Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xoramiy nomidagi toshkent



Download 137,68 Kb.
bet7/7
Sana08.01.2022
Hajmi137,68 Kb.
#334037
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Abduraximov Fazliddin 412-19

O ptika mavjud bo‘lganda

Agar kontroller va MSC markazlari tugunlarga yaqin bo‘lsa, OTAL (Optik tolali aloqa liniya)lari mavjud bo‘lib, bu E1 oqimni SDH (Synhron Digitalherarhy) tarmog‘i bo‘yicha uzatish uchun multiplekserlash imkonini beradi. Bunday tarmoqlarni ustunligi birinchi o‘rinda qulayligi, rivojlangan qurilmalardan foydalanish va himoyaning halqali sxemasini ta’minlaydi. Mobil aloqa tarmoq qurilmalarini har xil turdagi yuklanishlar: mobil aloqa trafigi, qayd qilish aloqa tarmoqlari, video ma’lumotlar, TV kanallar va boshqalarni uzatish mumkin bo‘lgan oldindan mavjud bo‘lgan SDH tarmoqlariga ulansagina yuqori tejamkorlikka erishiladi. Ethernet interfeysiga ega radioqurilmani o‘rnatishda ham uni SDH tarmog‘iga ulanishi mumkin. Buning uchun maxsus Ethernet over SDH protokoli ishlatilib, SDH ning o‘zida Metropolis qurilmasi bo‘lib, bu Lucent Technologies (Vestnik svyazi 4,2006) kompaniyasi tomonidan amalga oshirilgan. SDH tarmog‘i orqali Ethernet trafigini uzatish samaradorligini oshirish uchun bir qancha texnologiyalar ishlab chiqilgan va standartlashtirilgan: freymingni universal sxemasi (General Framing Procedure, G.7041) (Vestnik svyazi 5,2006), virtual «bog‘lanish» mexanizmi (Virtual Concatenation, G.707), aloqa liniyalari sig‘imini qurish algoritmi (Link Capacity Adjustment Scheme, G.7042). SDH orqali trafikni multiplekserlashga ega bo‘lgan taqsimlovchi tarmoqlardan foydalanishdagi tejamkorlik, bazaviy stansiya guruhlari ulanishi kerak bo‘lgan E1 oqimlari soni hisobida ortib boradi.Yana ham ko‘pxizmatli kirish qurilmalariga SDH infrastrukturasi (2-rasm)dan foydalaniladigan gibridli transport tarmoqlarini qurish mumkin.
Bunda birinchi navbatda, trafikni bazaviy stansiyalar yordamida yig‘ish va optimallashtirish mumkin. Keyinchalik trafik SDH xalqasida joylashgan tugun-kosentratorlarga yo‘naltiriladi.U yerda trafik SDH tarmog‘iga kiritiladi va radiotarmoq kontrollerlari va MSC markazlariga uzatiladi. To‘liq IP bazasida Lucent Technologies kompaniyasi taqsimlovchi tarmoqlarni to‘liq IP standart texnologiyasi bazasida qurish foydali qaror deb hisoblamoqda. 3-rasmda CDMA operatorlari uchun IP Backhaul transport tarmog‘i strukturaviy sxemasi keltirilgan, lekin bu boshqa standart tarmoq operatorlari uchun ham mos keladi. Bunda IP bo‘yicha radiokirish tarmoq elementlari (bazaviy stansiyalar, radiotarmoq kontrollerlari) orasida signalizasiya va foydali yuklanish uzatiladi. Bu holat shu tarmoqlar kabi MSC markazlari orasida ham sodir bo‘ladi.


Bunda E1 kanallarni bazaviy stansiyadan raqamli kross-konnektor (Digital Access Cross Connect, DACC) (Kompyuternie seti. 2005)ga yoki SDH qurilmalariga o‘tkaziladi va keyinchalik chegaraviy marshrutizatorda terminallashtiriladi. Ko‘pgina E1 oqimlari radiokirish va chegaraviy marshrutizatorlar segmentlari orasida MLG (Multi-Link Group) (Vetnik svyazi 11,2005) bir guruhga birlashadilar. Bu boshqarilishi kerak bo‘lgan alohida interfeyslar sonini va bazaviy stansiyalar tomonidan ajratiladigan IP adreslar sonini minimallashtiradi. Zahiralashtirishni ta’minlash uchun har bir bazaviy stansiya birdaniga ikkita chegaraviy marshrutizatorga ulanadi va avtomatik himoyaga ulanish texnologiyasi (Multi-Router Automatic Protection Switching, MR-APS) (LAN jurnali) ishlay boshlaydi. Chegaraviy marshrutizatorlar sifatida Lucent mutaxassislari Juniper (Vestnik svyazi 5,2005) kompaniyasining M-seriyadagi qurilmalaridan foydalanishni taklif etmoqdalar. Shuni ta’kidlash lozimki,bu kompaniya tashkil etilgandan beri operator sinfidagi marshrutizatorlarni ishlab chiqarishga mo‘ljallangan. Shuning uchun JunOS operasion sistemasini dastlab modullik prinsiplari asosida qurgan bo‘lib, unda har bir prosess o‘zining himoyalangan adres fazosida bajariladi va uni ishdan ketishi boshqa prosesslarga ta’sir qilmaydi.

Marshrutizatorlarning apparat qismi asosini ikkita sistema osti tashkil etadi-ulardan biri paketlarning harakatiga javob beradi, ikkinchisi esa marshrutlashga javob beradi. Birinchisi maxsuslashtirilgan tezkor integral mikrosxema ASIC asosida amalga oshirilgan bo‘lib, bu «qiyin» ish hisoblanib-asosiy ma’lumotlar oqimini uzatishdir, ikkinchisi esa Intel bazasida amalga oshirilgan va bu faqat ma’lumotlar jo‘natilayotgan marshrutni aniqlaydi. Alohida modulllar orasida yuborish va marshrutlashtirish funksiyalarini ajratish marshrutizator ishini to‘liq barqarorligini va unumdorligini ta’minlaydi.

Chegaraviy marshrutizitorlar ko‘p sathli kommutator (Multi-Layer Switch, MLS)lar yordamida kross-konnekt sxemasi bo‘yicha ulanadi va ular MSC markaz serverlari bilan Ethenet bog‘lanishni ta’minlaydi. Ularning nomidan ko‘rinib turibdiki, ko‘p sathli kommutatorlar ham IP marshrutizasiyani (OSI model 3 satx), ham Ethernet ulanish (2 sath)ni bajaradi. Bunda kanallardan biri buzilsa ham chegaraviy va MLS kommutatorlar orasida sistemani ishlashiga halaqit bermaydi. MLS kommutatorlari sifatida Lucent mutaxasislari Riverstone kompaniyasining RS86xx qurilmasidan foydalanishni taklif etmoqdalar.Yuqorida aytib o‘tilgan usullar mobil tarmoqlarida keng ishlatilmoqda. Bunday yangi usullarning rivojlanishi natijasida mobil aloqa tarmoqlarida ma’lumotlarni uzatish tezligi ortadi, axborotllarni uzatish sifati ko‘tariladi.

Xulosa

Axborot texnologiyalari barcha rivojlangan mamlakatlar kabi respublikamizda ham yuqori suratda rivojlanmoqda. Yangidan yangi texnologiyalar mamlakatimizga kirib kelmoqda va ularni ekspluatatsiya qilish choralari davlatimizda aloqa sohasida ish olib boruvchi kompaniyalar (UZBEKTELECOM, EAST TELECOM va boshqalar) zimmasiga katta mas’uliyatni yuklamoqda.



Bu esa biz yosh avlod oldiga kattadan-katta dolzarb masalalarni, ya’ni zamonaviy texnologiyalarni qo`llash, axborotlashtirish dasturini amalga oshirish, jahon axborot integratsiyasiga qo‘shilish kabi asosiy vazifalarni yuklamoqda.

Menga berilgan Transport tarmoqlari mavzusidagi mustaqil ishni bajarib Transport tarmog'i  - telekommunikatsiya tarmoqlarida tashish funktsiyalarini bajaradigan manbalar to'plami. U nafaqat uzatish tizimlarini, balki tegishli boshqaruvlarni, tezkor kommutatsiyani, zaxirani va nazoratni ham o'z ichiga olishi va transport tarmoqlari telekommunikatsiya tarmoqlari ichida muhim o‘rin egallaydi. So‘nggi yillarda transport tarmoqlarida SDH va xWDM texnologiyalarini, uzatish muhiti sifatida optik tolali kabellarni qo‘llash natijasida aloqa olisligi, sifati, kanallar soni (o‘z navbatida, axborot uzatish tezligi), aloqa ishonchliligi va boshqa muhim xususiyatlarda ijobiy tomonga katta siljish kuzatilgani haqida bilib oldim

Alohida mahalliy va global tarmoqlar o'rtasida ma'lumot almashinuvini tashkil qilish uchun alohida abonentlar o'rtasida axborot oqimlarini uzatish, shuningdek, iste'molchilarga axborot xizmatlarini (radio, televidenie, faks va boshqalar) taqdim etadigan transport tarmog'i (TS) joylashtirilgan bilib oldim.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YHATI

1. Kompyuter tizimlari va tarmoqlari (M.Musayev)

2.Компьютерные сети: Принципы, технологии, протоколы. Пятое издание, издатель Питер, 2016 (Н.А. Олифер, В.Г. Олифер)

3. Aim.uz sayti

4. Ziyonet.uz sayti



5.Fayllar.org

6. www.javatpoint.com
Download 137,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish