Masalalarni echish bosqichlari
Kompyuterda masalani echish bosqichlari quyidagilar:
1.Masalani qo‘yish va uning matematik modelini ishlab chiqish. Ushbu
bosqichda boshlang‘ich malumotlar tarkibi aniqlanadi. Masalani qo‘yish odatda
echiladigan masalaning asosiy xususiyatlarini og‘zaki tavsiflash bilan tugallanadi va
so‘ngra, masala matematik modeli yoziladi.
2.Echish usulini tanlash. Masala matematik ifodalanib bo‘lgandan so‘ng uni
echish usuli tanlanadi. Bunda izlanayotgan natijalarning boshlang‘ich ma’lumotlarga
bog‘liqligini aniqlaydi. Hozirgi zamon hisoblash matematikasi fan va texnikaga oid
turli masalalarni echish uchun ko‘plab sonli usullarga ega.
3.Masalani echish algoritmini ishlab chiqish. Bu bosqichda kompьyuterda
masalani echish uchun bajariladigan amallar (buyruqlar) ketma-ketligi tavsiflanadi.
Biz buni algoritmlash deb ataymiz.
4.Dasturlash. Bunda algoritm biror algoritmik tilga ko‘chiriladi.
5.Dasturni kiritish va xatolarini tuzatish.
6.Masalani bevosita kompьyuterda echish va natijalarni tahlil qilish. Bunda
dasturda kerakli boshlang‘ich qiymatlar berilib kompьyuterda natija olinadi va tahlil
qilinadi. Bu bosqichda agar kerak bo‘lsa algoritm va dastur modernizatsiya qilinishi
ham mumkin. YAngi olingan ma’lumotlar asosida kerakli xulosalar ishlab chiqiladi.
Bu ma’lumotlar qo‘yilgan masalani turlicha tahlil qilishga, murakkab jarayonlarni
tushunishga, olamshumul yangiliklarning ochilishiga, yangi nazariyalarning, texnika
mo‘‘jizalarining yaratilishiga xizmat qiladi. Umuman olganda «Model-algoritm-
dastur» uchligi modellashtirishning intelektual mag‘zini tashkil etadi, bunday
uchliksiz kompyuterda murakkab masalalarni echishda muvaffaqiyatga erishib
bo‘lmaydi.
Hоzirgi kunda Respublikamizdagi oliy o’quv yrtlarida «Informatika va ахborot
texnologiyalari» yo’nalishi talabalariga o’quv rejasiga ko’ra turli хil dasturlash
tillarini o’rgatish mo’ljallangan. Ular оrasida С++ tili o’zining imkoniyatlari va
qo’llanilashi ko’lamiga qarab yuqori o’rinlarda turadi. C++ 1980 yillar boshida
Bjarne Stroustrup tomonidan C ga asoslangan tarzda tuzildi. C++ juda ko'p
qo'shimchalarni o'z ichiga olgan, lekin eng asosiysi u ob'ektlar bilan dasturlashga
imkon beradi.“C++ dasturlash tilini” o’qitishdan maqsad axborotni shakllantirish,
saqlash, qayta ishlash, uzatishning asosiy printsiplarini o’rganish. Zamonaviy
informatsion fikrlash va ilmiy dunyoqarashni shakllantirish. Turli texnik bilimlarga
oid masalalarni shaxsiy kompyuter yordamida hal etish yo’llari va usullarini
o’rgatishdan iborat. zamonaviy umumta’lim fanlarining, xususan «C++ da
dasturlash» tilini ko’p jihatlarini hisobga oluvchi modulli printsipi yangi modul
elementlarini yoki modulning ichki strukturaviy o’zgarishini ularning mantiqiy
butunligi saqlangan holda yangilash imkoniyatini beradi.«C++ da dasturlash» tili fani
bo’yicha ta’lim berish jarayonida yangi pedagogik texnologiyalar va o’qitishning
zamonaviy vositalaridan foydalaniladi. Fanni o’qitish semestrlari va uslubiy
ko’rsatmalar. « C++ da dasturlash » fani 3 semestr davomida o’qitiladi.
Rivojlangan bir qator mamlakatlarda muvaffaqiyat bilan qo’llanib kеlayotgan
ilg’or pеdagogik tеxnologiyalarni o’rganib, xalqimizning milliy pеdagogika
an'analaridan hamda ta'lim sohasining shu kundagi holatidan kеlib chiqqan holda
rеspublikamizning milliy pеdagogik tеxnologiyasini yaratish bugungi kunning
talabidir. Hozirgi vaqtda ta'limni axborotlashtirishda asosiy yo’nalish turli o’quv
fanlari bo’yicha pеdagogik dastur vositalarini yaratishdan iborat bo’lib qoldi. Biroq
mavjud va ishlab chiqilayotgan kompyutеr tеxnikasi bazasidagi pеdagogik dastur
vositalari o’qitish nuqtai nazaridan ta'lim sifatida muhim siljishlarga olib kеlishi
mumkin. Buning sabablaridan biri kompyutеr tеxnologiyalarini an'anaviy tashkil
etilgan o’qitish jarayoniga joriy etila boshlanganligida bo’lib, o’z mazmuni va mеtodi
bo’yicha bu tеxnologiya aniq maqsadga yo’naltirilgan. Active tutor dasturini
o’qitishda innovatsion pеdagogik tеxnologiyalarni qo’llash orqali uzluksiz ta'lim
samaradorligini oshirishga alohida e'tibor bеrilayapti. Pеdagogik tеxnologiyalar –
ta'lim bеrish va zamonaviy axborot tеxnologiyalarini qo’llash yordamida
talabalarning shaxsiy sifatlarini rivojlantirish va takomillashtirish imkoniyatini
bеruvchi o’quv vositalari bo’lib, u o’ziga xos didaktik va uslubiy asosga ega. Active
tutor dasturidan foydalangan holda videoma’ruzalarda fanlarning o’qitilish sifati va
samaradorligini oshirish maqsadida, pеdagogik tеxnologiyalarni zamonaviy axborot
tеxnologiyalar imkoniyatlari asosida uch turdagi o’quv mashg’ulotlariga, ya'ni
ma'ruza, amaliy va mustaqil ta'lim mashg’ulotlarining o’ziga xos xususiyatlarini
hisobga olgan holda komplеks holda qo’llash tavsiya etiladi. C++da dasturlash
fanlardan o’rganilayotgan matеriallarning o’quv soatlari miqdori hisobga olingan
holda mavzu bloklariga ajratiladi, har bir ma'ruza mavzu blokiga 2-8 o’quv soati
oralig’ida vaqt ajratiladi hamda ushbu mavzu blokiga mos amaliy va mustaqil ta'lim
mashg’ulotlari mazmuni va hajmi bеlgilanad i. Bu usulda har bir mavzuni
o’rganishdagi ichki izchillik va uzviylik to’la saqlanadi va talabalarda mavzuga oid
malaka va ko’nikmalarni to’laroq va maqsadliroq 19 shakllantirish imkoniyati
kuchayadi. Innovatsiya tеxnologiyalari o’qitish jarayonida yuqori malakali,
raqobatbardosh o’qituvchi kadrlar tayyorlash, ularning kasbiy omilkorliklarini
shakllantirish, mеtodik mahoratini ko’tarish, o’qituvchipеdagoglarni zamonaviy
pеdagogik tеxnologiyalar bilan qurollantirish omili bo’lib qolmoqda. Hozirgi kunda
pedagogik adabiyotlar, ta'lim muammolariga oid ma'ruzalar, rasmiy hujjatlarda
«Yangi pedagogik texnologiya», «Ilg’or pedagogik texnologiya», «Progressiv
pedagogik texnologiya», «Zamonaviy ta'lim texnologiyasi» iboralari keng
qo’llanilmoqda. Respublikamizning pedagogik olim va amaliyotchilari ilmiy
asoslangan, hamda O’zbekistonning ijtimoiy—pedagogik sharoitiga moslashgan
ta'lim texnologiyalarini yaratish va ularni ta'lim—tarbiya amaliyotida qo’llashga
intilmoqdalar. Chunki: birinchidan, ma'lum sabablarga ko’ra inson hamjamiyati
taraqqiyotidan ortda qolib ketmasligi jamiyatimiz, taraqqiy etgan mamlakatlar
qatoridan o’rin olishi uchun, aholi ta'limini jadallashtirish va samaradorligini oshirish
maqsadida eng ilg’or pedagogik tadbirlardan foydalanishining zarurligi; ikkinchidan,
an'anaviy o’qitish tizimi, yozma va og’zaki so’zlarga tayanib ish ko’rishi tufayli
«axborotli o’qitish» sifatida tavsiflanib, o’qituvchi faoliyati birgina o’quv
jarayonining tashkilotchisi safatida emas, balki nufuzli bilimlar manbaiga aylanib
qolganligi; uchinchidan, fan—texnika taraqqiyotiing o'ta rivojlanganligi natijasida
axborotlarning keskin ko'payib borayotganligi va ularni yoshlarga bildirish uchun
vaqtning chegaralanganligi to’rtinchidan, kishilik jamiyati o'z taraqqiyotining shu
kundagi bosqichida nazariy va empirik bilimlarga asoslangan tafakkurdan tobora
foydali natijaga ega bo'lgan, aniq yakunga asoslangan texnik tafakkurga o'tib
borayotganligi; beshinchidan, yoshlarni hayotga mukammal tayyorlash talabi ularga
eng ilg’or bilim berish usuli hisoblangan ob'ektiv borliqqa tizimli yondoshuv
tamoyilidan foydalanishni talab qilishidadir.
Pedagogika fani va amaliyotida, «pedagogik texnologiya», «ta'lim
texnologiyasi», «o’qitish texnologiyasi» kabi atamalardan keng foydalanilmoqda.
Shu bilan birga, ularni tushunish paytida alohida farqlar mavjud. «Texnologiya»—
yunoncha ikki so’zdan—«texnos» (techne)—mahorat, san'at va «logos» (1ogos)—fan
ta'limot so’zlaridan tashkil topgan. Bu ifoda, zamonaviy texnologiya jarayonini to’liq
tafsiflab berolmaydi. Mustaqil shaxsni shakllantirish, uni jamiyat va davlat
manfaatlari yo’lida ijtimoiy-foydali mеhnatga layoqatli kadr darajasigacha
tarbiyalash-ko’p qirrali va murakkab jarayondir. Bu borada yurtboshimiz
I.A.Karimovning quyidagi iborasini esga olish o’rinlidir: “-Kadrlar tayyorlash uzoq
davom etadigan jarayon bo’lib, u har birimizdan astoydil, bеtinim va mashaqqatli
mеhnatni talab etadi.” Darhaqiqat, bir tomondan, barcha davlat tuzilmalari hamda
ijtimoiy tashkilotlar, va ayniqsa, ta'lim tizimi mutasaddilarining zimmasiga bu masala
yuksak mas'uliyat yuklaydi. Bunda ta'lim tizimini takomillashtirish va uning
mazmunini chuqurlashtirish hamda ko’pgina tashkiliytarbiyaviy ishlar nazarda
tutiladi. Ikkinchi tomondan esa, bеvosita ushbu masalani amalga oshirishga burchli
bo’lgan tеxnik kadrlar zaxirasini shakllantirish va ularni zamon talablari bilan
hamnafas tarzda kasbiy faoliyat yuritishga tayyorlash davlat va jamiyat zimmasidagi
ulkan ijtimoiy vazifadir. Kadrlar tayyorlash bilan bog’liq joriy va istiqboldagi
vazifalar quyidagilardan iborat: birinchidan, erkin tafakkur qila oladigan shaxsni,
mustaqillik va dеmokratiya g’oyalariga sodiq bo’lgan ongli fuqaroni, o’z Vatanining
jonkuyari sifatida ijtimoiysiyosiy hayotga ongli ishtirok etishga, video dasturlarda
videma’ruzalar yarata olishi olgan bilimlari, ko’nikma va malakalaridan faol ta'sir
ko’rsatishga, mamlakat taqdiri uchun zimmasiga mas'uliyat ola bilish talabani kamol
toptirish uchun shart-sharoitlar yaratish; Ikkinchidan, mamlakatning ishlab chiqarish
va ijtimoiy-siyosiy hayotiga, tub ma'nodagi fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat
qurish ishiga dеmokratiya asoslarini joriy etish jarayonlarini jadallashtirish, mantiqiy
fikrlash, fazoviy tasavvur hamda tafakkur va bahslashish madaniyatini rivojlantirish,
talabaning ichki dunyosini boyitish, binobarin, yangicha ijtimoiy qadriyatlar va
munosabatlarni 21 shakllantirishdir. Boshqacha aytganda, yosh avlodda yangicha ong
shakllanishi uchun barcha shart-sharoit yaratilmog’i kеrak; Uchinchidan, talabalar
fanlarini chuqur o’zlashtirib еtuk mutaxassis bo’lishlari uchun bu bilimlar ularga
hayotiy zarurat ekanligiga ishonch hosil qilish uchun aniq maqsadga yo’naltirilgan
chora-tadbirlar tizimini ro’yobga chiqarish lozim. Pedagogik tеxnologiya - tayyor
maxsulot olish uchun ishlab chiqarish jarayonlarida qo’llanadigan usul va mеtodlar
majmui bo’lib, shunday usul va mеtodlarni ishlab chiquvchi va takomillashtiruvchi
fan sifatida ta'riflanadi. Pedagogik tеxnologiyaning o’ziga xos xususiyati shundan
iboratki, unda o’quv maqsadlariga erishishni kafolatlaydigan o’quv jarayoni
loyihalashtiriladi va amalga oshiriladi. Pedagogik tеxnologik yondashuv, eng avvalo,
tasvirlash emas, balki loyihalashtirilgan natijalarni amalga oshirish imkonini bеruvchi
amaliy ko’rsatmali tuzilmada o’z ifodasini topadi. Pedagogik tеxnologik yondashuv
o’quv jarayonini o’zaro uzviy bog’liq etaplar va amallarga ajratishni va bo’lishni;
ta'limdan ko’zlangan natijaga erishish uchun bajariladigan harakatlarni
muvofiqlashtirish, bosqichma-bosqich amalga oshirishni; loyihalashtirilgan ish va
amallarning barchasini bir xil tarzda bajarishni nazarda tutadi. Qayta takrorlanish
xususiyati tufayli ushbu tizim modul shakliga ega bo’lib, mazmunlar bilan
to’ldirilgan va umumiy tarkibga bog’langan birliklar, ya'ni ta'limning umumiy
maqsadi va mazmuni, o’quv maqsadi, o’qitish va baholash jamlamalaridan tashkil
topadi. Amalda bu pеdagogning qayta-qayta takrorlanuvchan harakatining algoritmi
hisoblanadi. Ushbu algoritmning yangi va yangi bo’limlarda qo’llanishi o’quv
jarayoni ko’lamini qamrab oladi.
C++da dasturlash tilini o’qitishda multimedia vositalarini o’qitish jarayonida
qo’llash o’qitish sifatini va samaradorligini oshirishning eng qulay usullaridan biri
hisoblanadi. Multimedia vositalari yordamida olib boriladigan multimediali ma’ruza
vositalaridan foydalanib dars o’qitish talabaning darsga bo’lgan qiziqishini, bilim
olish saviyasini oshiradi. Multimedia vositalari o’quvchiga individual yondashish
imkonini beradi. O’qituchining bevosita ishtirokisiz ham o’quvchi C++da dasturlash
tilidan o’tkazilgan multimediali ma’ruza orqali o’zlashtirish mumkin. Multimedia –
bu informatikaning dasturiy va texnikaviy vositalariyordamida axborotning an’anaviy
va original turlari asosida o’quv materiallarini o’quvchilarga etkazib berishning
mujassamlashgan holdagi ko’rinishidir. Multimedia – «ko’p muhitli» degan ma’noni
bildiradi. U axborotning turli ko’rinishlari – matn, jadval, grafik, nutq, animatsiya
(multiplikatsiya), videotasvir, musiqa axborotlarini yig’ish, saqlash, qayta ishlash va
uzatish vazifalarini bajaradi. Multimedia «inson–kompyuter» interfaol ma’lumotining
yangi takomillashgan pog’onasi bo’lib, unda foydalanuvchi juda keng va har
tomonlama axborot oladi. Ta’lim jarayonida C++da dasturlash tilida multimedia
vositalarini qo’llash pedagogik va psixologik nuqtai nazardan katta ahamiyatga ega.
Bunda beriladigan materiallar chuqurroq o’zlashtiriladi, vaqt tejash imkoniyatiga
erishiladi, olingan bilimlar kishi xotirasida uzoq vaqt saqlanadi. C++da dasturlash
tilini multimediali ma’ruza vositalaridan foydalanishimizdan oldin quydagi texnik
vositalar kerak bo’ladi: Active tutor playr, Active tutor Recorder, va ulead video
studio dasturlarini o’rnatishimiz zarur bo’ladi va bunga qo’shimcha ravishda quydagi
multimedia vositalarni ham kiritishimiz mumkin kompyuter, lazer disklarini
o’qiydigan CDROM qurilmasi, SV-ovoz xaritasi, AS-faol kolonka, CD-kompakt
disk. 24 Ta’lim tizimida kompyuter texnologiyalaridan foydalanishning quyidagi
usullari mavjud [2]: - Multimedia darsligi; - Multimedia dasturiy vositalardan
foydalanib video ma’ruzali darslar o’tkazish; - Bilim va ko’nikmalarni
mustahkamlash bo’yicha topshiriqlar to’plami keltirilgan metodik tavsiyalar; -
multimediali videoma’ruzalarda o’rganilayotgan mavzular bo’yicha nazariy bilimlar
talabalar tomonidan qay darajada o’zlashtirilayotganligini tekshirishga mo’ljallangan
C++da dasturlashda test dasturlari bo’yicha topshiriqlar; - Elektron virtual
kutubxona; - Multimediali ma’ruzalarda har bir talaba uchun amaliy topshiriqlarni
tayyorlash va talabalarni o’zlashtirishini nazorat qilish dasturi; - Active tutor
dasturidan foydalanib multimediali ma’ruzalarni masofadan o’qitish tizimi; - Internet
tarmog’iga ulangan multimedia kompyuterlari; - Printer; -Kompyuterga ulangan
proektor. C++da dasturlash tilida multimedia o’quv materiallarini ishlab chiqishda
Respublikamizda ma’lum ishlar qilinmoqda. Bunga etakchi mutaxassislar jalb
qilingan va o’quv materiallari ta’lim yo’nalishlari bo’yicha yaratilmoqda. Hozirgi
kunda Respublika ixtisoslashgan o’quv-ishlab chiqarish Markazi «O’zbek
o’quvavtomatika» video-kompyuterli multimedia kompleksini ishlab chiqarmoqda.
Bu zamonaviy dastur mahsulotlarini yaratishdaki yangi texnalogiyadir. Active
tutor dasturi yordamida multimediali videoma’ruza yaratar ekanmiz bu dasturda
ishlash bizga va talabalarga juda katta imkoniyatlarni yaratib beradi. Biz bu dasturda
multimedia yaratish texnalogiyasidan foydalangan xolda “C++ dasturlash fanidan”
multimediali dars yaratish orqali talabalar bilimini yahshilanib borishini taminlab
beramiz. Ma'lumki talabalarning ma'ruzani eshitish orqali-5%, ma’ruzani mustaqil
o’qish orqali esa-10%, ko’rkazma va avdioma’ruzalardan foydalanish-20%
avdiovizual malumotlardan foydalanilsa-30-40%, talabalar ishini baholash-50%,
multimediali texnalogiyalardan foydalanish-80-85%, prizintatsiya, multimedia,
ovozli animatsiya va video ma’ruzalardan foydalanish-90% ga yaqini talabani
o'zlashtirishini taminlaydi. Shunday ekan biz Active Tutor dasturidan foydalangan
holda multimediali videoma’ruza yaratish texnalogiyasidan foydalanib talabalarga
multimediali harakatlarda darsliklar ishlab chiqarilsa talabalar ko’rish va eshitish
imkiniga ega bo’lishadi va talabalar ma’lumotlarni eslab qolishadi. Tajribalar shuni
ko'rsatadiki, bir vaqtning o'zida ham ma'ruzani eshitish, ham materialni kompyuter
ekranida ko'rish va uni ekranda chiqarishni aktiv boshqarish o'zlashtirish sifatini
oshiradi. Talabalrning multimediali dasturda ishlashga ham qiziqishi ortib boradi.
Multimediaga mansub texnik vositalarga mos ma'lumotni, masalan, tovush va
videoelementlarni, taqlidli, uzluksiz shakldan komp'yuter tushunadigan raqamli
shaklda o'tkazadi. Shu bilan birga, saqlangan va qayta ishlangan mos ma'lumotni
inson adekvat qabul qila olishi uchun mul'timedia qiziqtirayotgan raqamlardan zarur
obrazlar, masalan, tovush va videoelementlar yaratadi. [1] Mul'timedia-
komp'yuterning zaruriy elementi, tovushni qayta ishlovchi tovush platasidir. Tovush
platasiga tovush chiqarish vositasi, akustik tizimlar yoki yakka tinglagichlar, hamda
audio ma'lumotlarni kiritish uchun xizmat qiladigan mikrofonlar ulanadi va
multimedia texnalogiyalari dasturi asosida ishlaydi. Tovush platasiga, shuningdek,
magnitofon, elektr musiqa asboblari kabi audio komplektlar 27 ham ulanishi
mumkin. Video bilan to’laqonli ishlash uchun multimediali video ma’lumotni
komp’yuterga mos shaklga va asliga qaytaruvchi moslama video karta zarur. Unga
videokamera, videomagnitofon va televizor kabi moslamalar ulanishi mumkin.
Aksariat foydalanuvchilar uchun video elementlarni monitorda ifodalay olish etarli
bo’ladi. Shunday masalani hal etish uchun har qanday zamonaviy komp’yuterda
mavjud bo’lgan videoadabter va monitor etarlidir. Active Tutor dasturi imkoniyatlari
va uning texnalogiyalari Dastur nomi ingliz tilidan tarjima qilingan bo’lib ”Active”-
faol, serharakat, ishchan, ”Tutor”-shaxsiy o’qituvchi, o’quv yurtining kichik
o’qituvchisi “faol o’qituvchi” degan ma’noni anglatadi. Bu dasturiy ta’minot web-
sahifalarga joylashtirish mumkin bo’lgan, o’quv auditoriyalariga mo’ljallangan
multimediali darsliklar, qo’llanmalar, multimediali darslar yaratish imkonini beradi.
Active Tutor dasturidan foydalanish juda qulay va dastur imkoniyatlari ko’p. Active
tutor dastur ikki qismdan iborat bo’lib bular: - Active Tutor Recorder – video
ma’ruzalarni, multimediali texnalogiya darslarni yaratish imkoninin beradi. - Active
Tutor Player – Active Tutor Recorder dasturida yaratilgan *.arf kengaytmali
fayllarni, Active Tutor 2.7 dasturida tayyorlangan *.atl, *.apk, *.apx kengaytmali
fayllarni, video ma’ruzalarni, multimediali darslarni ko’rish uchun qo’llaniladi.
Multimedia texnalogiyalari dastur o’quv materiallarini maksimal o’rgatishga,
o’qituvchi ishini avtomatlashtirishga qaratilgan bo’lib, o’qituvchi va talabaga
quyidagi imkoniyatlarni beradi: – O’qituvhi materiallarni tayyorlash vaqtini tejaydi,
qiziqarli dars yaratish uchun darsga tayyorgarlik ko’rib, materiallarni puxta o’rganib
chiqadi; – Talabalar virtual darsni diqqat bilan tinglaydilar, ular multimedia
texnalogiyalari elementlarini, ko’rgazmali misollar orqali mavzuni chuqur
o’rganadilar, agar o’quvchilarda darsni ayrim bo’limlarini tushuna olmasa qaytaqayta
ko’rish, tinglash imkoniyati mavjud bo’ladi. 28 Active Tutor multimedia
texnalogiyalari dasturi o'qituvchi va talaba uchun juda qulay, dastur o’qituvchiga
multimediali dars texnalogiyalarini tez yaratish imkonini beradi, multimediali
darslardan o’quv jarayonida foydalanish talabalarda fanga qiziqishni yanada orttiradi.
Active Tutor dasturi yordamida turli multimediali dars texnalogiyalari, taqdimotlar,
o’rgatuvchi Video ma’ruzalar, video ma’ruzalar tayyorlash va bu maxsulotlarni dars
jarayonida qo’llash foydadan holi bo’lmaydi. Chunki ta’lim jarayonida yaratilgan
imkoniyatlardan o’z o’rnida foydalanishni yaxshi bilgan o’qituvchi, pedagog va
talabalarimiz kam vaqt sarflab ko’p va kuchli bilim darajaga ega bo’lish sirlarini
yaxshi biladilar. Talabalar multimedia texnalogiyalarida dars yaratishdan oldin
Active tutor dasturida dasturini ifodalavchi tugmalarni har biri qanday ishni
bajarishini o’rganib olishimiz zarur: Menyu qatorida. File (Файл-Fayl) menyusi
bo’limi: New (Yangi) -bu faylda Ctrl+N yoki menyu qatoridagi buyruq orqali yangi
fayl yaratish imkoniyatini beradi. Open (Ochish) -ochish faylida oldindan yaratilgan
*.arf, *.atp, *.atk, *.ppt, *.gdb. – kengaytmali fayllarni ochish imkonini beradi. Yaniy
klaviatura orqali Ctrl+O kiritiladi. Save As… . Fayllarni saqlash Ctrl+S. Open a
Media file.- Media fayllarni loyihada ochish *.wma yoki video format *.wmv ni
qo’yish uchun qo’llaniladi. Lecture Settings.- Virtual ma’ruza parametrlarini
o’rnatish uchun foydalaniladi. Create SCORM file (Yangi fayl yaratish SCORM).–
Masofaviy ta’lim uchun Internetga publikatsiyalarni joylashtirish. Print (chop qilish)-
Loyiha sahifalarini printer orqali chop qilish Ctrl+P. Exit (chiqish)- Dasturdan
chiqish Alt+X. Edit(Tuzatish-Tahrirlash) menyusi punktlari: Undo (Ctrl+Z)- Oxirgi
harakatlarni inkor qilish. 29 Redo (Ctr+Y)- Oxirgi harakatlarnini inkor qilish. Cut
(Ctrl+X) - Kesib olish. Copy (Ctrl+C) - Nusxa ko’cchirib olmoq. Paste (Ctrl+V) -
Qo’yish. Clear (Del) - O’chirish. Duplicate properties- (parametrlarning nusxasini
olish). Bitta ob’ektni rangi, chiziq qalinligining parametrlarini boshqasiga nusxasini
olish. Select All- (barchasini belgilab olish). Bitta sahifadagi hamma ob’ektlarni tez
belgilab olish Ctrl+A. Deselect All- (belgilashni inkor qilish). Ctrl+Shift+I. Select a
Next Event- (keyingi elementni ajratib olish). Tab klavishasidan foydalangan holda.
Alignment -Tekislash. Set Mode -tahrirlash holati. Insert (Qo’yish ) menyusi
bo’limlari: Basic Event – oddiy voqealar. Asboblar panelida joylashgan asboblarni
o’z ichiga oladi. Media Event (media voqealari) - Windows Media va Macromedia
Flash media fayllarini sahifaga qo’yish uchun foydalaniladi. Page (Sahifa)-bu
menyuda bo’sh sahifani loyihaga qo’yish uchun ishlatiladi. Lecture -Ma’ruza
menyusi bo’limlari: Record -yozuv. O’zi ikkita bo’limdan iborat. Bular quyidagilar: -
audioni yozish va tahrirlash, -mediani yozish va tahrirlash. Play- (ishlatish), Pause -
(Pauza), Stop- (to’xtatish). Page (sahifa) menyusi quyidagi bo’limlardan iborat
bo’ladi: Add -yangi sahifa qo’shish. Move -joylashtirish. 30 Delete -joriy sahifani
o’chirib tashlash. Rename -qayta nomlash. Size -sahifa o’lchamlari. Background -
sahifa foni *.jpg va *.bmp. - formatlari qo’llaniladi. View (ko’rinish) menyusi
bo’limlari: Full Screen -to’liq ekran holati Ctrl+F. Toolbar -asboblar paneli. Time
Line–vaqt shkalasi Ctrl+T tugmachasini bosish orqali ishga tushiriladi. Bunda Ctri+T
ma’ruzani tahrirlash mumkin. Event List-hodisalar ro’yhxatini kiritish Ctrl+E. Video-
(Video).Ctrl+W, bu menyuda video faylni ko’rish uchun ishga tushiradi.
Ruler -chizg’ich. Ctrl+R foydalaniladi. Status Bar– bunda holatlar qatori. Event
Number -hodisalar raqami. Tool (Asboblar) menyusi buyruqlarida ishlash: Capture-
videoga olish. Bunda ekrandagi tasvirlar videoga olinadi, shuningdek mikrofondan
audio faylga ham olish imkonini berishi mumkin. Convert Audio-audio faylni boshqa
kengaytmaga o'tkazish. Mikrofondan yozib olingan *.wav kengaytmali faylni Active
tutor Recorder dasturini *.adt kengaytmali faylga o’tkazilishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |