Texnologiyalardan foydalanish usullari mavzusida tayyorlagan


III bob. Biologiyani o‘qitishda rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyalarida o‘quvcnilarning bilish faoliyatini faollashtirish metodikasi (keys-stadi metodi asosida)



Download 0,8 Mb.
bet8/10
Sana13.06.2023
Hajmi0,8 Mb.
#950967
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Ona davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti

III bob. Biologiyani o‘qitishda rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyalarida o‘quvcnilarning bilish faoliyatini faollashtirish metodikasi (keys-stadi metodi asosida)
Uzoq yillardan buyon olib boryotgan tadqiqotlarning natijasi shuni ko‘rsatadiki, o‘qituvchi va tarbiyachilar programma materialalrini rejalashtirgan va har bir dars uchun reja tuzgan vaqtlarida o‘quvchilarning mustaqil ishlariga kam vaqt berayotirlar. Xozirgi zamon didaktikasining asosiy masalalaridan biri o‘quvchilarning mustaqil ishlari aktivligini oshirish masalasi bo‘lib qolmoqda. O‘quvchilarning mustaqil ishlarini uyushtirmay turib ularda xech qanday ko‘nikma va malaka xosil qilib bo‘lmaydi. Mustaqillik – o‘quvchining muhim xislatlaridan biridir. Mustaqillik xislati shundaki, olingan bilimlarini va malakalarini o‘quvchilarda turmushda albatta tadbiq qila bilish qobiliyati namoyon bo‘ladi. Mustaqil ishlashda egallangan bilim uzoq vaqt sedan chiqmaydi, bilim sifatli bo‘1adi. Bugungi sifatli bilim – ertangi yuksak mehnat samaradorligidir. Qishloq maktablarida o‘rganilgan har 100 bolaning 55-60 nafari xozirgi kunda o‘qishga befarq qarayotganligi naqadar achinarli holdir. O‘quvchilarning o‘qishga befarq qarashini oldini olishning eng ma‘qul yo‘li ularda yoshligidan mustaqil ishlash ko‘nikmalarini hosil qilishdir. O‘quvchilarni mustaqil ishlashga o‘rgatish uchun darsda mustaqillikning turli formalaridan keng foydalanish lozim.
- Darslik bilan ishlash mavzuga oid materiallarni mustaqil ishlab chiqish, o‘rganish, konspekt olish, darslikdagi rasm, diagramma, sxemalardan foydalanish, savollarga javob berish, mashq, masala va misollar yechish, javoblari noto‘g‘riligini tekshirish ;
- Fanni o‘rganishda uni xususiyatlarini hisobga olgan holda turli didaktik o‘yinlar tashkil qilish;
- Tarqatma materillardan foydalanish;
- Yozma va og‘zaki konrtrol ishlar o‘tkazish;
- Darsda o‘tkaziladigan tajriba ishlariga o‘quvchilarni yordamchi sifatida ishtirok ettirish;
Mustaqil ish o‘quvchidan o‘z fikri bilimini maktab va turmush tajribasiga tadbiq etish istagini qo‘zg‘atadi. Aqliy faoliyatga moyillik tug‘diradi, mehnatga muhabbat tarbiyalaydi. Mustaqil ish bajarish bilan o‘quvchialrning psixologik qobilyatlari, diqqat, xotira, fikrlash o‘sadi. O‘z oldiga qo‘ygan maqsadga erishishda qat‘iylik ko‘rsatish kabi hikmatli fazilatlar tarbiyalanadi. Shuning uchun ham pedagogik jarayonda o‘quvchining ongli mehnat qilish, aqliy qobiliyatini eng murakkab va aktual masalalardan biri bo‘lib kelmoqda. Ilg‘or o‘qituvchilar dars sifatini oshirish evaziga darsdan tashqari uy yumushlarini qisqartirish mumkin deb hisoblaydilar, ammo butunlay uy vazifasini qisqartirish mumkin emas. O‘quvchilar darsda mustaqil ishlash sohasida bilim malaka va ko‘nikmala hosil qilganlarida ham o‘quv materillarini ongli ravishda mustaqil ishlash malakasini egallash va olgan bilimlarini turmushga tadbiq etishlari uchun dars mashg‘ulotlarining o‘zigina yetarli emas, darsdan tashqari mustaqil ishlarining bog‘liqligi amaliy ishlar tarzida bo‘lmog‘i kerak. O‘quvchilar uchun uy vazifasini bajarish ancha murakkab hisoblanadi. O‘quvchi uy vazifasini bajarmay o‘z ustida mustaqil ishlamay, fanni puxta o‘zlashtira olmaydi. Uyga berilgan vazifani sistemali ishlash natijasida o‘quvchida mustaqillik paydo bo‘ladi, o‘qishga to‘g‘ri munosabatda bo‘ladi, berilgan vazifani mas‘uliyat bilan bajarish xissini vujudga keltiradi. Mustaqil dars tayyorlash jarayonida o‘quvchi fanni tartibli bajarish, o‘qiyotgan materialning muhim tomonini ajratish, materialning mazmunini fikrlay olish, o‘tgan mavzularga bog‘lash, taqqoslash kabi ishlarda malaka hosil qiladi. O‘quvchilarga mustaqil tayyorlash uchun berilgan vazifalar mazmunli, qiziqarli, bolalarning iroda sifatini [chidamlilik, qat‘iylik] tarbiyalaydigan bo‘lishi kerak. Shunday ekan o‘quvchilarning birir maqsadga muvofiq mustaqil ishlar olib borish, ularni bajarish orqali yangi bilim va malakaga ega bo‘lishlari uchun bajargan ishlarini mustaqil ish desak, yanglishmagan bo‘lamiz.
Metodik kitob va qo‘llanmalarda aytilganiga, hamda ko‘p yillik tajriba natijalariga ko‘ra o‘quvchilarning mustaqil ishlari mazmuniga bog‘liq holda u gruppaga bo‘linadi :
a) dars protsessida bajariladigan mustaqil ishlar ;
b) darsdan tashqari vaqtda bajariladigan mustaqil ishlar ;
c) sinfdan tashqari vaqtda bajariladigan ishlar;
O‘quvchilar darsdan va sinfdan tashqari bajariladigan har qanday mustaqil ishini o‘qituvchi raxbarligida olib boradilar. O‘qituvchi o‘quvchilarga mustaqil ishni bajarishda, taqqoslashda, kuzatishlardan xulosa chiqarishda aniq yo‘llanmalar beradi. O‘qituvchi o‘quvchilarga mustaqil ishni topshirgach, uni qanday bajarilishidan xabardor bo‘lib turishi maqsadga muvofiqdir. O‘qituvchi o‘quvchilarni mustaqil ishlarini qanday bajarayotganlarini kuzatib borishi, mustaqil ishlar qanday bajarilayotganligi haqida aniq tasavvurga ega bo‘lishi, ish noto‘g‘ri bajarilayotgan bo‘lsa, ularga qanday bajarish haqida qayta yo‘llanmalar berishi, o‘quvchilarning ruxan rag‘batlantirish natijasida aktivligini orttirib borishi, bajarayotgan ishlariga mas‘uliyat bilan munosabatda bo‘lishini oshiradi.O‘quvchilar zoologiya kursi yuzasidan sinfda olgan nazariy bilimlarini sinfdan tashqari vaqtda hayvonlar hayotini kuzatish, turli tajribalar qo‘yish, hayvonlarni boqish va parvarish qilishdagi amaliy ishlarni bajarish, qishloq xo‘jalik zararkunandalariga qarshi kurashish, foydali hayvonlarni muhofoza qilish kabi amaliy ishlar bilan bog‘lab olib borish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. O‘quvchilar aktivligini oshirishdagi va sinfdagi darsni sinfdan tashqari ishlar bilan bog‘lashdagi bajariladigan mustaqil ishlardan yana bittasi kuzatuvchanlikdir.

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish