Biologiya darslarida bilishga bo`lgan ishchanlikni faollashtirishni analiz qilish
O`quvchilarning faollik darajasi, o`qituvchining maxoratini pedagogic bilimining darajasini bildiradi. O`quvchilarning bilimini maksimum darajada ko`targan, ularda tirishib o`qishga undashlarni o`qitishning aktiv medotlari deb atash mumkin.
Maktab tajribasida va an`anaviy metodik adabiyotlarda kelib chiqishiga qarab uslublarni quyidagicha bo`lish qabul qilingan: og`zaki (hikoya, ma`ruza, suhbat, o`qish) ko`rgazmali (tabiatni ko`rsatish, ekranli va boshqa ko`rgazmali qurollar bilan, tajribalar) va amaliy ( labaratorya va boshqa amaliy mashg`ulotlar). Ularning har biri faolroq va nofaol yoki passiv bo`lishi mumkin.
Biologiya darslarida men aktiv uslublarni qo`llayman, darsning didaktik maqsadlarini va o`quvchilarning yosh xususiyatlarini e`tiborga olgan holda.
Og`zaki uslublar.
Diskussiya usulini o`ylashni talab qiladigan savollarda qo`llayman, darslarimda o`quvchilar o`z fikrini erkin aytishiga va boshqalarning fikrini tinglashiga erishaman. ( mashq №1 da)
O`quvchi bilan mustaqil ish uslubi. Katta sinflarda yangi ma`lumotning logik tarkibini aniqlash uchun o`qituvchi aytganlarining rejasini tuzishni yoki yoki qisqa mazmunini: ozgina yozuvda – ko`p ma`lumot larni topshiraman.
Tahlil qilish davomida to`g`irlaymiz, aniqlaymiz, to`ldiramiz, ortiqchalarini olib tashlaymiz. Bu qisqa yozuvni qo`llash orqali o`quvchilar osonlik bilan uy vazifalarini bajarishi mumkin. Mavzuning qisqa mazmunini yozib olishni, aytilganlarning rejasini tuzishni, darslikni tahlil qilishini, unda asosiy mazminni topishni, ma`lumotnomalar bilan ishlashni, ilmiy-ommabob kitoplarni qo`llashni bilish, o`quvchilarga nazariy va tasavvuriy fikrlarni tahlil qilish va o`zaro taqqoslash orqali to`liq tasavvur uyg`otadi.
Adabiyotlardan olingan bilimni mustahkamlash uchun o`quvchilarga kuchliroq topshiriqlar beraman.
Masalan, 7-sinfda «sudralib yuruvchilar» mavzusiga.
Toshiriq beraman: sudralib yuruvchilar haqida ma`lumot yozishni; (hayvonlarni o`zlari tanlashadi). O`quvchilar shu hayvonning xususiyatlarini, hayot tarzini, tashqi muhit bilan aloqasini aytib berishlari kerak.
Ma`lumotlar A4 farmatdagi qog`ozga yoziladi tashqi qismiga shu hayvonning rasmi chiziladi.
O`quvchi sinfda o`zi yozgan ma`lumotni o`qishga emas qayta aytishga harakat qilishi kerak. Buning uchun oldin tezis tuziladi, katta sinflar uchun javob berish rejasi tuziladi.
O`quvchilar bilan bunday ishlash ularni tahlil qilishga, taqqoslashga o`rgatadi. Shu bilan bir qatorda og`zaki nutqi rivojlanadi. Shu tufayli o`quvchilar o`z fikrini aytishga uyalmaydigan bo`ladi.
Didaktik materiallar bilan mustaqil ishlash uslubi.
Mustaqil ishni quyidagicha tashkillashtiraman: sinfga aniq topshiriq beraman. Har bir o`quvchiga aniq tushuntiraman.
Bu yerda o`z talablari bor:
matnni ko`rib o`zlashtiriladi (o`qilganda aniq tushunilmaydi, ma`lumotlar tez sedan chiqadi, o`quvchilar tez-tez qayta so`rashga majbur bo`lishadi)
topshiriq matnini yozishga juda oz vaqt sarflash kerak.
Bunga yozma qo`llanmalar va mashqlar to`plami yaxshi yordam beradi.
Afsuski, «Odam va uning salomatligi» fanidan yozma qo`llanmalar yaqinda paydo bo`lgan. Ularni o`z ishlarimda shu yildan qo`llashni boshladim. (o`tgan yili menda 9-sinflar yo`q edi). Shuni aytish kerakki, o`tgan yili faqat bitta sinf yozma qo`llanma oldi, men birinchi mavzu bo`yicha ularni taqqoslash imkoniyatiga egaman. «Tajriba o`tkazilayotgan» sinfda sezilarli darajada fanga qiziqish uyg`ondi.
Afsuski, men ham boshqa o`qituvchilar kabi o`zim tayyorlagan tarqatma materiallardan foydalanishga majburman.
Ularni shartli ravishda uch tipga ajratiladi: (G.M. Murtazin, 1989 y.):
Mustaqil ish uchun didaktik materiallar o`qituvchining oldindan tushintirib berishi shart bo`lmagan.
Darslikdagi matn asosida jadval yoki reja tuzish topshirig`i berilgan kartochka.
So`z orqali berilgan javoblarga rasm yoki sxema tuzish topshirig`I berilgan kartochka.
Kuzatish uchun namuna tarzida berilgan qo`llanmalar asosida kuzatishlar olib boorish topshirig`I berilgan kartochka.
O`quvchilarning bilim va ko`nikmalarini mustahkamlash uchun mustaqil ishlarga didaktik materiallar.
Fikrlash uchun savoli bo`lgan kartochka.
Hisoblash topshirig`i bo`lgan kartochka.
Rasmni to`ldirish topshirig`i bo`lgan kartochka.
Bilim va ko`nikmalarini tekshirish uchun mustaqil ishga didaktik materiallar.
Yozuvsiz rasm bo`lgan karochka.
Bir necha xil variantda ishlataman. Butun sinf uchun – 2-4 variant. Bu individual topshiriq kabi bo`ladi. Takrorlash va mustahkamlash uchun o`tkazish mumkin.
Test topshiriqlari.
Ularni individual tarzda va butun sinf uchun qo`llayman so`ngi vaqtlarda test topshiriqlardan foydalanaman, lekin ularning ham o`z kamchiliklari bor. Ba`zida o`quvchilar javobni taxminan berishadi. Bularni oldina olish maqsadida har xil test shakllari ustida ishlayapman.
4) Muammoli holatlar metodi.
Darslarda o`quvchilarga muammoli yondoshuvni ishlataman. Bu metodning asosi darslarda muammoli vaziyatlarni yaratishdir. O`quvchilar muammoli faktlar va hodisalarni tushuntirish ko`nikmasiga yoki harakatiga egaemas, ular bu muammoni hal qilish uchun o`z gipotezalarini olg`a surishadi. Bu metod o`quvchilarda analizni, sintezni, taqqoslashni, bog`lashni, sabab-natija aloqalari kabi aqliy faoliyatini shkllantirishga yordam beradi.
Bu metod quyidagilarni o`z ishiga oladi:
muammoli savolni olg`a surish,
olimlarning ma`lumoti asosida muammoli vaziyat o`ylab toppish,
shu bitta savol doirasida qarama-qarshi muammoli savol o`ylab toppish,
ko`rsatish yoki u haqda ma`lumot berish – muammoli vaziyat yaratish uchun asos: fikrlashga undaydgan topshiriqlarni yechish. Bunda o`qituvchining vazifasi, muammoli hodisa yaratish va o`quvchilarning harakatini boshqarib turish.
Xisob-kitob ishlash va logik topshiriqlarni mustaqil ishlash metodi. Hamma o`quvchilar o`zlari mustaqil ravishda xisob-kitob ishlarini va logik (aniqlashni, fikrlashni va ma`lum xulosaga kelishni talab qiladigan) topshiriqlarni mustaqil ishlaydilar.
Topshiriqlarni 6-sinfdan qo`llashni boshlaydi. Katta sinflarda esa yanada ijodiy xususiyatga ega bo`lganlari qo`llaniladi. Lekin kuchli o`quvchilarga har bir parallel topshiriqlarda qiyinroq, ijodiy xususiyatlilarini aralashtirib boraman.
O`xshashlarini esa – kuchsiziga. Har bir o`quvchi o`z bilimi va imkoniyatiga yarasha topshiriq oladi. Shu bilan o`quvchilarning qiziqishi pasaymaydi.
XULOSA
1.Mamlakatimiz Prezident Islom Karimov rahbarligida ta‘lim va tarbiya
sohasida katta bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Mamlakatimizda
yurtboshimiz tashabbuslari bilan kadirlar tayorlash milliy dasturi qabul
qilinib, qator hukumat qarorlari asosida amalga oshirilayotgan sohalari
islohtlar natijasida, dunyoda ,,O‘zbek modeli‖ deb e‘tirof etilgan, tarbiya
hamda ta‘limni uzviy va izchil ko‘shib olib borishga qaratilgan mutlaqo
yangi tizim yaratildi.,, 2004—2009 yillarda maktab ta‘limini rivojlantirish Davlat Umummilliy dasturi, ,,Talim tizimini mazmunan modernizasiyalash
va ta‘lim-tarbiya samaradarligi yangi sifat darajasiga ko‘tarish dasturi‖
zamirida ham ta‘lim samaradorligini maqsadi etganligi fikrimizni
tasdiqlaydi.
2.Yuqorida keltirilgan maqsadlarga erishish uchun ta‘limning ta‘limning barcha
bosqichlarida ta‘lim oluvchining dasturiy bilim, tassavur va ko‘nikmalari
asosida ularning individual faoliyatini samarasini oshirish uning ilmga va o‘quv
faniga qiziqishini kuchaytirish, unga mustaqil faoliyat ko‘rsata olishi uchun
zarur sharoit ko‘rsatish va yaratib berishdan iborat.
3.Biologiya darslarida o‘quvchilarning individual faoliyatini samarasini oshirish
uchun quyidagi muammolarni hal etish zarur;
-o‘qitishning bacha shakillari –dars va sinfdan tashqari mashg‘ulotlar uchun 58 ta‘lim va tarbiyaning samarali zamonaviy vositalarini ishlab chiqish va ta‘lim jarayoniga joriy etish;
- biologiyani individual o‘rganishning samarali metodlarini ishlab chiqish va joriy etish;
-bilim olishni individuallashtirish,o‘qitishni o‘quvchilarning qobiliyati va
tayyorgarlik darajasiga binoan tabaqalashtirish;
- oqitishni zamonaviy pedagogic va axborot tehnologiyalar asosida tashkil etish;
-o‘quv metodik adabiyotlarning ilgor pedagogik va axborot tehnologiyalariga
moslangan yangi avlodini o;quv jarayoniga tadbiq etish; 4.Biologiyadan mashg‘ulotlarida o‘quvchilarning faolligini ta‘minlash, ularning individual ishlashlari uchun qulay sharoit yaratish ta‘lim jarayoni samaradorligini ta‘minlovchi asosiy omillardan biridir. 5.Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida ta‘lim jarayoni oldiga qo‘yilgan bu vazifani bajarish uchun o‘quv jarayoni o‘quvchining mustaqil bilim olishiga bo‘lgan extiyojini shakllantirishga, uning ongi va faoliyatini yangi bilimlarni faol o‘zlashtirishiga yo‘naltirilishi lozim. Buning uchun o‘quv jarayoniga bilim olishni rag‘batlantiradigan, vaqtni tejaydigan zamonaviy ta‘lim metodlarini tadbiq etish kerak bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |