Skaner dasturiy ta’minoti.
Skaner bilan ishlash uchun ShKda maxsus drayver kerak. Windows
da ishlaydigan zamonaviy dasturlar skaner bilan maxsus (skaner bilan
birga yetkazib berilgan) dastur - TWAIN-modulga murojaat qiladi.
TWAIN — skaner va kameralar orqali tasvirni olish uchun protokol va
interfeysdir. «TWAIN» (Technology Without An Interesting Name
(qiziq nomga ega boʻlmagan texnologiya) degan ma’nosi ham mavjud.
TWAIN-modul asosida foydalanuvchi monitor ekranida skanerlash
jarayonini boshqaradi.
Skanerlarning TWAIN standartini qoʻllaydigan fayllarni qayta
ishlovchi dasturlar bilan ishlash imkoni mavjud, masalan, keng tarqalgan
Corel Draw, Adobe Photoshop, Picture Publisher, Photo Finish va b.
dasturlari bilan ishlay oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |