Turli manbalarda infraqizil (IQ) diapazonda ma’lumotlarni simsiz uzatish qurilmalarining turli nomlari ishlatiladi. Lekin O‘zRda OOUT
– Ochiq Optik Uzatish Tizimi qisqartmasi qabul qilingan, undan biz keyinchalik foydalanamiz.
Modulyatsiyalangan yorug‘likdan foydalanish bilan atmosfera orqali ma’lumotlarni uzatish konsepsiyasi nisbatan oddiy, uzatish tizimidan yorug‘likning ingichka nuri atmosfera orqali o‘tadi va qabul qilish tizimiga tushadi. OOUT va tolali optik aloqa tizimlari (TOAT) infraqizil (IQ) to‘lqin uzunliklarini ishlatadi va uzatish polosasi bo‘yicha bir xil imkoniyatlarga ega, shuning uchun ko‘pincha u “tolasiz optika” yoki “simsiz optik aloqa” deyiladi.
Optik spektr yuzlab teragerslar chastotalar sohasida litsenziyalanmaganligini hisobga olish bilan ko‘plab OOUT tizimlari oddiy amplitudaviy modulyatsiyalashni, ya’ni raqamli tolali optikada qo‘llaniladigan standart kodlash texnikasini ishlatadi. Bunday tizimlarda yorug‘ikning bo‘lishi birni kodlaydi, uning bo‘lmasligi esa nolni kodlaydi. Bu oddiy modulyatsion sxema OOUT tizimlarni fizik daraja chastotaviy va protokolli ochiq bog‘lanishlar sifatida konstruksiyalashga imkon beradi.
OOUTning qurilishi tamoyili ishlatiladigan uzatish muhitidan tashqari, optik tolali aloqa liniyalaridagiga o‘xshash bo‘ladi [36-38].
Texnologiya ma’lumotlarni spektrning IQ qismida modulyatsiyalangan nurlanish orqali uzatishga asoslanadi. OOUTning funksional sxemasi 5.3-rasmda keltirilgan.
5.3- rasm. AOUTning funksional sxemasi
Manba ham analog, ham raqamli (televizion, faksimil, E1 oqimlari va h.k.) signal bo‘lishi mumkin, u Signallarga Ishlov Berish Blokiga (SIBB) beriladi. Keyin signal yarim o‘tkazgichli lazerli diodga (YAO‘LD) beriladi, undan IQ yorug‘lik oqimiga o‘zgartiriladi. Keyin IQ nur optik tizimdan o‘tishi bilan kerakli kesim shakliga (aperturaga) ega bo‘ladi va atmosfera orqali uzatiladi. Qabul qilish uchida IQ nur optik tizimga tushish bilan fotodiodga fokuslanadi va teskari elektr signalga o‘zgartiriladi. O‘zgartirilgan signal SIBBda kuchaytirladi va ishlov beriladi va dastlabki signalga qayta tiklanadi.
Infraqizil diapazon atmosfera optik aloqa liniyalari qurilmalari konstruktiv binolardan tashqariga o‘rnatish uchun himoya qobiqlarili ikkita bir turdagi bloklar hisoblanadi (5.4- rasm).
Bloklarda qabullagich va uzatkich joylashgan, shuningdek standart interfeyslar (V.35 dan ATM-155 gacha) biriktirgichlari ko‘zda tutilgan. Uzatkichda nurlantirgich sifatida yarim o‘tkazgichli lazerli diod ishlatiladi (oddiy yorug‘lik diodi bo‘lishi mumkin). Shuning uchun atmosfera infraqizil aloqa liniyalari lazerli atmosfera aloqa liniyalari (LAAL) liniyalari, horijiy texnik adabiyotlarda esa FSO - Free Space Optics deyiladi.
5.4- rasm. Atmosfera optik aloqa liniyalari qabullagich-uzatkichi
Qabullagich tezikli r-і-n yoki ko‘chkili fotodiod asosida quriladi. Ma’lumki, yarim o‘tkazgichli yorug‘lik diodi kogerent nurlantirgich hisoblanmaydi va bunin natijasida nurlantiriladigan nurlar 20°ga etadigan burchaka tarqaladi, shuning uchun nurlarni ingichka tutamga to‘playdigan qurilma zarur bo‘ladi. Kichik tarqalish burchakli nurlarni fokuslash uchun qabullagich-uzatkichda quvvatli ob’ektivlar ko‘zda tutilgan.
Ikki tomonlama aloqani tashkil etish uchun qabullagich- uzatkichlar uzatkichlardan qabullagichlarga qarama-qarshi yo‘nalilarda tarqaladigan ikkita parallel nurlarni ishlatadi, har bir qabullagich-uzatkich blokidagi qabul qilishi va uzatish esa bir vaqtda va mustaqil amalga oshiriladi. Ishlatiladigan nurlanish aniq bir modelga bog‘liq ravishda 780 dan 950 nmgacha to‘lqinlar diapazonida yotadi.
OOUTni iste’molchilarga ulash uchun har bir ishlab chiqaruvchi o‘z interfeysini ishlatadi. Lekin ularning barchasi umumiy ulanish g‘oyasiga rioya qiladi, u shundan iboratki, atmosfera aloqasi liniyasi kabel bo‘lagining emulyasiyalanishi hisoblanadi (ikkita o‘rama juftlik yoki optik kabelning ikkita tolasi). Shunday qilib, masalan, ob’ektlarni bog‘laydigan kabelli tarmoqda qatnashadigan barcha qurilmalar uchun OOUT “ko‘rinmas”, ya’ni qurilmalarga hech qanday cheklashlar qo‘yilmaydi, hech qanday qo‘shimcha aloqa protokollari yoki ularga o‘zgartirishlar va to‘ldirishlar kiritilmaydi.
OOUTdan foydalaniladigan kompyuter tarmog‘ini qurish variantlaridan biri 5.5- rasmda keltirilgan.
OOUT tizimlarning ishlashini ko‘rib chiqishda qator muhim parametrlarni hisobga olish zarur, ular ichki va tashqi toifalarga bo‘linadi
Do'stlaringiz bilan baham: |