izlanishlarni birlashtirish doirasidagi faoliyatini aks ettiradi.
PT ga “yangi” suzini kushib kullanilishi-bu ta’lim- tarbiya jarayonini
loyixalashga eskicha yondashish mumkin emasligini kursatadi. Demak, savol
tugiladi “yangi PT” nimani anglatadi? SHaxsni shakllantirish maksadini anik
belgilab oladi va shunga mos xolda ma’lum pedagogik tizim (maktab, kollej, oliy
ukuv yurti) mavjud buladi. Bu tizimga uzluksiz ravishda ijtimoiy buyurtma uz
ta’sirini va ta’lim - tarbiya maksadini umumiy xolda belgilab beradi. “Maksad” esa
uz navbatida pedagogik tizimning kolgan elementlarini yangilash zaruratini keltirib
chikaradi.
Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi ta’lim-tarbiyaning maksadini
yangi yunalishga buradi: “utmishdan kolgan mafkuraviy karashlar va sakitlar dan
tula xolos bulgan, rivojlangan demokratik davlat darajasida yuksak ma’naviy va
axlokiy talabalarga javob beradigan yukori malakali kadrlar tayyorlash”- deb
belgilanadi. Demak, ta’lim - tarbiyaning maksadi butunlay yangilanadi, unga mos
xolda mazmun xam, pedagogik jarayon xam yangilanish ruy bermokda, bunday
yangi texnologiyalar kirib kelmokda. Yangi metodikalarni talab etadigan va unga
uzining ma’lum xususiyatlarini joriy etadigan yangi texnikaviy, axborotli
poligrafik, audiovizual vositalar mavjudki, ular yangi PT ni real vokelikka
aylantiradi.
Mamlakatimizning fan-texnika sohasida rivojlanayotgan bosqichida
axborotlarning keskin ko’payib borayotganligi va ulardan o’qitish jarayonida
yetarlicha foydalanish uchun vaqtning chegaralanganligi hamda o’quvchi yoshlarni
yetuk barkamol shaxs sifatida tayyorlashdek vazifasini o’z oldiga maqsad qilgan
ta’lim tizimiga ilg’or pedagogik texnologiyalarni joriy qilishning vaqti keldi.
Hozirgi kunga qadar ta’lim muassalarida an’anaviy tarzda ta’lim berishning davom
etishi va ta’lim berishda pedagogik texnologiya elementlaridan foydalanmaslik
oqibatida talabalar ma’ruzaning passiv eshituvchisiga aylanib qolayotganligi
achinarli holdir. O’qituvchi darslarni to’g’ri tashkil eta olmasligi, dars jarayonida
talaba va o’qituvchi hamkorligining ta’minlanmayotganligi, ilg’or pedagogik
texnologiya elementlaridan iborat turli metod va usullarni to’liq va o’z o’rnida
qo’llay olmasligi, o’rganiladigan yangi mavzuni darslikdagi ma’lumotlar bilan
cheklanib qolishlik oqibatida ta’lim tizimi oldidagi maqsad va vazifalar yetarlicha
amalga oshirilmayapti, degan fikrga kelindi.
Ta’lim-tarbiya jarayonida zamonaviy texnologiyalarni muvaffaqiyatli
qo’llash fizika o’qituvchilari maxsus metodik bilim va ko’nikmalarni egallashlari,
pedagogik amaliyotda zarur bo’ladigan metodik tayyorgarlikka ega bo’lishlari
lozim.
Bizningcha, pedagogik texnologiya – ta’lim jarayonining samaradorligini
oshirish maqsadida o’qitish va bilimlarni o’zlashtirish jarayonida o’qituvchining
pedagogik va talabalarning bilish faoliyatini uyg’un ravishda tashkil etish,
mazkur faoliyatni faollashtirish maqsadida, samarali o’qitish metodlari, vositalari
va shakllarini qo’llash, ularning o’zaro ta’sirini aniqlashga imkon beradigan
tizimlar majmuasidir.
Demak, dars an’anaviy tarzda olib borilganda talabalarning mustaqil
fikrlashi uchun imkoniyat yetarli emasligi o’qituvchi darslikda berilgan materialni
ma’ruza tarzida talabaga yetkazishi va tabalalardan dars davomida olgan yangi
bilimlarni qanchalik darajada o’zlashtirganini aniqlashning qiyin kechishi natijada
dars samarali yoki samarasiz o’tkazilganligini bilish imkoniyati bo’lmay qolyapti.
Ya’ni, talaba o’qituvchining ma’ruzasini zerikarli tarzda eshitadi yoki eshitmay
boshqa hayolar og’ushida bo’ladi. Buning oqibatida darsning maqsadi amalga
oshmay, vaqt bekorga sarflanadi.
Pedagogik texnologiyalarni dars jarayonida qo’llash o’ziga xos afzalliklarga ega.
Jumladan, ta’limiy jarayon muayyan ketma-ketlikda, ya’ni, tizimli tashkil etiladi.
INNOVATSIYA (inglizcha innovation) – yangilik kiritish, yangilik, degan
ma’noni anglatadi.
Innovatsiya pedagogik jarayonni ifodalab, nafaqat uning didaktik qurimasiga,
balki o’qituvchining ijtimoiy mohiyatli natijalari va ruhiy qiyofasiga ham ta’luqli
bo’lib, ochiqlikni, boshqalar fikrini tan olishni bildiradi.
Pedagogik texnologiya ta’lim tizimiga 1960 yillarda kirib kelgan bo’lib, unga
ko’pgina manbalarda turli ta’riflar berilgan. Xususan, V.P.Bespal’koning fikricha,
pedagogik texnologiya - amaliyotga tadbiq qilinadigan muayyan pedagogik tizim
loyihasi sifatida qaraydi va pedagogik tizim texnologiyalar ishlab chiqish uchun
asos bo’ladi, deb hisoblaydi. Bunda asosiy diqqat o’quv-pedagogik jarayonni
oldindan loyihalashga qaratiladi, didaktik vazifa va o’qitish texnologiyalari
tushunchasidan foydalaniladi.
Texnologiyalashtirish - fan texnikaning ulkan rivoji taqozosi sifatida nafaqat
ishlab chiqarish sohalariga ayni paytda, madaniyat, ma’naviyat hamda ta’lim
tizimiga ham qat’iy ravishda kirib keldi.
«Texnologiya» tushunchasi tarixan texnik taraqqiyot bilan bog’liq ravishda
paydo bo’ldi hamda san’at, hunar hamda fan haqidagi ta’limot tushinchasiga mos
keladi.
Texnologiya grekcha so’z bo’lib, texnos - san’at, mahorat, logos- ta’limot
degan ma’nolarni bildiradi.
O’qitish texnologiyasi esa, o’quv faoliyatini pedagogik boshqaruv hamda
ta’lim maqsadlari va o’quvchilarni rivojlantirish maqsadlariga muvofiq pedagogik
tizimning vazifasini ta’minlovchi nazariy loihadir.
Ta’lim texnologiyasi deganda ta’limning belgilangan maqsadi va talabaning
bilim darajasiga ko’ra o’quv faoliyatini boshqarishning nazariy loyihasi va
pedagogik tizimning amalga bo’lishini ta’minlovchi zarur vositalar tizimi
tushuniladi.
Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o’qituvchi va o’quvchi
faoliyatiga yangilik, o’zgartirishlar kiritish bo’lib, uni amalga oshirishda interfaol
usullardan to’liq foydalaniladi.
Interfaol usullar–bu jamoaning hamkorlikda faoliyat ko’rsatishi, muammoli
dars o’tish metodlaridir. Bu metodlarning o’ziga xosligi shundan iboratki,
mashg’ulotlar faqat pedagog va o’quvchilarning birgalikdagi faoliyati orqali
amalga oshiriladi. Pedagogik texnologiyaning asosiy negizi, o’qituvchi va
o’quvchining belgilangan maqsaddan kafolatlangan natijaga hamkorlikda
erishishdan iborat bo’lib, buning asosida o’quvchini mustaqil va mantiqiy
fikrlashga, ijodiy ishlashga va izlanishga, xulosa va tahlil qilishga o’rgatish va
yo’naltirish yotadi.
Pedagogik texnologiyaning ilmiy kontseptsiyasi ta’lim maqsadlariga
erishishning falsafiy, psixologik, ijtimoiy-pedagogik va didaktik asoslashlarni
qamrab oladi . Ta’lim jarayoni mazmuni umumiy va aniq maqsadlar, o’quv
materiali mazmunidan iborat bo’ladi. Pedagogik texnologik jarayon ta’lim
jarayonini tashkil etish, o’qituvchi faoliyati, o’quvchi faoliyati, o’quv jarayonini
boshqarish usullari, o’quv jarayoni diagnostikasini qamrab oladi.
Izchillik - pedagogik texnologiyaning mezoni, pedagogik texnologiyaning
barcha qismlarining o’zaro bog’liqligi mantiqiyligi, yaxlitligi, boshqaruvchanligi
asoslanganligidir. Pedagogik texnologiyaning samaradorlik mezoni ta’lim
jarayonida olinadigan yuksak natijalarni ko’zda tutadi.
O’quvchilarga fizikadan ta’lim-tarbiya berish asosida ularni fanga bo’lgan
qiziqishini oshirish, fizik tafakkuri va mantiqiy fikrlashini o’stirishda yangi
pedagogik texnologiyalar katta ahamiyat kasb etadi. SHu nuqtai nazardan, yangi
pedagogik texnologiyalardan foydalanish dars samaradorligini oshirishda ijobiy
natijalar beradi.
Darsning qiziqarli, rang-barang va jonli bo’lishi oldindan o’qituvchi
tomonidan tuzilgan dars loyihasi yoki texnologik xaritasiga bog’liq. Bunday
xaritani tuzish, belgilangan maqsad, vazifa va kafolatlangan natija berish bilan
birga o’qituvchini soatlab dars konspektini yozishdan xalos qiladi. Quyida barcha
fanlar uchun qo’llanilishi mumkin bo’lgan texnologik xaritaning umumiy
ko’rinishini keltiramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |