Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent



Download 3,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/137
Sana29.12.2021
Hajmi3,49 Mb.
#80759
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   137
Bog'liq
«SIMSIZ ALOQA TIZIMLARI VA DASTURLARI»

 
 


120 
 
2.8. Mobil aloqaning istiqbolli texnologiyalari 
 
Mobil  aloqaning  istiqbolli  texnologiyalari.  Zamonaviy  mobil 
aloqa tarmoqlarini rivojlantirishda kelajakda ma’lumotlarni olish oniy 
amalga  oshirilishi,  xizmatlarni  ko‘rsatilishi  esa  kechikishlarsiz  va 
uzilmasligiga  intilish  kerak.  Ulanadigan  qurilmalar  soni  soni  keskin 
ortib  bormoqda.  Umumiy  an’ana  shundan  iboratki,  yakunda  hamma 
narsa  ulanadi,  bunda  tarmoqqa  ulanishdan  svetoforlar,  maishiy 
texnikadan  boshlab  avtomobillar,  tibbiyot  qurilmalari  va  elektr 
ta’minoti  tizimlarigacha  qurilmalar  yutuqqa  erishishi  mumkin.  Bu 
insonlar, biznes va jamiyat uchun cheklanmagan imkoniyatlar ochadi. 
         Bunday  qurilmalarning  tarqalishi  butun  dunyo  bo‘yicha 
tarmoqlarda  trafikning  eksponensial  ortishiga  olib  keldi  va  natijada 
yaqin kelajakda qurilgan 3G va 4G mobil tarmoqlarning imkoniyatlari 
etarli  bo‘lmay  qoladi.  Muammodan  chiqish  yo‘li  bitta,  hozirning 
o‘zida  beshinchi  avlod  tarmoqlarini  qurish  konsepsiyasini  ishlab 
chiqish va tasdiqlash kerak. 
         5G standarti bu individual foydalanuvchilar va qurilmalar uchun 
tarmoqqa 
cheklanmagan 
ulanishni 
ta’minlaydigan 
mobil 
texnologiyalarni  rivojlanishining  yangi  bosqichi  hisoblanadi.  5G 
standartini 
ishlab 
chiqishda, 
ravshanki, 
LTE 
va 
HSPA 
texnologiyalarining  takomillashtirilgan  imkoniyatlarini,  shuningdek  
aniq  bir  vazifalarni  echishga  mo‘ljallangan  boshqa  radioulanish 
texnologiyalarini hisobga olish zarur bo‘ladi [7,32-35].  
 
5Gning  imkoniyatlari  mobillik  va  yangi  texnologiyalarga 
bo‘linadi. Ko‘plab tahlilchilarning fikricha, mobillik yangi dunyoning 
katalizatori  bo‘ladi.  Biznes-landshaftni  o‘zgartiradigan  vositalarini 
muhokama  qilish  bilan  “kuchlarning  tutashib  ketishi”  atamasini 
ishlatish  taklif  qilinadi,  bunda  hazirda  mavjud  bo‘lgan  to‘rtta  asosiy 
texnik  trendlar  –  ijtimoiy  o‘zaro  ta’sirlashish,  mobil  texnologiyalar, 
bulutlar  va  ma’lumotlarga  ulanishning  konvergensiyalanishi    ko‘zda 
tutiladi. Bunda bulut orqali real vaqtda olinadigan yangi  ma’lumotlar 
hajmlari vujudga keladi. Bunday almashinuvni ta’minlash uchun mos 
tarmoq zarur bo‘ladi. 
Texnologiya 
nuqtai 
nazaridan, 
5G 
bu 
barcha 
yangi 
imkoniyatlarni  ishlatilishining  bog‘lanishini  ta’minlaydi.  Bunday 
tarmoq  tuzilmaining  alohida  fragmentlarini  birlashtirish  uchun  5G 
jarayonlarni  boshqaradigan  insonlarga  bog‘liq  bo‘lmagan  holda  zarur 
tarmoq  bog‘lanishlarini  ta’minlashi  kerak.  SHunday  qilib,  5G 


121 
 
dunyodagi  insonlar,  jarayonlar,  ma’lumotlar  va  ob’ektlarni  keng 
qamrab oladigan Internetga birlashtirishda asosiy omil bo‘lib qoladi. 
NSN  taxminlariga  ko‘ra,  5G  tarmoqlari  2010  yidagiga 
taqqoslaganda  2030  yilgacha  tarfikning  10000-karrali  ortishi  bilan 
ishlashi  kerak.  Bu  davrda  kutiladiki,  “aqlli”  shaharlar,  uylar  va 
energiya  tarmoqlaridagi  ulangan  qurilmalrning  soni  foydalanuvchilar 
qurilmalari  sonidan  10-100  marttaga  ortiq  bo‘ladi.  Yakuniy  hisobda 
turli  xil  servislar,  foydalanish  ko‘rinishlari  va  talablarini  ta’minlashi 
zarur bo‘ladigan taxminan 50 milliard qurilmalar paydo bo‘ladi. 
Umuman  olganda  hisoblash  mumkinki,  5G  standarti  maishiy 
asboblardan  boshlab  sanoat  korxonalarigacha  keng  qo‘llanilish 
sohalari  diapazoni  muammolarini  echish  va  turli  talablar  uchun 
mo‘ljallangan  texnologiyalar  integratsiyalangan  to‘plami  hisoblanadi. 
5G  tavsiflaridan  biri  tasdiqlaydiki,  bu  mavjud  oldingi  avlodlar 
texnologiyalarining  o‘rnini  bosadigan  emas,  balki  to‘ldiradigan 
organik  integratsiyalangan  radioulanish  texnologiyalari  to‘plami 
hisoblanadi. Binobarin, ular aniq bir ko‘rinishlar va ma’lum maqsadlar 
uchun yangi yechimlar bilan to‘ldiriladi. 
Mobil  tarmoqlarning  arxitekturasi  5G  standartga  o‘tish  bilan 
to‘liq  o‘zgaradi,  binobarin,  “sotali  aloqa”  tushunchasi  yo‘qoladi, 
chunki  mobil  tarmoqlarning  tuzilmasi  sotali  bo‘lmay  qoladi.  Yangi 
tarmoq 
o‘ta  zich,  masshtablanadigan  (ko‘lamlashtiriladigan) 
servislarni  istalgan  vaqtda  har qanday  joyda  ta’minlaydigan  o‘ta  zich 
bo‘ladi. 
Ma’lumki,  zamonaviy  mobil  aloqa  tarmoqlari  sotalarni,  ya’ni 
qamrab  olish  zonalarini    shakllantiradigan  bazaviy  stansiyalardan 
tashkil  topgan.  Bir-birlari  bilan  yonma-yon  turadigan  bazaviy 
stansiyalar  tarmoqning  qamrab  olish  zonasini  shakllantiradi.  Mobil 
tarmoqlarda  yacheykalardan  tashkil  topgan  5G  arxitekturasi 
qurilmalardan  tashkil  topgan  arxitekturaga  almashtiriladi.  Tarmoq 
arxitekturasining markaziy elementlari bazaviy stansiyalar o‘rniga bir-
birlari  bilan  to‘g‘ri  ulanadigan  mobil  qurilmalar  va  serverlar  bo‘ladi. 
Bunday  tizimda  qurilma  (mashina  yoki  inson)  turli  jinsli 
kommunikatsion tugunlar orqali ko‘p sonli ma’lumotlar oqimlari bilan 
almashishi mumkin bo‘ladi. 
Ishlab  chiquvchilar  5G  tarmoqlardagi  qurilmalar  bir  necha 
chastotalar  diapazonlarida  bitta  tarmoqni  ma’lumotlarni  olish, 
boshqasini esa ma’lumotlarni uzatish uchun  foydalanish bilan parallel 
ishlay  olishi  mumkinligini  ko‘zda  tutishmoqda.  Yakunda  mobil 


122 
 
tarmoq  uning  ishlash  zonasida  bo‘lgan  har  bir  mobil  qurilmalarning 
so‘rovlaridan kelib chiqish bilan “qayta sozlanadi”. 
O‘tkazish  qobiliyatini  oshirilishini  ta’minlaydigan  bir  necha 
antennalar  yordamida  bir  vaqtda  ma’lumotlarni  uzatilishi  va  qabul 
qilinishini    tashkil  etadigan  MIMO  texnologiyasi,  tadqiqotchilarning 
ko‘zda  tutishlari  bo‘yicha  tez  tarqala  boshlaydi.  Bu  o‘z  navbatida, 
baland  binolar  tomlariga  o‘rnatiladigan  antennalar  tizimlarining 
o‘lchamlari ortishiga olib keladi. 
5G@Europe  sammitida  Evropa  qo‘mitasi  5G  Public-Private 
Download 3,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish