“texnologiya va uni o’qitish metodikasi” fanidan


- MAVZU. Boshlangʻich sinflarda texnologiya taʼlimining mazmuni



Download 4,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/83
Sana10.05.2023
Hajmi4,69 Mb.
#936715
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   83
Bog'liq
TEXNOLOGIYA VA UNI O‘QITISH OQUV qollanma(1)

 
3- MAVZU. Boshlangʻich sinflarda texnologiya taʼlimining mazmuni 
 
Reja 
1. Texnologiya taʼlimining mazmuni va uning tashkil etilishi.
2. Mehnat malaka va koʻnikmalari bilan qurollantirish 
3. Texnologiya darslarida kompetentsion yondashuv.
4. Texnologiya fanidan oʻquv dasturini oʻrganish.
 
Texnologiya taʼlimining mazmuni va uning tashkil etilishi. 
Texnologiya 
taʼlimi dasturida oʻquvchilar mehnat darslarida egallashi lozim boʻlgan ilmiy-
texnik bilimlarining, mehnat malaka va koʻnikmalari hajmi hamda mazmuni 
belgilab boriladi.
Dasturda jamiyatimiz taraqqiyotining hozirgi bosqichida yoshlarga 
texnologiya taʼlimini berish, ularni tarbiyalash sohasida qoʻyilgan maqsad va 
vazifalar oʻz ifodasini topgan. Texnologiya taʼlimi dasturi oʻquv reja- si asosida 
ishlab chiqiladi. Texnologiya taʼlimi oʻqituvchisi oʻzining kundalik faoliyatida bu 
dasturga amal qiladi va uning bajarilishi majburiy hisoblanadi. SHu bilan bir 
qatorda oʻqituvchi oʻquv dasturiga mahalliy sharoitni hisobga olib maʼlum 
oʻzgarishlar kiritishi mumkin. Bu borada birqancha talablar hisobga olinishi lozim. 
Dasturning mazmuni pedagogikaning didaktik prinsiplarga toʻla-toʻkis javob 
berishi, ilmiy va mafkuraviy jihatdan puxta boʻlishi, murakkabligi ortib borishi 
hisobga olingan holda va texnologiya taʼlimining tanlangan didaktik tizimiga 


44 
muvofiq ravishda, muayyan izchillikda bayon qilinishi, turmush tajribasi bilan 
bogʻlangan boʻlishi kerak.
Mehnat malaka va koʻnikmalari bilan qurollantirish
. Oʻquvchilarni 
tarbiyalash va ularni ishlab chiqarish faoliyatiga tayyorlashda mehnat malakalari 
va koʻnikmalari katta oʻringa ega. Boshlangʻich sinf oʻquvchilariga texnologiya 
taʼlimini berish vazifalaridan biri ularda bir qator mehnat malaka va koʻnikmalarini 
shakllantirishdir.
Texnologiya taʼlimi dasturi talablarini bajarishda, mavzuga oid bilim 
berishda, malaka va koʻnikmalarni shakllantirishda oʻquvchilarga maʼlum 
hajmdagi politexnik bilimlar beriladi. Boshlangʻich politexnik bilim bilan 
qurollantirish oʻquvchilarga predmetni yasash, ishlov berilayotgan materialning 
xususiyatlari, texnologik oʻziga xosliklari, materialga qoʻlda ishlov berilganda 
qoʻllaniladigan ashyo-moslamalarning xususiyatlari, ulardan foydalanish qoidalari 
haqida maʼlumot berib boriladi.
Oʻquvchilarga berilayotgan politexnik bilim, amaliy koʻnikma va 
malakalarga oʻrgatish maʼlum nazariy darajada amalga oshirishga imkon beruvchi 
zamindir.
Amaliy malaka va koʻnikmalar bilan qurollantirish amaliy mashgʻulot 
turlarini oʻrgatish ham demakdir. Boshlangʻich sinf oʻquvchilari bajarishi kerak 
boʻladigan amaliy ish turlari xilma-xildir, biroq mehnat malaka va koʻnikmalarini 
egallamasdanoq amaliy ish jarayonidagi materiallarni oʻlchab olish va belgilash, 
ularni qirqib, ishlov berish, qismlarni yelimlash, tikish, oʻrash va bogʻlash kabi 
yoʻllar bilan birlashtirish va mustahkamlash, detallarni yigʻish va buyumni montaj 
qilish va buyumni bezash ishlarini bajarish bir qator qiyinchiliklar tugʻdiradi.
Oʻquvchilardagi mehnatga boʻlgan qiziqishni oʻz vaqtida aniqlash va ularga 
mehnat malakalarini sevgan mashgʻulotlarida takomillashtirishlariga yordam 
berish juda muhimdir.
Bunda oʻquvchilaring eʼtiboriga eng oddiy buyum oʻyinchoqlarni, 
oʻyinlarni, oʻquv qurollarini tayyorlash, naqshlar chizib va qirqib olish, 
applikatsiya ishlari havola etiladi. Bundan tashqari oʻquvchilarda mehnatga 


45 
qiziqishni uygʻotish, mehnat darslarida hosil qilingan bilimlarni kengaytirish va 
chuqurlashtirish, koʻnikma va malakalarini mustahkamlash uchun “Mohir qoʻllar” 
toʻgaraklarida, sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish maqsadga muvofiqdir.
Koʻnikma — bu kishining bilim va tajriba asosida egallangan, maʼlum 
harakatni ongli bajarishga boʻlgan qobiliyatidir. Masalan: kartonni kesa bilish 
koʻnikmasi, qaychini toʻgʻri ishlata olish, harakatni aniq muvofiqlashtirish, 
yoʻnalish, kuch va bosimning tengligini saqlash.
Malaka — bu faoliyatdagi mashq qilishlar jarayonida yetilgan, 
mujassamlashgan tajribadir. Bu tez va aniq bajarish, mashq qilish tufayli tarkib 
topgan koʻnikma yoki bu maʼlum miqdordagi mashq va usullar bajarilganda 
koʻnikmadan sakrab oʻtish degan maʼnoni anglatadi. SHunung uchun mazkur 
koʻnikma agarda malakani yuzaga keltirishni nazarda tutgan mashq va usullar 
toʻgʻri tuzilgan boʻlsa u toʻgʻri malakaga aylanishi mumkin. Biroq malakaning 
takomillashuv darajasi oʻqitishning turli bosqichlarida turlichadir. Uning 
strukturasi ham oʻzgaruvchandir. Mashqlar jarayonida oʻquvchilar bajarilayotgan 
harakatlar murakkablashib borgan sari, asta-sekin oddiy malakalarning murakkab 
malakalarga birlashuvi sodir boʻladi.
Mehnat malaka va koʻnikmalarini shakllantirish quyidagicha asosiy 
bosqichlardan tarkib topadi:
a)
boshlangʻich tushuncha berish; 
b)
mehnat harakatlarini sinov uchun bajarish; 
c)
ish harakatlari natijasi; 
d)
yakuniy xulosa chiqarish.
Mehnat malakalari va koʻnikmalarini shakllantirishga moʻljallangan amaliy 
ishlar faqat vaqtga koʻra taqsimlanganda hamda maʼlum tizim asosida 
oʻtkazilgandagina ijobiy natija beradi.
Amaliy ishlar tizimi quyidagi asosiy talablarni oʻz ichiga oladi:
1.
Amaliy ishlarni bajariladigan topshiriqning murakkabligi oshib borishini 
nazarda tutgan holda joylashtirish lozim.


46 
2.
Bajarilayotgan amaliy ish mazmuni toʻliq tarzda oldingi amaliy ishga 
asoslanishi lozim.
3.
Amaliy ish jarayonida mustaqil ishlash darajasi ortib borishi kerak.
Mehnat malakasining muvaffaqiyatli boʻlishi bir qator ishlarga bogʻliq. 
Oʻquvchi oʻz faoliyatini mustaqil rejalashtirmas ekan, uning malakasi hech qachon 
toʻliq boʻlmaydi. Nazoratning yoʻqligi koʻpincha xato va nuqsonlarning amaliy 
ishlar jarayonida ortib borishiga olib keladi. Bu esa oʻz navbatida yetilmagan 
harakat va usullarning shakllanishiga sabab boʻladi.
Boshlangʻich sinf oʻqituvchisi texnologiya taʼlimi boʻyicha ishlami amalga 
oshirayotganda oʻquvchilar u yoki bu ishni bajarish natijasida qanday koʻnikma, 
bilim va malakalarni egallashlarini aniq bilishi kerak. Ana shunday holda 
oʻqituvchi sinf uchun shu vaqtda zarur boʻlgan materiallarni tanlash imkoniyatiga 
ega boʻladi. Bu oʻrinda muhimi oʻquvchilar mazkur materiallarni tayyorlash 
jarayonida dastur nazarda tutgan bilim va malakalami egallab olishlaridan iborat. 
Boshlangʻich sinf texnologiya taʼlimi darslaridagi taʼlim-tarbiyaviy vazifalar 
umumtaʼlim maktablaridagi texnologiya taʼlimining umumiy vazifalaridan kelib 
chiqib, quyidagi mashgʻulot turlari jarayonida amalga oshiriladi:
1.
Qogʻoz va karton bilan ishlash.
2.
Gazlama va tolali materiallar bilan ishlash.
3.
Turli va tabiiy materiallar bilan ishlash: 
a)
plastilin va loy ishi; 
b)
urugʻlar bilan ishlash;
c)
applikatsiya va mozaika ishlari; 
4.
Loyihalash va modellashtirish: 
a) badiiy qurish-yasash.
5.
Qishloq xoʻjalik mehnati.


47 

Download 4,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish