O‘QUV-METODIK QO‘LLANMA Shakllantiruvchi baholash jarayonidan olingan xulosalar asosida o‘qituvchi yoki ta’lim muassasasi
ta’lim jarayoniga zarur deb hisoblangan o‘zgartirishlarni kiritadi. Shakllantiruvchi baholashdan
keyin o‘quvchilarga har doim tahliliy fikr-mulohazalar beriladi. Shakllantiruvchi baholash, asosan,
kuzatish va natijalarni qayd etib borishga asoslanadi, ya’ni ushbu baholashda jurnalga baho
qo‘yish talab etilmaydi. O‘qituvchi o‘z xohishi va maqsadiga ko‘ra, bahoni jurnalga qo‘yish yoki
qo‘ymaslikni o‘zi hal qiladi.
Xulosalovchi baholash — o‘quvchining dars davomida o‘rgangan bilimlarini baholash. Xulosalovchi
baholash o‘quvchilarning bilimlari, ko‘nikma va malakalarini o‘quv jarayoni so‘ngida yoki ma’lum
bir bobni tugatgandan so‘ng baholash imkonini beradi.
Xulosalovchi baholash deyarli har doim rasmiy ravishda baholanadi. Xulosalovchi baholash
formativ baholash bilan birlashishtirilsa va moslashtirilsa, katta samara berishi va o‘qituvchilar
ushbu yondashuvlarni birlashtirishning turli usullarini ko‘rib chiqishlari mumkin.
Xulosalovchi baholash katta va kichik xulosalovchi baholashlardan iborat.
Katta va kichik xulosalovchi baholash o'quv jarayonining ma'lum bir bosqichida (mavzu, chorak
yoki yarim yillik oxirida) o'quvchilarning o‘zlashtirish darajasini aniqlash uchun amalga oshiriladi.
Shu bilan birga, standart mazmuniga mos keladigan baholash standartlari asosida ishlab chiqilgan
vositalardan foydalaniladi. Xulosalovchi baholash natijalari sinf jurnalida qayd etiladi.
• standartlashtirilgan testlar;
• yakuniy loyihalar;
• yakuniy insholar;
• yakuniy taqdimotlar;
• yakuniy hisobotlar;
• yakuniy imtihonlar;
• ijodiy ishlar.
Xulosalovchi baholash har doim kurs oxirida amalga oshiriladi. Ular ko‘pincha kumulyativ bo‘lib,
o‘quvchining uzoq muddatli ma'lumotlarni saqlashini baholash uchun ishlatiladi. Bu – o‘quvchilarning
bir sinfdan ikkinchisiga muhim ma'lumotlarni saqlab qolishlarini ta'minlashning ajoyib usuli.
Xulosalovchi baholash ikki maqsadga xizmat qiladi.
Birinchidan, o‘rganilgan narsalarini baholaydi.
Ikkinchidan, o‘quvchilarning keyingi akademik darajaga o‘tishga qanchalik tayyor ekanligini
baholaydi.
Ko‘plab o‘qituvchilarda shunday savol tug‘iladi — shakllantiruvchi baholash muhimmi yoki
xulosalovchi?
Bugungi kunda ular bir xil darajada muhimdir. Shakllantiruvchi baholash o‘quvchilarga nimani
o‘rganayotganliklarini, xulosalovchi baholash esa o‘rgangan narsalarini ko‘rsatish imkonini beradi.
Xulosalovchi baholash uchun quyidagi usullardan foydalanish tavsiya etiladi: