O‘QUV-METODIK QO‘LLANMA
Kasbiy maqsad (motivatsiya).
Kompyuter grafikasi yo‘nalishida ishlash uchun eng yaxshi
boshlang‘ich ko‘nikmalarni hosil qilish.
Kognitiv maqsad (rivojlantiruvchi).
Kompyuter grafikasi imkoniyatlarining rivojlanishi, ularning
kundalik hayotimizdagi o‘rni haqidagi bilimlarini rivojlantirish.
№
O‘tiladigan modullar
Hosil qilinadigan bilim va ko‘nikmalar
1
Qatlam tushunchasi, Paint.Net
dasturida qatlamlarni hosil qilish
usullari
Paint.Net dasturida qatlamlar vazifasini, uni hosil
qilish usullarini biladi, ular yordamida turli rasmlarni
yarata olish.
2
Qatlamlar bilan bajarish mumkin
bo‘lgan amallar bilan tanishish
Qatlamlarga rasm, matn joylashtirish usullarini
biladi va unga oid mashqlarni bajara olish.
3
Qatlamlar yordamida turli rasmlar
hosil qilishga oid misollar va
amaliy mashg‘ulotlar
Qatlamlar bilan ishlashga oid berilgan misollar
va amaliy topshiriqlarni bajara oladi, unga ijodiy
yondashish ko‘nikmlarini hosil qilish.
24-dars. QATLAMLAR BILAN ISHLASH
Ta’limiy maqsad
Darsning texnologik xaritasi va ssenariysi
I. Tashkiliy qism
Salomlashish, davomatni aniqlash, uy vazifasini tekshirish
Darsning turi
amaliy
O‘qitishning usul va
texnologiyalari
suhbat, savol-javob, “MyArt”, “Estafeta” usullari
O‘qitishning shakllari
yakka tartibda, qatorlar bilan, guruhda ishlash
AKT va interfaol vositalar
o kompyuter
o elektron doska
o smart doska
o proyektor
o televizor
o kolonkalar
Ko‘rgazmali qurollar va
o‘qitish vositalari
o darslik
o taqdimot
o video
o rasmlar
o plakatlar
o tarqatma kartochka-vazifalar
o amaliy vazifalar
o laboratoriya vazifalari
o test varaqalari
o so‘rovnoma
II. Motivatsiya
“Mahoratli dizayner” nominatsiyasi egasi bo‘lish.
III. Yangi tushunchalar
Qatlam, korreksiya, effektlar.
88
Qo‘llaniladigan resurslar
T
arqatma
vazifalar
Taqdimot
Videodars
Audiodars
Internet-resurs
24-mavzu.pptx
24-mavzu.avi
24-mavzu.mp3
http:\www.dr.rtm.uz.
Yangi mavzu
O‘qituvchi:
Daftarga yozib oling!
Sinf doskasida sana va yangi mavzu yoziladi. O‘quvchilar uy vazifalarini topshiradi. “Mening
sevimli ertak qahramonim” va “Milliy naqshlar” mavzusida chizilgan rasmlar konkursi e’lon qilinadi.
O‘qituvchi rasmlarni sinf doskasiga joylashtiradi. O‘quvchilar bilan birgalikda ularga baho beriladi va
“Mahoratli dizayner” stikerlari topshiriladi.
Bolalar, bugungi darsimizda Paint.Net dasturining yana bir qiziqarli imkoniyati bilan tanishamiz.
Taqdimotni diqqat bilan kuzatamiz va amaliy mashg‘ulotlarga o‘tamiz.
Paint.Net dasturida Photoshop grafik muharriri kabi qatlamlar bilan ishlash imkoniyati mavjud.
Qatlam o‘zi nima?
Qatlam
– ishchi maydonining ustki qismiga joylashtirish mumkin bo‘lgan ko‘rinmas (shaffof)
mato. Har bir yangi qo‘yilgan qatlamda, uskunalar panelidan foydalanib, rasmlar chizish yoki tayyor
rasmlarni ochib, ular ustida turli amallar bajarish mumkin.
O‘qituvchi ekranda 1-mashqni bajarib ko‘rsatadi, o‘quvchilar kompyuter oldiga o‘tirib, uni mustaqil
ravishda bajarib ko‘radi. Fon rasmiga boshqa obyektni joylash va matn kiritish amallari bajariladi.
Dars
24
89
5-SINF DARSLIGI BO‘YICHA
Do'stlaringiz bilan baham: |