Texnologiya va dizayn yo‘nalishi


Zargarlikda ishlatiladigan qimmatbaho metallar



Download 0,64 Mb.
bet4/11
Sana26.04.2022
Hajmi0,64 Mb.
#582466
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
9-SINF TEXNOLOGIYA O\'G\'ILBOLALAR KANSPEKT

Zargarlikda ishlatiladigan qimmatbaho metallar. Nodir va qimmatba- ho materiallar asosan zargarlik ishlarida qo‘llanilgan. Qimmatbaho metallar turkumiga nodir metallar guruhidagi hamma elementlar kiradi. Bular - oltin, kumush, platina, mis, palladiy, iridiy, ruteniy va osmiy. Qimmatbaho me- tallar tabiatda kam uchraydigan, o‘zining yaltirashi, chiroyliligi, korroziya (zanglash) va oksidlanishga bardoshliligi bilan ajralib turadigan metallardir. Zargarlik sanoatida qo‘llanishiga qarab ular asosiy va ikkinchi darajali hisob lanadi.


Oltin - chiroyli sariq rangda tovlanadi, jilolanganda tovlanishi yana­da ortadi. Juda yumshoq, bolg‘alanuvchan, plastik va cho‘ziluvchan metall. Zichligi 19,32 g/sm3, erish harorati 1064°C. Bir gramm oltindan 3,5 km sim tortsa va shunday yupqalikda bolg‘alasa bo‘ladiki, undan yorug‘lik o‘tishi mumkin. Bunday oltin varaqning qalinligi 0,0001 mm atrofida bo‘ladi. Bun- day qalinlikda tayyorlanadigan oltin «susal» oltin deyiladi va u zarvaraq bezaklarda keng qo‘llaniladi. Oltinning eng muhim xossasi uning kimyoviy bardoshliligidir. Oltin ochiq havoda, hatto qizdirilganda ham oksidlanmaydi, unga namgarlik ta’sir etmaydi, u kislota, ishqor va tuzlarning ta’sirini sez- maydi. Unga oltingugurt vodorodi ham ta’sir etmaydi.
Kumush - oq rangdagi metall, juda cho‘ziluvchan plastik va bolg‘a- lanuvchan. Yumshoqligi bo‘yicha kumush oltin va misning oralig‘ida joy- lashgan. Kumushning issiqlik va elektr o‘tkazuvchanligi yuqori, yorug‘lik qaytarish xususiyati juda yaxshi bo‘lib, kelayotgan nurning 95% ini qaytaradi. Jo‘valash yo‘li bilan kumushdan 0,00025 mm qalinlikdagi varaqlar hosil qi- lish mumkin. Kumushdan juda ingichka sim tortsa va o‘rasa bo‘ladi, u yaxshi kesiladi va jilolanadi.
Platina - og‘ir, kulrang-oq metall, juda cho‘ziluvchan, yetarli daraja- da bolg‘alanuvchan, lekin qattiqligi oltin va kumushnikidan ancha yuqori. Platinaning zichligi 21,45 g/sm3, erish harorati 1769°C. Jo‘valanishi yaxshi, prokatlab 0,0025 mm li varaq hamda ingichka sim hosil qilish mumkin. Platina kimyoviy turg‘un metallar turkumiga kiradi. Juda kam moddalar unga ta’sir etishi mumkin.

Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish