Bort qotirmasini tikib tayyorlash
Qotirmaning uloqlari va vitachkalarini universal mashinada yoki siniq baxyaqatorli
maxsus mashinada quyma chok bilan yoki tagiga ip gazlama parchasi qo`yib, tutashtirma chok bilan
tikiladi.
Bort qotirmasi qil qatlam (1) va yelka taglik (2) qo`yib yig`ilayotganda, qil qatlam atrofiga
ip gazlamadan cheklama (3) o`rtasi qil qatlam qirqimlariga to`g`rilanib bostirib tikiladi
(6.3.1-rasm, a).
Qil qatlam quymay tikilayotganda yelka taglik qo`yib, universal mashinada siniq
baxyaqator yuritib, bostirib tikiladi (6.3.11-rasm, b). Keyin bort qotirmasi dazmolda yoki
maxsus yostiqlari bor pressda namlab-isitib kirishtirib dazmollanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |