O‘QUV-METODIK QO‘LLANMA
13-dars. AMALIY ISH. WORDPRESS, JOOMLA, DRUPAL
PLATFORMALARI BILAN TANISHISH
Maqsad
О‘quvchilarda Wordpress, Joomla, Drupal platformalari imkoniyatlari
haqida bilim va kо‘nikmalarni hosil qilish.
Dars turi (shakli)
Amaliy.
Dars rejasi
Wordpress, Joomla, Drupal platformalari bilan tanishish
Egallanadigan bilim
va kо‘nikmalar
• Wordpress, Joomla, Drupal platformalari imkoniyatlarini tavsiflay oladi;
• Wordpress, Joomla, Drupal platformalari rasmiy saytiga kirib, ular
haqida ma’lumot olishni biladi.
III. Qiziqtirish (motivatsiya)
О‘quvchilarni dars mavzusi bilan qiziqtirish. Sinf doskasida sana, mavzu va
qiziqtirish uchun savol yoziladi. “Aqliy hujum” metodi yordamida javoblar tahlil
qilinadi.
Wordpress, Joomla, Drupal platformalari yordamida qanday turdagi saytlarni
yaratish mumkin?
Do'stlaringiz bilan baham: |