Simmetrik vibrator. Bir xil uzunlikdagi ikkita o‘tkazgichlardan
tashkil topgan bo‘lib, ular orasiga antenna bilan uzatkichni ulaydigan
ta’minot liniyasi – fider ulanadi.
Ko‘pincha l uzunlikni yarmiga teng λ uzunlikli yarim to‘lqinli
vibrator deyiladigan simmetrik vibratorlar qo‘llaniladi (1.9a- rasm).
Antennalarning simlari uchlaridan toklar va kuchlanishlarning
qaytishi tufayli simlar bo‘ylab tok va kuchlanishlar turg‘un to‘lqinlari
hosil bo‘ladi.
Yarim to‘lqinli vibrator bo‘ylab tok va kuchlanishlarning yarim
to‘lqini, vibrator bo‘ylab to‘lqin uzunligiga – 1.9b- rasmdagi tok va
kuchlanishlarning to‘lqiniga o‘rnatiladi. Lekin istalgan holda uchlarda
tok tuguni va kuchlanishning tutamligi o‘rnatiladi.
1.9- rasm. Simmetrik vibratorlar
Do'stlaringiz bilan baham: |