Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent


 Mobil radioaloqa tizimlarida tasniflash, qurish tamoyillari va



Download 3,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/137
Sana29.12.2021
Hajmi3,49 Mb.
#80759
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   137
Bog'liq
«SIMSIZ ALOQA TIZIMLARI VA DASTURLARI»

2.2. Mobil radioaloqa tizimlarida tasniflash, qurish tamoyillari va 
chastotaviy rejalashtirish 
 
Mobil  radioaloqa  tizimlarining  tasniflanishi.  Ehtiyoj  yildan-
yilga  ortib  borayotgan  harakatdagi  obyektlar  bilan  radioaloqa  
tizimlari shartli ravishda quyidagicha bo‘linadi: 
        - personal radiochaqiruv tizimlari (Paging Systems);  
         - harakatdagi radioaloqa professional (xususiy) tizimlari (PMR,  
PAMR); 
         - harakatdagi sotali radioaloqa tizimlari (HSAT – Cellular Radio  
Systems); 
         - simsiz telefonlar tizimi (Cordless Telephony); 
         - ESYdan foydalaniladigan personal aloqa tizimlari.  
       Personal  mobil  aloqa  birinchi  tizimlaridan  biri  deb  «Multiton» 
personal  chaqiruv  tizimini  hisoblash  mumkin.  Bu  tizimda  dispetcher 
xodimni personal  qabullagich bo‘yicha chaqiradi. Akustik chaqiruvni 
olishi bilan xodim TLFni topadi va dispetcherga qo‘ng‘iroq qiladi. 
         Servisning  navbatdagi  darajasi  xodim  nafaqat  chaqiruvni  qabul 
qiladi,  balki  individual  qabullagining  displeyida  chaqiruvchi 
abonentning TLF nomerini ko‘radi, lekin u bilan faqat statsionar TLF 
(Paiging Systems) orqali bog‘lanish mumkin bo‘ladi. 
         Bunday  tizimning  oliy  darajasi  tizimning  ichidagi  individual 
radiotelefondan so‘zlashuvlarni amalga oshirishga va dispetcher orqali 
umumiy TLF tarmog‘iga chiqish imkoniyatini beradi. Bunday tizimlar 


79 
 
bilan  (PMR,  PAMR)  korxonalar,  shifoxonalar,  ishlab  chiqarish 
komplekslari va boshqalar jihozlanadi. RMR abonentlar radio qamrab 
olish  zonalari  chegaralarini  kesib  o‘tganida  aloqaning  uzluksizligini 
ta’minlamaydigan  xususiy  harakatdagi  radioaloqa  tizimlari  sifatida 
tushunadi,  avtomatik  roumingga  ega  emas,  boshqa  tizimlar 
abonentlariga mavjud aloqa xizmatlari to‘plamini, shu jumladan to‘lov 
masalalarini  kafolatlamaydi.  RMRdan  farqli  ravishda  RAMR 
harakatdagi  abonentlarni  umumiy  foydalanishdagi  telefon  tarmoqlari 
abonentlari bilan bog‘lanishini ta’minlaydi.  
         Harakatdagi  tizimlarni  loyihalashtirishdagi  asosiy  kuchlar 
radiotelefon xabarlarini qabul qilish yuqori yuqori halaqitbardoshligini  
ta’minlashga  yo‘naltirildi,  shuning  uchun  bu  yo‘nalishda  ma’lum 
yutuqlarga  erishildi,  ular  harakatdagi  radioaloqani  qabul  qilinadigan 
ma’lumotlarning  sifati  bo‘yicha  simli  TLF  aloqa  darajasiga 
yaqinlashtirdi.  Bu  harakatdagi  radioaloqaga  ajratilgan  chastotalar 
resursi  radioabonentlarning  ommaviy  oqib  kelishi  tufayli  tugashiga 
olib  keldi,  bu  ishlab  chiquvchilarni  yuqori  o‘tkazish  qobiliyatli 
tizimlarni  yaratish  va  ajratilgan  chastotalar  spektridan  samarali 
foydalanish  sohasida  jadal  tadqiqotlarni  olib  borishga  undadi.  Bu 
nisbatda tamoyilial yangi qurish tuzilmaga va aloqani tashkil etilishiga 
ega  bo‘lgan,  aynan  ko‘plab  bazaviy  stansiyalar  (BTS)  yagona 
tarmoqqa  birlashtiradigan  sotali  harakatdagi  aloqa  tizimlari  (HSAT) 
eng istiqbolli deb tan olindi. Harakatlanish vaqtida abonent stansiyasi 
(MS)  bitta  BTSdan  boshqasiga,  uning  komandalari  bo‘yicha 
avtomatik  qayta  ulanish  bilan    “estafetali  uzatiladi”,  bu  aloqaning 
uzluksizligini  ta’minlaydi.  HSATda  ajratilgan  chastotalar  kanallari 
bir-birlaridan  zarur  himoya  masofasiga  ajratilgan  yacheykalarda 
abonentlar  orqali  ko‘p  karrali  ishlatiladi.  Bunday  qurish  tamoyilida 
aktiv chastotalar kanallari soni ortadi, bu yuqori o‘tkazish qobiliyatini 
va  chastotalar  spektridan  yanada  samarali  foydalanishni  (Cellular 
Radio Systems) ta’minlaydi 

Download 3,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish