2.Tasvirlarni
saqlash
usullarining
turkumlanishi.
TSIBTE
tizimlarini
rivojlantirish jarayonida tasvirlarni turli ko’rinishida saqlash, buni amalga oshirish
uchun ma’lumotlarning turlicha tarkibiy tuzilishilariga turli yondoshish va
g’oyaviy yo’nalishlar ishlab chiqilgan. 8.1- chizmada tasavirlarni saqlashning
asosiy uslublari keltirilgan. Bunda har bir saqlash uslubi uchun o’ziga mos
ma’lumot tarkibiy tuzilishlari guruhi to’g’ri keladi.
Siniflarga ajratishda uslublarning tasvirlarni saqlash joylashtirish
tartibiga qarabmi, tarkibiy tuzilishiga qarabmi yoki aralashmi ekanligiga
qaraladi.
Joylashtirish tartibiga qarab saqlash uslublarida tasvir yuzasi tasvir kichkina
kataklarga (ko’rilayotgan xol uun bo’linmas eng kichik birlik xisoblanadigan)
bo’linib , har bir katak yorug’digiga proportsional sonni sonli tasvirning shu
katakka mos elementga junatiladi. Saqlanuvchi elementlarning o’z aro
munosabatiga ko’ra bu sinf o’z navbatida matretsa ko’rinishida saqlash, peramida
va kvadratlar daraxta uslublariga bo’linadi: Bu sinf asosan ko’p qiymatli oq qora
tasvirlarni saqlashda ishlatiladi, asosiy kamchiligi – katta hajmli xotira talab etadi.
Tarkibiy tuzulishiga qarab murakkab tasvirlarni xususiyatlari, ementlari xamda
ularning o’z aro munosabatlarini tariflashga asoslangan. Bo’nday yondoshish
zarur xotira hajmi va bazi amallarni bajarishga ketadigan vaqtni qisqartirish
imkonini beradi. Tarkibiy tuzilishi bo’yicha tasvirni saqlash ularning ob’ektlar
to’plamidan, ob’ektlarning bazi asosiy elementlar to’plamidan, asosiy
elementlarning sodda grafik qisimlari va ularning joylashish tartibotlarini
aniqlovchi o’z aro munosabatlaridan tashkil topganligi haqidagi farazga
asosolangan. Bu sinf uslublarini ob’ektlar ularning o’z aro munosabatlari bo’yicha
hamda aloxida ob’ekt shaklini tariflash bo’yicha saqlashga bo’lish mumkin (
albatta shartli, chunki bazan ob’ekt sifatida birgina sodda grafik qism kelishi
mumkin ) tasvirlarning xozirgina sanab o’tilgan bo’laklari xar gal xar xil tanlanishi
mumkin. Umumiy xolda ob’ekt deb sodda (grafik) qisimlar va elementlar to’plami
bilan uning topologiyasini aniqlovchi xususiyatlsrining to’plami birlashmasiga
aytiladi.
Bu uslublar qo’ydagi ustunliklarga ega
1. tuliq tasvir o’rniga uning tarifini saqlab katta gina hajimdagi xotirani
tejab qoladi;
2. ishlov berish va tahlil etish vaqtini anchagina qisqartiradi, chunki
ko’pgina masalalarda tasvir komponentlari orasidagi tarkibiy tuzilish
munosabatlari ishlatiladi. Bu usulda saqlash uchun ko’p xotira talab
etilmasligidan foydalanib, bitta tasvirning birnecha xil tarkibiy
tuzilishi tariflarini saqlash va xar bir amaliy masalada kerakli
tariflardan foydalanish mumkin, bu ko’p maqsadli TSIBTE tizimlarini
ishlayu chiqishda yordam beradi ;
3. ko’pqiymatli tasvir va uning tarkibiy tuzilish taьriflarini turli
saqlovchilarda saqlash va shu yul bilan o’zaro mustaqil ma’lumotlar
majmualari nazorati tizimlarini rejalashtirish imkonini beradi.
4. TSIBTE tizimining moslanuvchanligini ko’p qiymatli tasvir va uning
tarkibiy tuzilishi ta’riflari orasida mantiqiy bog’lanishlar qurish yo’li
bilan oshiriladi.
Sanab utilgan ustunliklar tarkibiy tuzulish tariflarini saqlash uslublaring
TSIBTE tmzimlarida anchagina keng qo’lanishiga sabab bo’ldi.
Va nihoyat ko’rib o’tilgan ikki sinfning xam uslublaridan foydalanadigan
aralash uslublar sinfi mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |