Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi toshkent axborot texnologiyalari



Download 4,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/121
Sana15.09.2021
Hajmi4,26 Mb.
#175102
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   121
Bog'liq
NGN ў ув ўлланма 2016

Boshqarish  pog‘onasi,  signalizatsiya  axborotini  ishlab  chiqish, 
chaqiriqlarni  marshrutlash  va  ma‘lumotlar  oqimini  boshqarish  kabi 
vazifalarni  bajaradi.  Bunda  dasturiy  kommutatorlar  (SoftSwitch)  sanab 
o‗tilgan funksiyalarni bajaradi. Tarmoqda bir nechta SoftSwitch bo‗lib, 
ular  bir-biri  bilan  SIP  (Session  Initiation  Protocol)  protokollar 
yordamida  o‗zaro  munosabatda  bo‗ladi  va  o‗rnatilgan  boshqarishni 
birgalikda boshqarishni ta‘minlaydi. 
 
 
1.3 - rasm. NGN tarmog‗ining boshqaruv tizimi 
 
Xizmatlarni  boshqarish  pog‘onasi,  xizmatlarni  boshqaruvchi 
mantiqiy  funksiyalarni  jamlaydi  va  quyidagilarni  ta‘minlovchi 
taqsimlangan hisoblash muhitini taqdim etadi:  
-  infokommunikatsion xizmatlarni taqdim qilish
-  xizmatlarni boshqarish
-  yangi xizmatlarni yaratish va joriy qilish


 
 
 
 
-    har  xil  turdagi  xizmatlarni  bog‗liqligi  ta‘minlash.  NGN 
tarmog‗ining boshqaruv tizimi 1.3-rasm keltirilgan 
NGN 
tarmog‗ining  asosiy  xususiyati  shundaki,  paketlarni 
marshrutlashtirish  va  uzatish  hamda  tarmoq  qurilmalari  (kanallar, 
marshrutizatorlar,  kommutatorlar,  shlyuzlar)  fizik  va  mantiqiy  jihatdan 
xizmatlar  va  chaqiruvlarni  boshqarish  qurilmasidan  alohida  ajratilgan 
bo‗ladi.Uni quyidagi rasmda (1.4-rasm) ifodalash mumkin. 
NGN  tarmog‗ining  bu  xususiyati  telekommunikatsiya  dunyosidagi 
boshqa tarmoqlarni, IP-tarmog‗ini, UFTT dan ajratib turadi.   
Barchamizga  ma‘lumki  hozirda  respublikamizda  NGN  tarmog‗ini 
qurish  ishlari  jadal  olib  borilmoqda.  Avtomatik  Telefon  Stansiyalarda 
(ATS)  HUAWEIkompaniyasining  C&CO8  kommutatsiya  tizimi 
o‗rnatilmoqda.  Bu  amalda  UFTT  dan  asta-sekinlik  bilan  NGN 
tarmog‗iga  o‗tishning  asosiy  omilidir.O‗tishning  birinchi  qadami 
yuqorida  e‘tirof  etganimizdek,  mavjud  tarmoqlarni  yagona  tarmoqqa 
birlashtirishdir. 
 
1.4-rasm. NGN tarmog‗ining mantiqiy ko‗rinishi 
 
 
Yangi 
tarmoq 
MPLS 
(Multi 
Protocol 
Label 
Switching) 
texnologiyalarining oxirgi yutuqlari bazasi asosida quriladi. 


 
 
 
 
Yangi  avlodning  (NGN)  aloqa  tarmog‗i,  tarmoqni  boshqarishning 
mustahkam imkoniyatlariga ega bo‗lgan, cheklanmagan xizmat turlarini, 
tarmoq  muommolarini  takommillashtirish  hisobiga  yangi  xizmatlarni 
amalga  oshirish,  shuningdek  tarqoq  kommutatsiyaga  ega  bo‗lgan  
universal transport tarmoqlarini qo‗llash imkoniyatlariga ega bo‗ladi. 
Arxitekturaning 
asosiy 
elementlari
Keyingi 
avlodning 
konsepsiyasiga  mos  holda  qurilgan  elektr  aloqa  tarmog‗ining 
arxitekturasi  1.5-rasmda  ko‗rsatilgan.  NGN  transport  tarmog‗ining 
tarkibiga  quyidagilar:  ko‗chirish  va  kommutatsiyalash  funksiyasini 
bajaruvchi    tranzit  uzellar,  multiservisli  tarmoqlarga  kirishni 
ta‘minlovchi 
yakunlovchi 
(chegara) 
uzellar, 
signalizatsiya 
ma‘lumotlarini  qayta  ishlash,  chaqiriqlarni  va  ulanishlarni  boshqarish 
funksiyalarini  bajaruvchi  signalizatsiya  kontrollerlari,  odatdagi  aloqa 
tarmoqlariga  (TfUF,  MUT,  SPS)  ulanishni  amalga  oshirish  imkonini 
beruvchi shlyuzlar kirishi mumkin. 
 
 
1.5- rasm.  Keyingi avlodning konsepsiyasiga mos holda qurilgan elektr 
aloqa tarmog‗ining arxitekturasi  
 
 


 
 
 
 
Bazaviy tarmoqlarning resurslariga kirish, mavjud tarmoqlar orqali 
aloqani  amalga  oshirish  yoki  kirish  tarmoqlari  qurilmalarini  chegara 
uzellari orqali ulash yordamida amalga oshadi. mavjud tarmoqlar orqali 
aloqani  amalga  oshirish  holatida  chegara  uzeli,  tarmoqlararo  shlyuz 
funksiyasini bajaradi.  
Kirish 
pog‗onasiga: 
shlyuzlar, 
(transport 
tarmoqlarining 
yakunlovchi uzellariga foydalanuvchining yakunlovchi (oxirgi) terminal 
qurilmalarini  ulashni  ta‘minlovchi)kirish  tarmog‗i,  abonentlarning 
yakunlovchi (oxirgi) qurilmalari kiradi. 
Kirish  tarmoqlarini  qurish  texnologiyalariga:  simsiz  (Wi-Fi, 
WiMAX)  texnologiyalari,  kabelli  televideniya  (DOCSIS,  DVB) 
tizimlari  asosidagi  texnologiyalar,  xDSL  texnologiyasi,  optik  tolali 
(passiv optik tarmoq (PON)) texnologiyalari kiradi.  
Kirish  pog‗onasi,  tarmoqqa  (xususiy  abonentlarni,  korxonalarni, 
mobil)foydalanuvchilarni  ulanishini  ta‘minlaydi.  Foydalaniladigan 
texnologiyalarga  bog‗liq  holda  (xDSL,  Ethernet,  PON,  Cable,  Wi-Fi, 
WiMAX),  DSLAMlar,  Ethernet  kommutatorlari,  Wi-Fi  kirish  nuqtasi, 
WiMAX bazaviy stansiyasi va boshqa qurilmalar tanlanadi. 
Abonentlarni  yuqori  sifatli  multimediali  xizmatlar  bilan  ta‘minlash 
uchun,    kirish  tarmoqlari  yuqori  tezlikli,  multiservisli,  intelektual, 
ishonchliligi yuqori bo‗lishi lozim. 
Agregatsiya  pog‗onasida,  kirish  pog‗onasidan    taqsimlovchi 
qurilmaga  tushuvchi  trafiklarni  yig‗ish  va  etkazish  amalga  oshadi.  
Agregatsiya 
pog‗onasi  Ethernet,  IP,  IP-MPLS  texnologiyalari 
qo‗llanilgan oblastlarda yoki shahar masshtabida keng tarqalgan tarmoq 
marshrutizatorlaridan iborat. 
Signalizatsiya  kontrollyorlari,  bir  nechta  kommutatsiyalash 
uzellariga  xizmat  ko‗rsatish  uchun  mo‗ljallangan  alohida  qurilmalarga 
ko‗chirilgan bo‗lishi mumkin. Umumiy kontrollyorlarni qo‗llash, ularni 
xuddi  tarmoq  bo‗ylab  taqsimlangan  yagona  kommutatsiyalash  tizimi 
kabi qarash imkonini beradi. Bunday echim, nafaqat ulanishni o‗rnatish 
algoritmini 
soddalashtirish, 
balki 
operatorlar 
va 
xizmatlarni 
ta‘minlovchilar  uchun  ancha  tejamli  hamdir.  Chunki,  katta  sig‗imli 
qimmatbaho  kommutatsiyalash  tizimlarini,  uncha  katta  bo‗lmagan, 
moslashuvchan va xattoki mayda xizmatlarni ta‘minlovchilar uchun ham 
qulay bo‗lgan qurilmalarga almashlash imkonini beradi.    

Download 4,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish