1-shakl. Mehnat jarayonining zaruriy shartlari
Mehnat vositalarini mehnat predmetlariga ta’sir etish xususiyatiga ko'ra bir nechta katta guruhlarga bo'lish mumkin. Birinchi guruhga mashinalar, mexanizmlar, stanoklar, uskunalar, turli xil apparatlardan
Iborat mehnat qurallarini kiritish mumkin. Ularning yordamida ishchi tabiat ashiyolari va kuchlari bevosita ta’sir qiladi va bu ashiyolarni o'zining iste’moli uchun zarur bo'lgan shaklga keltiradi.
Ikkinchi guruhga materiallarni saqlash uchun moljallangan mehnat vositalari (tizimlar, turli xil bochkalar, quvurlar, omborlar va boshq.) kiritiladi.
Uchinchi guruhga ishlab chiqarish jarayonida bevosita qatnashmaydigan ,lekin unga shart-shariot yaratib beradigan mehnat vositalari kiradi. .
Do'stlaringiz bilan baham: |