Ayiruvchi hisoblagichlar. Ketma-ketli ayiruvchi hisoblagichlarda navbatdagi sanoq impulsi kelishi bilan, hisoblagichdagi son bittaga kamayadi. Bu hisoblagichlarda birinchi impuls kelishi bilan maksimal ikkilik son (uchrazryadli hisoblagichda Q1 =Q2 = Q3 =0) yoziladi, keyin har yangi impuls kelishi bilan 0 qiymatgacha kamayib boradi.
4.15-rasmda keltirilgan hisoblagich ayiruvchi boʻlib ishlashi mumkin. Buning uchun keyingi triggerlarning C kirishi oʻzidan avvalgi triggerning invers chiqishlariga ulash, S asinxron kirishni esa biror boshlanqich sonni oʻrnatish uchun ishlatish kerak.
Agar trigger 4.16-rasmda keltirilganidek, kirish impulsining kesimi bilan boshqarilsa, ayiruvchi hisoblagich sxemasini tuzishda keyingi keluvchi trigger kirishi avvalgi triggerning toʻgʻri (noinvers) chiqishi bilan ulanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |