Kesh iyerarxiyasi,
yoki
ko'p darajali keshlar
, xotira arxitekturasiga ishora
qiladi, bu ma'lumotni keshlash uchun turli xil kirish tezligiga asoslangan xotira
do'konlari iyerarxiyasidan foydalanadi. Juda tez-tez so'raladigan ma'lumotlar
tezkor kirish imkoniyatiga ega bo'lgan tezkor xotira do'konlarida
keshlanadi markaziy protsessor (Protsessor) yadrolari.
Kesh iyerarxiyasi - bu shakl va uning bir qismi xotira iyerarxiyasi va shakli deb
hisoblash mumkin darajali saqlash.Ushbu dizayn protsessor yadrolariga
qaramay tezroq ishlashiga imkon berish uchun mo'ljallangan edi xotira
kechikishi ning asosiy xotira kirish. Asosiy xotiraga kirish to'siq vazifasini
o'tashi mumkin CPU yadrosi ishlashi chunki protsessor ma'lumotlarni kutib
turadi, shu bilan birga barcha asosiy xotirani yuqori tezlikda ishlash juda
qimmatga tushishi mumkin. Tezkor keshlar - bu protsessor tomonidan eng
ko'p ishlatiladigan ma'lumotlarga yuqori tezlikda kirishga imkon beradigan va
tezroq ishlashga imkon beradigan murosaga kelish.
3.Operativ xotira (form-faktori, kaliti, hajmi, chastotasi)
Hozirgi kunda asosan katta hajmdagi dasturlar, o‘yinlar bilan kompyuterni band qilganda,
kompyuterga tushayotgan yuklama asosan operativ hotira (
RAM
—
Random Access Memory,
operativnoye zapominayuщyeye ustroystvo, OZU
) deb ataluvchi xotira turiga tushadi. Bu
xotiraning o‘lchami dastur va o‘yinlarning ishlash tezligiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Bu xotira turi
o‘zi nima? Xo‘sh bo‘lmasa kettik..
Bu xotira turi vaqtinchalik axborotni o‘zida saqlaydi. Dastur yuklanganda dastlab operativ
xotiraga yuklanadi va u yerdan ishga tushadi. Bundan kelib chiqadiki operativ xotiraning hajmi
ins : @adhamjon_012
qancha katta bo‘lsa, bir paytning o‘zida bir necha dasturlarni yuklab, ish olib borishingiz
mumkin bo‘ladi (misol uchun ashula eshitib, o‘yin o‘ynash mumkin).
Biror dasturni ishga tushirib (dastlab operativ xotiraga yuklab), so‘ng bu dasturdan chiqib ketib,
yana shu dasturni ishga tushirsangiz, dastur yuklanishi biroz tezroq amalga oshiriladi. Chunki
kompyuter dastlab operativ xotiraga murojaat qiladi, agar u yerda mavjud bo‘lsa, o‘sha yerdan
dasturni yuklaydi, aks holda dasturni izlashni boshlaydi.
Hozirgi zamonaviy o‘yinlar operativ xotiraning katta bo‘lishini talab qiladi. Agar operativ xotira
talab darajasida bo‘lmasa o‘yin o‘ynash jarayoni sekinlashadi. Shu sababli diskda sotib olingan
o‘yin talablarini bir ko‘zdan kechirish lozim.
Operativ xotira 2 ta asosiy xarakteristikaga ega va bu xotirani sotib olishda shu
xarakteristikalarga qaraladi. Operativ xotira hajmi va shu xotira ishlaydigan chastota miqdori.
Operativ xotira hajmi megabaytlarda o‘lchanadi(lekin ko‘pchilik gegobaytlarga ham o‘tib
ketishdi) 128, 256, 512, 1024, 2048… Dastlab yuklangan dasturlar shu hajmda saqlanadi. Agar
hajm to‘lib qolsa, birinchi yuklangan ma’lumotlar o‘chiriladi.
Operativ xotira chastotasi ishlash tezligini aniqlab beradi. Chastota bu vaqt birligidagi
jarayondir. Misol uchun, 600 megagers (MGS) chastotali operativ xotira 100MB ma’lumotni 10
sekunda yuklasa, 1000MGS li operativ xotira bu jarayonni 5 sekuntda amalga oshiradi.
Operativ xotira ko‘rinishi va plataga(materinskiy plata, motherboard) ulanishi bo‘yicha bir necha
turlarga bo‘linadi. Hozirgi zamon operativ xotiralar DDR1, DDR2, DDR3 turlarga bo‘linadi.
Soni kattasi yangirog‘i hisoblanadi.
DDR1 eskiroq hisoblanadi va bu turi hozirda kamdan kam foydalanuvchilarda mavjud bo‘lib,
kam bo‘lgani sababli qimmatroqdir. Maksimal ishlash chastotasi 400 MGS gachadir.
DDR2 keng tarqalgan turi hisoblanadi. Maksimal chastotasi 800 MGS gacha.
DDR3 zamonaviy, yangi chiqgan operativ xotira turi hisoblanadi. Maksimal ishlash chastotasi
1800 MGS gacha.
Har bir operativ xotira turi o‘zining platasiga ega, ya’ni platadagi slot faqat bir turdagi operativ
xotirani qabul qiladi. Misol uchun, DDR1 uchun mo‘ljallangan plataga DDR2 ni o‘rnatib
ins : @adhamjon_012
bo‘lmaydi. Chunki har bir operativ xotira turi o‘zgacha ulanish tishlariga ega. O‘lchami bir xil
bo‘lishi mumkin lekin tishlari o‘rtasida farq bor. Ularni ajrata olmay kuch ishlatib operativ
xotirani ham platani ham buzib qo‘ymang.
Muhim ma’lumotlardan biri shuki, plata shinasini ham operativ xotirani ulashda e’tiborga olish,
uning chastotasini ham bilib qo‘yish zarur. Bu ma’lumotni siz kompyuter platasi xujjatidan
topishingiz mumkin. Misol uchun, agar siz 800 MGS da ishlaydigan DDR2 operativ xotirasini
533 MGS shinada ishlaydigan plataga ulasangiz, operativ xotirangiz ham 533 MGS da ishlaydi.
Siz 800 MGS da ishlash shunaqa sekin bo‘lar ekan deb yuraverasiz.
Yana bir muhim ma’lumot. Agar siz har xil chastotada ishlaydigan 2 ta operativ xotirani bir
plataga ulasangiz, umumiy ishlash chastotasi kichik bo‘lgan chastota bilan bog‘liq bo‘ladi. Misol
uchun 1000 MGS va 600 MGS chastotada ishlaydigan operativ xotirani bitta plataga uladingiz,
shunda operativ xotira 600 MGS chastota bilan ishlaydi.
ins : @adhamjon_012
Do'stlaringiz bilan baham: |