Tajriba ishi №10 Mavzu: Microsoft Visual C++ muhitida komponentalar, Form sinfi Ishni bajarishdan maqsad: Visual Studio 2012 muhitida C++ dasturlash tilida
komponentalarni o’rganish va Form sinfini yaratish.
Nazariy qism: Form sinfi Visual Studio 2012 dasturlash muhitida Console Application qismidan tashqari
Windows Application dasturlash muhiti ham mavhud. Bu muhitda biz interfeysga ega
bo’lgan dasturlarni yarata olamiz. Hozirgi zamonaviy dasturlash tillarida interfeysli
dasturlashga katta ahamiyat qaratilgan. Microsoft Windows operatsion tizim uchun
dastur tuzishda Visual Studio 2012 muhitida C++ dasturlash tilidan foydalanishimiz
mumkin.
Visual C++ dasturlash tilida Form sinfini yaratish uchun yangi loyiha yaratiladi
va loyihani yaratish quyidagicha amalga oshiriladi: Файл->Создать->Проект yoki
Ctrl+Shift+N tugmalarini bosish kerak (10.1 rasm)