TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
MOLIYA FAKULTETI MOLIYA VA MOLIYAVIY
TEXNOLOGIYALAR YO’NALISHI
KURS ISHI
Mavzu: Byudjet-soliq siyosatining iqtisodiy o'sishga ta'siri
Ilmiy rahbar:
_________________________
Talaba: Askaraliyev S.
2022-2023 o`quv yili
1
Mavzu:Byudjet-soliq siyosatining iqtisodiy o'sishga ta'siri
I. KIRISH
II. ASOSISIY QISM
1.Byudjet-soliq siyosatining mohiyati.
2.Byudjet-soliq siyosatitini amalga oshirishda soliq
siyosatining huquqiy asoslari va yo’nalishlari
3.Bozor iqtisodiyoti sharoitida moliyaviy munosabatlarni
rivojlantirishda byudjet-soliq siyosatining o'rni.
III. XULOSA
IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
2
Kirish
Mavzuning dolzarbligi.
Respublikamiz ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy
rivojlanishining ishlab chiqarishning modernizatsiyalashuvi sharoitida soliqlar
vositasida bir tomondan tartibga solish ikkinchi tomondan esa rag’batlantirish
hamda ikkala jarayonni to’g’ri tashkil eta olish xo’jalik yurituvchi
sub’ektlarimiz faoliyatining bozor munosabatlarining iqtisodiy talablariga
moslashishida, ularning bosqichma-bosqich rivojida muhim ahamiyat kasb
etadi.O’zbekiston
Respublikasining
bozor
munosabatlariga
o’tish
xususiyatlaridan biri davlatning iqtisodiy o’zgarishlarning tashabbuskori va
bosh islohotchisi qilib belgilanganligidir. Iqtisodiy islohotlar boshlangan to
hozirgi davrga qadar respublikamizda iqtisodiy islohatlar yangi bosqichga
ko’tarildi. Bu esa o’z navbatida iqtisodiy, shujumladan soliq siyosatida ham bir
qancha o’zgarishlarni amalga oshirishni talab etadi.Mamlakatimizda olib
borilayotgan
iqtisodiy
islohotlar
natijasida
Prezidentimiz
Islom
Abdug‘anievich Karimovning mamlakatimizni 2015-yilda ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirish yakunlari va 2016-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng
muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining
majlisidagi ma’ruzasida “Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi hamon davom
etayotganiga qaramasdan, hisobot yilida yalpi ichki mahsulot 8 foiz, sanoat
mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 8 foiz, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari
qariyb 7 foiz, qurilish-montaj ishlari hajmi salkam 18 foizga oshdi. Yillik
byudjet yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,1 foiz profitsit bilan
bajarildi.Inflyasiya darajasi 5,6 foizni tashkil qildi, ya’ni prognoz
ko‘rsatkichlari doirasidabo‘ldi. Xalqaro miqyosda katta nufuzga ega bo‘lgan
Jahon iqtisodiy forumireytingiga ko‘ra, O‘zbekiston 2014-2015 yillardagi
rivojlanish yakunlari va 2016-2017 yillarda iqtisodiy o‘sish prognozlari
bo‘yicha dunyodagi eng tez rivojlanayotgan beshta mamlakat qatoridan joy
olgani
albatta
barchamizga
mamnuniyatetkazadi.
Bugungi
kunda
3
O’zbekistonda to’laqonli bozor iqtisodiyotini yaratish borasida amalga
oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar tarkibida, korxonalarimizning barqaror
rivojlanish, ularning faolligi,byudjet munosabatlariga ijobiy ta’sir
ko’rsatishning muhim vositasi sifatida, soliq siyosati ham, islohotni zamonaviy
talablariga moslashtirib
borilishini
talab
qilmoqda.
Iqtisodiyotni
modernizatsiyalashuvi sharoitida soliq siyosati davlat byudjetida romadlarini
ta’minlash jumladan, mamlakatimizda olib borilayotgan soliq siyosatining bir
tomondan davlat byudjeti daromadlarini ta’minlash shu o’rinda iqtisodiyotni
barqarorlashtirishva ikkinchi tarafdan kichik biznes va xususiytadbirkorlikning
rivoji hamda xo’jalik yurituvchi sub’ektlarimizning moliyaviy ahvolni
mustahkamlashga oid muammolarni hal qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Xususan, 2011-yilda soliq yuki, 1991-yil bilan solishtirganda, yalpi ichki
mahsulotga nisbatan qariyb 2 barobar kamayib, 41,2 foizdan 22 foizga
tushganini qayd etish zarur. Respublikamiz ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy
rivojlanishining xozirgi bosqichida bozor munosabatlari to’la xukmron bo’lgan,
bozor iqtisodiyoti qonunlari va talablari to’la amal qilinayotgan yoki
iqtisodiyotni boshqarishning to’la iqtisodiy, demokratik usullari yoki to’liq
ma’muriy buyruqbozlik usullari qo’llanilmoqda deb bo’lmaydi. Bunday o’tish
sharoitida soliqlar vositasida iqtisodiy jarayonlarni tartiblash tizimini to’g’ri
tashkil eta olish bozorning iqtisodiy talablariga moslashishda, ularning
bosqichma-bosqich xukumronligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
4
Do'stlaringiz bilan baham: |