Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent


Mobil  tizimlarda  dupleks  rejimini  tashkil  etish



Download 3,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/137
Sana29.12.2021
Hajmi3,49 Mb.
#80759
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   137
Bog'liq
«SIMSIZ ALOQA TIZIMLARI VA DASTURLARI»

Mobil  tizimlarda  dupleks  rejimini  tashkil  etish.  Aniq  bir 
tizimga  berilgan  yig‘indi  chastota-vaqt  resursini  nafaqat  ko‘p 
tomonlama  ulanishni  tashkil  etishga,  balki  dupleks  rejimni,  ya’ni  har 
ikkala  tizimdan  abonenga  va  teskari  tomonga  yo‘nalishlarda  parallel 
axborot  almashinuvini  ta’minlashga  sarflashga  to‘g‘ri  keladi.    Mobil 
radioaloqa  tizimlarida  chastota  va  vaqt  bo‘yicha  dupleks  rejimlari 
qo‘llaniladi.  FDD  (frequency  division  duplex)  deyiladigan  birinchi 
variantda  dupleks  juftlik  chastota  bo‘yicha  dupleks  ajratilgan 
deyiladigan  qandaydir  himoya  intervali  bilan  ajratilgan  abonentlar 
kanali  polosasi  kengligining  ikkita  chastotalar  polosalarini  egallaydi. 
Shunday  qilib,  abonentlar  orasida  ma’lumotlarni  uzatish  va  qabul 
qilish turli chastotalarda amalga oshiriladi. FDDning ishlash tamoyili      
1.20- rasmda tasvirlangan. 
FDD  asosida  birinchi  va  ikkinchi  avlodlar  tizimlari    (AMPS, 
DAMPS, GSM, IS-95 va boshqa standartlar) qurilgan. 


42 
 
 
 
  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
1.20- rasm. Chastotalarning dupleks ajratilishini tashkil etish tamoyili 
          
Vaqt  bo‘yicha  dupleksda  (TDD  —  time  division  duplex)  ikki 
tomonlama aloqa uchun uzatish va qabul qilish kanallari vaqt bo‘yicha 
ajratiladigan  o‘sha  bir  tashuvchi  ishlatiladi  (1.21-  rasm).  TDD  rejimi 
mavjud  sotali  aloqa  tizimlari  uchun  xarakterli  emas,  lekin  simsiz 
telefon  standartlarida  (CT2,  DECT  va  boshqalar)  keng  tarqalgan. 
Bundan  tashqari,  unga  uchinchi  avlod  UMTS  va  CDMA2000 
standartlarida ham ma’lum joy ajratilgan. 
CDMA2000  loyihasi  asosiga  qo‘yilgan  raqamlar  aniqligiga  
asoslanish  bilan  TDDli  tizimlar  kanallarining  namunaviy  tuzilmasini 
ko‘rib chiqamiz. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
1.21- rasm.  Vaqt bo‘yicha dupleks ajratishni tashkil etish tamoyili 
 
 
ВS 
МS 
Тo’g’ri 
kanal 
Теskari 
kanal 
Chastotalar    
farqi 
Тo’g’ri 
kanal 
Теskari 
kanal 
 
МS 
ВS 
Тo’g’ri/teskari 
kanallar 


43 
 
BTS kanal arxitekturasining  asosiy elementi Tk = 20 ms bo‘lib 
(1.22-rasm),  u  dkpleksni  tashkil  etishga  mo‘ljallangan  8  juft 
intervallarga bo‘linadi. 
 
 
 
1.22- rasm.  CDMA2000 tizimi TDDli aloqa kanali kadrining 
tuzilmasi 
        
Juftlikning  birinchi  intervali  T
t
    davomiylikka  ega  va  uzatish 
uchun ajratiladi. Ikkinchi intervalda (T
R
 davomiylikdagi)  MS signali 
qabul  qilinadi.  Istalgan  yonma-yon  intervallar  xizmat  ko‘rsatish 
zonasining  uzunligi  orqali  aniqlanadigan  Δt  davomiylikdagi  himoya 
oraliqlari  bilan  ajratiladi.  Uncha  qiyin  bo‘lmagan  hisob  ko‘rsatadiki, 
52  mks  himoya  intervalida  va  bazaviy  stansiyada  vaqt  intervallarini 
+3  mks  sinxronlashtirish  aniqligida  xizmat  ko‘rsatish  zonasining 
maksimal radiusi 14 km ni tashkil etadi. 
Mobil  stansiyalar  o‘xshash  kadrning  tuzilmasiga  eag  bo‘ladi, 
lekin qabul qilish va uzatish intervallari joylarini almashadi. 
Duplekslashning 
ikkita 
variantlarini 
taqqoslash 
shunday 
xulosaga olib keladiki, FDD rejimi sotalarning katta o‘lchamlarida va 
abonentlarning yuqori harakatlanishi tezliklarida samaraliroq, u holda 
TDDli  variant  katta  darajada  mikrosotalarda,  ya’ni  uncha  yuqori 
bo‘lmagan  tezliklarda  harakatlanadigan  abonentlarga  xizmat 
ko‘rsatish kichik zonalarida qo‘llanish uchun to‘g‘ri keladi. Binobarin, 
TDDla  “yuqoriga”  va  “pastga”  liniyalari  o‘sha  bir  chastotlalar 
polosasini  egallar  ekan,  ulardagi  so‘nishlar  xarakteristiklari  yuqori 
korrelyasiyalash  darajasiga  ega  bo‘ladi,  bu  nurlantiriladigan  quvvatni 


44 
 
rostlash  va  fazoviy  ajratish  jarayonlarini  soddalashtirish  uchun 
ishlatilishi mumkin. 
Bundan tashqari, TDDga xususiyatli bo‘lgan tez moslashuvchan 
tuzilma,    to‘g‘ri  va  teskari  kanallardagi  asimmetrik  ma’lumotlar 
oqimlarida  vaqt  resurslarini  samarali  qayta  taqsimlashga  imkon 
beradi.  Bunday  asimmetriya  mobil  terminallarga  Internet  tarmog‘i 
bilan  aloqa  funksiyalari  yuklatilishi  bilan  uchinchi  avlod  tizimlarida 
juda  xususiy  hodisa  bo‘lib  qoladi.  Bunday  kontakt  mobaynida 
“pastga”  liniyadagi  trafik  teskari  yo‘nalishdagiga  qaraganda  aniq 
to‘yingan  bo‘ladi.  Bunda  1.23-  rasmda  ko‘rsatilganidek  amal  qilish 
mumkin, u “yuqoriga” va “pastga” liniyalari orasida vaqt resurslarini 
simmetrik  taqsimlanishidan    (1.23a-  rasm)  “pastga”  ko‘rsatkich  MS 
ma’lumotlarini  qabul  qilishga,  “yuqoriga”  ko‘rsatkich  esa  uzatishga 
javob  beradigan  vaqt  resurslarini  asimmetrik  taqsimlanishiga     
(1.23b- rasm) o‘tishni sxematik tasvirlaydi. 
TDD  variantining  avzalligi  sifatida  abonentlar  terminalining 
oddiyroq  bir  rejimli  TDD  ishlatilishi  imkoniyati  ham  ko‘rilishi 
mumkin.  Har  ikkala  duplekslash  variantlariga  mo‘ljallangan  ikki 
rejimli  (FDD/TDD)  apparatli  murakkablashtirishga  kelinsa,  u  holda 
oddiy  FDD-terminalga  qaraganda  u  juda  sezilarli  emas  va  iqtisodiy 
ko‘rsatkichlarga chegaraviy ta’sir o‘tkazmaydi. 
 
 
 
a) 
 
 
b) 
                 
1.23- rasm. Aloqa kanalida   “yuqoriga” va “pastga” liniyalari orasida 
vaqt resurslarini simmetrik taqsimlanishi (a) va asimmetrik 
taqsimlanishi (b)  
       
Yuqorida  keltirilganlardan  kelib  chiqadi,  har  ikkala  ko‘rib 
chiqilgan  duplekslash  rejimlarining  birlashtirilishi  bo‘yicha  Yevropa 
UMTS loyihasi tavsiyalari juda ratsional hisoblanadi. Bunday yechim 


45 
 
tizimga  ajratilgan  spektral  diapazonidan  foydalanish  qismida  tez 
moslashuvchanlikni 
beradi 
va 
o‘tkazish  polosasini  ishlatish 
sharoitlariga  va  xizmatlar  xarakteriga  moslashtirishga  imkon  beradi. 
230  MGs  kenglikdagi  spektr  kengliklari  oraliqlarida  ikkita  ajratilgan 
WARC-92da 
uchinchi 
avlod 
tizimlarini 
qurish 
Yevropa 
konsepsiyasiga  muvofiq:  1885…2025  va  2110…2200  MGs, 
1920…1980  va  2110…2170  polosalar  chastota  bo‘yicha  dupleksli 
SMAT  uchun,  1900…1920  va  2010…2025  MGs  polosalar  esa  vaqt 
bo‘yicha dupleksli SMAT uchun mo‘ljallanadi. 

Download 3,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish