O‘QUV-METODIK QO‘LLANMA
IV. Mavzuni tushuntirish
Mavzu yuzasidan asosiy ma’lumotlar beriladi. Yangi mavzu www://dr.rtm.uz
sayti yoki QR-kod orqali yuklab olingan taqdimot va videolar yordamida taqdim
etiladi. О‘quvchilarga MOOC (massive open online courses — ommaviy ochiq
onlayn kurslar) hamda MOOCning imkoniyatlari: afzalliklari va kamchiliklari haqida
ma’lumot beriladi.
O‘quvchilar, o‘z navbatida, diqqat bilan eshitib, mavzu haqida yangi bilimlarga ega bо‘ladi.
Shuningdek, tayanch tushunchalar, “Diqqat” va “Eslab qoling” bloklarini daftarlariga yozib oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |