziyini) mustahkamlash uchun ishlatiladi. (CHo`ntak qopqoqlar, bortlar, yoqa, astarli
qoplama cho`ntaklar ziylarini). qaviq uzunligi 7-10 mm. (j).
Yo`rma qaviqqatori - detallar qirqimlarini titilib ketishidan saqlash uchun ishlatiladi (tit-
iladigan gazlamalardan tikilgan shim, yubka, ayollar ko`ylagi va astarsiz kiyimlar qirqimlarini
yo`rmalashda ) qaviq uzunligi 5 - 7 mm ( z ). Yo`rma qaviq chapdan o`ngga tomon solinib,
qaviqlar bir tomonga bir xilda og`ib turadi.
Tepchima qaviqqatori - asosiy detallarni qotirmaga ulashda, ba`zi detallarga turg`unlik ber-
ish uchun (adip qaytarmasi, ostki yoqani qavishda) ishlatiladi. qaviq uzunligi 5-7 mm., qaviqlar
39
orasidagi masofa 4 - 5 mm. (i). qaviqlar gazlama qalinligiga qarab 40 - 80 nomerli iplar bilan bajari-
ladi, ipning rangi asosiy gazlama rangiga mos kelishi kerak.
Qiya biriktirma qaviqqatori titilmaydigan gazlamadan ust kiyim tikishda ochiq qirqimli de-
tallarning bukilgan chetini, yoki berk qirqimli detallarning chetlarini mahkamlash (masalan kiyimn-
ing etagi, yyenglarini qayirib tikish) uchun ishlatiladi. qaviq uzunligi 0,7 - 1 sm. (k). Har 1 sm. da 2
- 3 qaviq tushiriladi.
Iroqisimon qaviqqatori titiladigan gazlamadan tikiladigan detallar chetini (masalan ayollar
paltosi, kuylagi, yubkalar etaglarini va shimlar pochalarini buklab tikish) uchun qo`llanadi. Ba`zan
esa ayollar va bolalar kiyimlarini tikishda bezak rolini ham o`ynashi mumkin. U chapdan o`ngga
qarab tikiladi, igna o`ngdan chapga qadaladi. Gazlama zichligiga qarab, qaviq yirikligi 5 - 7 mm.,
qaviqqator kengligi esa 3 - 7 mm. bo`ladi ( l ).
Halqa qaviqlar izmalarni yo`rmalashda yoki titiladigan gazlamadan tikiladigan detallar
qirqimini yo`rmalashda, tugma takish uchun mo`ljallangan. Halqa qaviq hosil qilish uchun igna
gazlama chetidan 3 mm. beriroqqa sanchiladi, keyin igna ko`zi tomonidagi ipni igna uchiga
chapdan o`ngga aylantirib tashlab, hosil bo`lgan halqa bir maromda tortiladi. qaviqlar orasida ochiq
joy qoldirmay, zich qilib yo`rmalanadi. Izmalarni yo`rmalashda qaviq zichligi 1 sm. da 6 - 8 ta
bo`ladi.
To`r qaviqqatorlar - detallarni mashinada tikish qiyin bo`lgan joylarini doimiy qaviq bilan
tikish uchun ishlatiladi. qaviq uzunligi 0,1 - 0,4 sm. qaviqning tashqi ko`rinishi mashinada bajaril-
gan baxyaqatorga o`xshaydi (m). Bunda igna gazlama qalinligidan to`la sanchib o`tqaziladi, yana
gazlamadan oldingi teshikdan qaytarib o`tqaziladi.
To`rsimon qaviqqatorlar - ko`proq cho`ziladigan choklarning pishiqligini oshirish va yeng
astari astar o`miziga o`tqazilgan chokni avra yengi yeng o`miziga o`tqazilgan chokka mahkamlash
uchun ishlatiladi. qaviq uzunligi 1- 1,5 sm. (n). Igna birinchi sanchib o`tqazilgandan keyin
gazlamaga yarim qaviq yirikligicha beriroqqa sanchiladi. To`rsimon qaviq kurinishdan to`r
qaviqka o`xshaydi, lekin siyrakroq.
Yashirin biriktirma qaviqqatorlar - bukilgan detallar chetlarini doimiy mahkamlash (qopla-
ma cho`ntakni kiyimga, pastki yoqani yoqa o`miziga biriktirish uchun ishlatiladi (o).
Yolg`on qaviqqator - detal ziylarini (cho`ntak qopqoq, yoqa, bort ziylarini) zichlashtirish,
shaklini mustahkamlash uchun ishlatiladi. Yolg`on qaviqni hosil qilish uchun igna gazlamaga
oldinga og`diribroq sanchilib, pastdagi gazlamaning yarim qalinligi ilib olinadi va ignani yuqori-
ga yo`naltirib, gazlamadan chiqariladi. Ignaning navbatdagi sanchiladigan joyi igna chiqqan joydan
0,5 - 1 mm. masofada bo`ladi. Yolg`on qaviq iplari detalning o`ngi va teskari tomonlaridan
ko`rinmaydi. Bu qaviqlarni bajarishda 33, 65, 75 ipak iplar ishlatiladi. qaviq yirikligi 3 - 4 mm.
bo`ladi (p).
40
Do'stlaringiz bilan baham: |