GK — Gatekeeper (darvozabon);
SG — Signalling Gateway (signallar shlyuzi);
TG — Trunking Gateway (bog‘lanish liniyalari shlyuzi);
AG — Access Gateway (ulanish shlyuzi);
MAK — multiservisli abonentlar konsentratori
MGCP/Megaco/H.248 standarti protokollarining ishlashi asosida
qurilmalar kompleksi alohida funksional bloklarga bo‗lib chiqilishi
ko‗zda tutiladigan shlyuzlar dekompozitsiyasi prinsipi yotadi.
Funksional bloklarni umumlashtirilgan holda quyidagi tarzda tavsiflash
mumkin:
- transport (media) shlyuzi — Media Gateway (MG),
- shlyuzni boshqarish qurilmasi — Media Gateway Controller
(MGC).
N.248, MGCP protokollariga muvofiq chaqiriqlarni qayta
ishlashning butun intellekti MGC kontrollerda joylashadi, transport
shlyuzlari esa faqat undan keladigan buyruqlarni bajaradi. Bunda
transport shlyuzi har xil turlardagi oqimlar va signalli xabarlarni
o‗zgartirishning barcha funksiyalarini bajaradi va kontrollerga butun
signalli ma‘lumotlarni uzatadi, kontroller uni qayta ishlash bilan
transport shlyuzining keyingi harakatini aniqlaydigan buyruqni beradi.
Transport shlyuzlarining ishlashini boshqarish uchun MGC
kontrollerlar, ham paketli tarmoqlardan, ham kanallar kommutatsiyasiga
asoslangan telefon tarmoqlaridan signalli ma‘lumotlarni olishi va qayta
ishlashi kerak. Paketli tarmoqlarda signalli ma‘lumotlar ko‗p hollarda
SIP protokoli bo‗yicha yoki N.323 tavsiyalari asosida o‗tkaziladi. Bu
protokollar IP-transport ustida ishlaydi, modomiki, MGC kontroller ham
transport shlyuzlari bilan o‗zaro bog‗lanishi uchun paketli tarmoqqa
(IP-tarmoq) chiqishga ega ekan, u holda MGC kontrollerda turli
standartlardagi signalli ma‘lumotlarni (masalan, SIP va N.323) olish
uchun mos interfeyslarga ega bo‗lish etarli bo‗ladi. SHu bilan bir vaqtda
telefon kanali signalizatsiyasi – umumiy kanalli (OKS № 7, PRI ISDN)
yoki ajratilgan signalar kanallari (ASK) bo‗yicha kanallarni
kommutatsiyalash muhitida o‗tkaziladi, ko‗plab MGC kontrollerlar esa
bu muhitga to‗g‗ri chiqishga ega emas, shuning uchun klassik telefon
signalizatsiyasini
etkazish
uchun
uni
paketli
IP-transportga
inkapsulyasiyalash zarur bo‗ladi.
Yuqorida ta‘kidlangan protokollardan tashqari, tez moslashuvchan
kommutatorlarda IP-tarmoq bo‗yicha OKS №7 signallarini uzatish
uchun BICC protokol va IP-tarmoq bo‗yicha DSS1 ISDN signallarini
uzatish uchun IPDC protokol ishlatiladi.
BICC (Bearer Independent Call Control) protokoli XEAI-T da
1999 yildan ishlab chiqilmoqda va ikkita OKS №7 tarmoqlarni paketli
kommutatsiya
tarmog‗i
orqali
ulanishi
uchun
ishlatilishiga
mo‗ljallangan. Bu protokolga mavjud OKS №7 signalizatsiya
protokollari to‗plamining yana bir nimtizim-foydalanuvchisi sifatida
qarash mumkin.
Aslida BICC protokoli bog‗lanishlarini boshqarish xabarlari
xabarlarni uzatish nimtizimi (MTR) orqali tashilishi mumkin. Unga
to‗liq yangi protokol sifatida qarash mumkin. BICC xabarlari boshqa
paketli tarmoqlar orqali ham tashilishi mumkin. Bu erda mazmun
quyidagicha: agar foydalanuvchilar ma‘lumotlari oqimlarini tashish
uchun boshqa paketli tarmoq yaratilsa, nima uchun ajratilgan
signalizatsiya paketli tarmog‗ini saqlash va xizmat ko‗rsatish kerak?
BICC protokolining bu multitransportli qobiliyatiga undan ISUPda
mavjud bo‗lgan protseduralarni tashishga kiradiganlarini olib tashlash va
ularni signalizatsiyani tashish konvertorida (signaling transport
converter) joylashtirish yo‗li bilan erishiladi. Bunda BICC protokoli
signalli ma‘lumotlarni uzatish usuliga bog‗liq bo‗lmay qoladi.
Qurilmalarni boshqarish uchun Internet-protokol (IPDC, Internet
Protocol for Device Control) shlyuzlarni boshqarish uchun va nutqni
uzatishda paketli tarmoqlar ichida transport oqimlarini tashkil etish
uchun turli IP-telefoniya qurilmalari ishlab chiqaruvchilari tomonidan
ishlatiladi. Bundan tashqari, IPDC protokol IP-tarmoq bo‗yicha
UFTT/ISDN signalli ma‘lumotlarni o‗tkazish uchun xizmat qiladi
(masalan, tez moslashuvchan kommutatorning ishlatilishlaridan birida
DSS1 xabar IPDC xabarga o‗zgartiriladi). IPDC protokoli ishlatilishi,
qurilgan tarmoq arxitekturasi N.248 tavsiyalar asosidagi tarmoqdagi
kabi shlyuzlar dekompozitsiyasi g‗oyasiga asoslanadi.
Yuqorida aytib o‗tilganlardan shu narsa ma‘lum bo‗ldiki, tez
moslashuvchan kommutator mutlaqo turli arxitekturaga ega bo‗lgan
signalizatsiya protokollari bilan ishlashni va 4.2-rasmda ko‗rinib
turganidek turli texnologiyalarga asoslangan transport shlyuzlari bilan
o‗zaro
bog‗lanishni
―bilishi‖
kerak.
Tez
moslashuvchan
kommutatorlardagi bu masalalarga bog‗liq bo‗lgan echim, masalan,
qurilmaning apparatlar qismi va dasturiy yadrosi orasida chaqiriqlarni
qayta ishlash va marshrutlashtirish funksiyalaridan o‗zaro bog‗lanish
funksiyalarini
maxsuslashtirilgan
protokollar
orqali
ajratishga
asoslanishi mumkin. Signalizatsiya va qurilmalarni boshqarish
protokollarining barcha xabarlari chaqiriqlarni qayta ishlash yagona
dasturiy modelida taqdim etish uchun qulay bo‗lgan yagona ko‗rinishga
keltiriladi.
Boshqarish funksiyalari va ma‘lumotlarni o‗tkazishda ajratilgan
arxitektura, o‗zaro bog‗langan vertikal ochiq protokollarning bo‗lishini
talab qiladi (4.2-rasm).
4.1-jadvalda
NGN
tarmog‗ini boshqarish arxitekturasidagi
protokollarning funksional vazifalari aks ettirilgan. Har bir protokolning
paydo bo‗lishida o‗z mantig‗i kuzatiladi. Masalan, multimediali
xizmatlarni ommaviy joriy etilishini ta‘minlash uchun Internet tarmog‗i
texnologiyalarini monand ishlatadigan protokol qo‗llanilishida sodda va
qator absolyut yangi ilovalar va xizmatlarni joriy etishga imkon berishi
talab
qilindi.
SIP-protokol
o‗zida
bu
funksiyalarni
ideal
mujassamlantirgan.
4.2-rasm. Boshqarish funksiyalari va ma‘lumotlarni o‗tkazishda
ajratilgan arxitektura
4.3-rasm. NGN tarmog‗ida protokollarning o‗zaro bog‗lanish sxemasi
4.1-jadval.
NGN tarmog‗i chaqiruvlarni boshqarish protokollarining
funksional vazifalari
Protokol
NGN
tarmog‗idagi
funksiya
Izoh
SIP
Aloqa seansini
o‗rnatish va
boshqarish
IP-tarmoqlar bo‗yicha ham tovushli, ham multimediali
chaqiruvlarni o‗rnatish uchun qo‗llaniladi. Internetda
qabul qilingan juda ko‗plab ishlangan mexanizmlarni
ishlatadi va N.248 protokoliga qaraganda soddaroq
hisoblanadi. Terminal qurilmasi SIP-agent dasturiy
ta‘minotiga ega. Intelektuallik tayanch tarmog‗idan
abonent qurilmalariga suriladi.
SIP-T
UFTT ISUP
signalizatsiyani
SIP-tarmoq orqali
uzatish
SIP-tarmog‗i bo‗yicha ISU xabarlarni ―ochiq‖uzatilishini
ta‘minlaydigan SIP protokolining maxsus turi. Haqiqatda
SIP-tarmoq bu holda signalizatsiya tranzit punkti
funksiyasini bajaradi. Standartlashtirish bo‗yicha ishlar
UFTT da qabul qilingan barcha funksionallikni ta‘minlash
uchun davom ettirilmoqda.
N.323
Aloqa seansini
o‗rnatish va
boshqarish
IP-tarmoq bo‗yicha tovushlarni uzatish tarmoqlarida eng
keng tarqalgan protokol. SIP protokoliga qaraganda qiyin
o‗lchamlashtiriladigan va kamroq istiqbolli hisoblanadi.
N.248/
Megaso
Paketli tarmoqda
ulanish
shlyuzlarini
boshqarish
Eng istiqbolli va ishlab chiqiladigan standart. Potensial
jihatdan
turli
qurilmalarning
moslashuvchanliklari
bo‗yicha ancha ko‗p imkoniyatlarni ta‘minlashi kerak.
MGCP
Paketli tarmoqda
ulanish
shlyuzlarini
boshqarish
Bu
protokoldan
foydalanishli
tarmoqlarning
mavjudligiga qaramasdan, uni rivojlantirish bo‗yicha
keyingi ishlar protokolning o‗ziga xos tufayli muammoli
ko‗rinadi.
BICC
Boshqarish
darajalari va
ma‘lumotlarni
o‗tkazish
ajratilgan
tarmoqlarda
chaqiruvlarni
boshqarish
Ishlatiladigan o‗tkazish tarmog‗ining turiga (IP, ATM)
bog‗liq bo‗lmagan bog‗lanishni o‗rnatish protokoli.
UfTT/IXKT (
SSIO)
to‗liq xizmatlar to‗plamini ishlatadi.
Nafaqat signalli protseduralar, balki tarmoq arxitekturasini
tavsiflaydigan standartlar komplektiga ega. Protokolning
asosiy g‗oyasi paketli tarmoqlar ishlatilganida klassik
telefoniyaning barcha qabul qilingan xizmatlarini to‗liq
ishlatilishini ta‘minlash hisoblanadi. 3GPP tomonidan 3G
mobil aloqa tarmoqlari uchun qabul qilingan.
SIG-
TRAN
IP-tarmoq
bo‗yicha
boshqarish va
signalizatsiya
protokollarini
uzatish
IP-tarmoq
bo‗yicha signalizatsiyaning ishonchli
uzatilishini ta‘minlash uchun IETF taklif etadigan
standartlar to‗plami.
Paketli tarmoqlarda butun qator klassik telefon xizmatlarini
ta‘minlashga
operatorlarning
intilishlari
ISUP
protokolining
evolyusiyasi sifatida BICC protokolining paydo bo‗lishiga olib keldi.
Tabiiyki, ajratilgan arxitekturaga o‗tishda protokolda shlyuzlar
elementlarini boshqarish zarurati vujudga keladi va asosiy yo‗nalish
N.248 protokolini takomillashtirish bo‗lib qoldi, u SIGTRAN IETF
(Megaco ishchi guruhi) va ITU-T larning birgalikdagi urinishlari orqali
yaratildi. SIGTRAN protokollari doirasidagi ishlar TCP/IP stekidan
foydalanilgandagiga
qaraganda
signalizatsiya
ma‘lumotlarini
ishonchliroq ta‘minlanishi uchun zarur bo‗lib qoldi.
Shunday qilib, qurilmalarning u yoki bu protokollarini qo‗llash
talab qilinadigan tarmoq funksionalligini ta‘minlash bilan to‗g‗ridan-
to‗g‗ri bog‗langan. Quyida NGN protokollari atroflicha yoritilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |