Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi toshkent axborot texnologiyalari


 Elektr tarmoqlari asosida keng polosali kirish tizimlari



Download 4,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/121
Sana15.09.2021
Hajmi4,26 Mb.
#175102
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   121
Bog'liq
NGN ў ув ўлланма 2016

5.4. Elektr tarmoqlari asosida keng polosali kirish tizimlari.  
PLC texnologiyasi 
 
Zamonaviy 
shaharlarning 
mavjud 
infrastrukturasidan 
foydalanuvchi  NGN  kirish  tizimlarini  tashkil  etishning  yana  bir  usuli  – 
bu ma‘lumotlarni uzatish keng polosali tizimlarini elektr tarmoq asosida 
qurishdir.  Ushbu  texnologiya  Power  Line  Communication  (PLC)  yoki 
oddiy PowerLine deb nomlanadi. 
Ushbu  texnologiya  katta  qiziqish  uyg‗otadi,  chunki  elektr 
tarmoqlari  barcha  zamonaviy  shaharlarda  mavjud.  Zamonaviy  inson 
hayotini  elektr  tokisiz  tasavvur  qilib  bo‗lmaydi,  shuning  uchun  elektr 
kabel  tizimi  barcha  uy-joylarda  mavjud.  PLC  texnologiyasi  bu  holatda 


 
 
 
 
NGN  kirish  tizimini  potensial  ravishda  odamlar  yashaydigan  barcha 
joylarga kirib borish imkonini beradi. 
Shu  bilan  birga  elektr  kabellari  orqali  ma‘lumotlarni  uzatish 
boshida  ekzotik  usul  sifatida  qabul  qilindi  –  muvofiq  texnik  echimlarni 
rivojlantirish  yo‗lida  haddan  tashqari  ko‗p  texnik  muammolar.  PLC 
texnologiyasi  etarli  darajada  murakkab,  uning  taqdiri  o‗zgaruvchandir. 
Uni  bir  necha  marta  uy  axborot  tarmoqlarini  rivojlantirishda  markaziy 
o‗ringa qo‗yishdi. Keyin u esdan chiqarildi. PLC ning rivojlanishi – bu 
tadqiqot  g‗alabalari  va  strategik  bozor  mag‗lubiyatlarining  ketma-
ketligidir. 
PLC texnologiyasi kirish tizimlari bozoriga faqat 21-asr boshlarida 
yuqori  samaradorlikka  ega  bo‗lgan  raqamli  signal  protsessorlarining 
paydo bo‗lishi va OFDM-modulyasiya (Orthogonal Frequency Division 
Multiplexing)  kabi  modulyasiya  usullaridan  foydalanish  bilan  paydo 
bo‗ldi va NGN birinchi o‗n yillikda rivojlanishi bilan ushbu texnologiya 
keng  polosali  kirish  tarmoqlarining  juda  istiqbolli  rivojlanish  yo‗li 
sifatida ko‗rilmoqda. 
Bir necha yil odin kompyuter sanoati liderlari HomePlug Alliance 
deb nomlangan hamkorlik tashkilotiga asos soldilar. A‘zo kompaniyalar 
birgalikda 
ilmiy-tadqiqot 
va 
amaliy-sinov 
ishlarini 
o‗tkazish, 
shuningdek,  elektr  tarmog‗i  tizimlari  orqali  ma‘lumotlarni  uzatishning 
yagona  standartlarini  qabul  qilish  bilan  shug‗ullanadilar.  Intellon 
firmasining PowerPacket texnologiyasi PowerLine ning prototipi bo‗lib, 
u  HomePlug  1.0  yagona  standartining  asosiga  qo‗yilgan.  Unda 
ma‘lumotlar  uzatish  tezligi  14  Mbit/s  gacha  belgilangan  bo‗lib,  PLC 
asosidagi  tizimlarni  TriplePlay  konsepsiyasining  dominantligida  ham 
butunlay  raqobatbardosh  qiladi.  2003-yildan  PLC  texnologiyasining 
rivojlanishi NGN keng polosali kirish tarmoqlarini yaratish yo‗nalishida 
bordi.  YAngi  texnologiya  BPL  (Broadband  over  Power  Line)  nomini 
olib,  Amerika  va  Evropa  bozorlarida  birinchi  sinovlardan  o‗tdi.  BPL 
foydalanuvchilari 
ma‘lumotlarni 
uzatishning 
yuqori 
tezligini 
ta‘kidladilar  –  3  Mbit/s  dan  ortiq,  bunda  oylik  abonent  to‗lovi  mavjud 
keng  polosali  echimlarga  nisbatan  kam  bo‗ldi.  Kun  tartibida  elektr 
ta‘minotini  etkazib  beruvchilar  va  kommunikatsion  kompaniyalar 
o‗rtasidagi  munosabatlarni  tartibga  solish  masalalari  ochiq  qoldi.  IEEE 
da  BPL  uchun  standart  ishlab  chiqilmoqda  –  IEEE  1675,  uning  2008-
yilda qabul qilinishi kutilmoqda. 
PLC  tizimlarining  ishlash  prinsipi  asosida  ADSL  va    CATV 
texnologiyalari  orqali  tanish  bo‗lgan  signallarni  chastota  bo‗yicha 


 
 
 
 
ajratish  va  shohlantirgichlardan  foydalanish  yotadi.  Yuqori  tezlikdagi 
ma‘lumotlar  oqimi  bir  necha  past  tezlikdagi  oqimlarga  ajratiladi  va 
ulardan har biri alohida chastota bilan uzatiladi, so‗ngra barcha oqimlar 
bitta  signalga  birlashtiriladi.  4...21  MGs  diapazonda  84  ta  tashuvchi 
chastotalardan  foydalanish  simlar  orqali  oddiy  elektr  energiyasini 
uzatishga ta‘sir ko‗rsatmaydi, chunki elektr tokining 50 Gs chastotasi va 
ma‘lumotlarni  uzatish  chastotasi  o‗rtasida  katta  farq  bor.  SHu  tarzda, 
oddiy  elektr  tarmog‗i  bir  vaqtda  elektr  ta‘minotini  ham,  ma‘lumotlarni 
ham bitta zanjir (liniya) orqali uzata oladi. Kam quvvatli abonent elektr 
tok  tarmoqlari  yoki  o‗rta  quvvatli  taqsimlagich  tarmoqlar  bilan 
ishlaydigan  PLC  qurilmalari  mavjud.  SHoxlantirgichlar  va  birinchi 
turdagi qurilmalar abonentlar xonadonlarida, ikkinchi tur qurilmalari esa 
–  taqsimlagich  tarmoqlarning  tugunlari  (transformator  butkalari,  elektr 
uzatish  stolbalari  va  h.k.)  da  o‗rnatilib,  u  erda  ma‘lumotlarni  uzatish 
signali regeneratsiya qilinadi. 
PLC  texnologiyasi  bilan  bog‗liq  bo‗lgan  eng  murakkab  texnik 
echimlar  –  elektromagnit  moslashuv,  elektr  xavfsizligi  va  yuqori 
chastotali  signallarning  elektr  tarmoqlarida  yuqori  darajali  so‗nishi 
bo‗ldi.  Zamonaviy  PLC  texnologiyasi  (va  asosan  BPL)  yuqorida 
keltirilgan muammolarni har qilish imkonini beradi, shuning uchun eng 
yaqin  vaqt  ichida  PLC  texnologiyasining  keng  tarqalishini  kutish 
mumkin  va  hozir  hech  kim  ushbu  texnologiyaga  ekzotika  sifatida 
qaramaydi. 
PLC 
texnologiyasining 
so‗zsiz 
afzalligi 
potensial 
foydalanuvchilarni  100%  qaram  olishidir.  Hech  qanday  boshqa 
texnologiya  bunday  afzallikka  ega  emas.  Ammo  shu  bilan  birga  PLC 
texnologiyasi  yangi  bo‗lganligi  sababli  kamchiliklarga  ega,  xususan, 
PLC  texnologiyasining  amaliy  realizatsiyasi  3...4  Mbit/s  tezlikni 
namoyon  qildi,  bu  esa  zamonaviy  NGN  kirish  tarmoqlari  uchun  etarli 
emas.  Bundan  tashqari,  PLC  ning  asosiy  kamchiligi  bunday  tizimlar 
uchun arzon abonent qurilmalarining mavjud emasligidir. 
Elektr  liniyalari  orqali  ma‘lumotlar  uzatish  tizimlarining 
realizatsiya  qilish  qo‗shimcha  qiyinchiliklar  bilan  bog‗liq.  Avvalo, 
texnik  xarakteristikalari  bo‗yicha  elektr  tarmoqlar  g‗arb  davlatlari 
tarmoqlaridan  farqlanadi,  bundan  tashqari,  elektr  liniyasi  orqali 
ma‘lumotlarni  uzatishning  asosiy  parametrlarini  aniqlovchi  standartlar 
mavjud emas. 

Download 4,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish