2. Ishlab chiqarish korxonalarida AKTlarni qo‘llanishi
Mahsulotlar sinflanishi yoki shunchaki ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar
ro‘yxati korxona faoliyatining tahlilini amalga oshirish uchun zarur axborot bo‘lib
xizmat qiladi. Bu axborot korxona faoliyati maqsadini belgilab beradi. Yirik
korxonaning faoliyat ko‘rsatishi faqat uning asosiy maqsadini tashkil etadigan
biror bir mahsulot yoki xizmatlar nomenklaturasi bilan cheklanmaydi. Zamonaviy
yirik sanoat korxonasining ishlab chiqarish faoliyati ba’zida faoliyat turlarining
anchagina keng sektorini qamrab oladi, bu esa ana shunday korxonani boshqarish
tizimini sezilarli darajada murakkablashtiradi va zamonaviy AKTlarini qo‘llashga
to‘g‘ri keladi. Masalan, korxonada ishlab chiqarishning quyidagi tarkibi
shakllanishi mumkin:
• asosiy ishlab chiqarish, ya’ni asosiy mahsulot turlariga shartnomalar
bo‘yicha, byulletenlar bo‘yicha (iste’molchida ishlab chiqariladigan asosiy
mahsulotlarni oxirigacha tamomlab qo‘yishlar), ta’mirlash uchun ehtiyot qismlar,
sotiladigan fuqarolik mahsulotlari, iste’molchilarga texnik yordam hamda
buyurtmalar va shartnomalar bo‘yicha boshqa mahsulotlar;
• birgalikdagi ishlanmalar, texnik ishlanmalar va litsenzion ishlab chiqarish;
• halqaro hamkorlik dasturlarida qatnashish (kooperatsiya bo‘yicha
agregatlarni ishlab chiqish, loyihaviy va texnik markazlarni tashkil etish);
• transport xizmatlari;
• xalq iste’moli tovarlarini ishlab chiqarish;
• issiqlik va energiya ishlab chiqarish;
• qo‘shimcha ishlab chiqarish, ya’ni o‘zini ishlatishi va chetga sotish uchun
birmartalik buyurtmalar bo‘yicha instrument va asbob-uskunalarni ishlab chiqarish
hamda o‘zining sexlari bo‘yicha xizmatlar va ishlar;
• qurilish.
Murakkab mahsulotlarni ishlab chiqaradigan korxonalar o‘ziga xos
xususiyatlarga ega bo‘ladi. Yirik mahsulotlarni seriyali ishlab chiqarishda (og‘ir
mashinasozlik, aviakosmik sanoat, kemasozlik va hokazo), seriya bir xil
mahsulotlar majmuasini ifodalashiga qaramasdan, har bir mahsulot alohida ko‘rib
chiqiladi va identifikatsiya qilinadi. Identifikator rolida ikkita raqam ishtirok etadi
— seriya raqami va mahsulotning seriyadagi tartib raqami. Bu mexanizm seriyali
hisob deyiladi. Bunday identifikatsiya butun ishlab chiqarish jarayoni va ana shu
jarayonni
rejalashtirish protseduralari uchun
og‘ir bo‘lmagan darajada
mahsulotning ayrim turlariga o‘zgartirish kiritish uchun zarur bo‘ladi. Bunda
bittalik ishlab chiqarish uchun xos bo‘lgan boshqarish protseduralariga va
usullariga o‘tish zarurati bo‘lmaydi. Ixtiyoriy sanoat mahsulotlari tarkibida alohida
komponentlar uchun ana shu komponentning mahsulotga to‘g‘ri keladigan
ehtiyojlik kattaligi (qo‘llanuvchanlik) belgilanadi. Sanoat korxonalarining axborot
tizimlarida bu kattalik “tugunlarni yechish” nomini olgan protsedurani tanlash
orqali hisoblanadi. Ushbu parametrni hisoblashda komponentlarning o‘zi shuning-
dek muayyan seriyali schetlar bilan bog‘lanadi. Boz ustiga komponentlar o‘rtasida
o‘zaro almashuvchanlik (bir va ikki tomonlama), alternativlik, almashtirish
munosabatlari o‘rnatilishi mumkin (1-rasm).
1-rasm. Korxona axborot texnologiyasining tarkibiy qismlari.
Nazorat uchun savollar.
1. Axborotlashgan jamiyatning shakllanishi va rivojlanishida AKTning ahamiyati
haqida gapirib bering.
2. Korxonaning faoliyati AKTdan bevosita foydalanishni tartibi qanday?
3. Ishlab chiqarish korxonalarida AKTdan qanday maqsadlarda foydalaniladi?
4. Korxona axborot texnologiyasining tarkibiy qismlarini aytib bering?
5. “Tugunlarni yechish” nomini olgan protsedurani izohlab bering?
Do'stlaringiz bilan baham: |