Dizayn jarayonining asosiy bosqichlari.
1. Ishlab chiqilayotgan mahsulotga bo'lgan ijtimoiy ehtiyoj to'g'risida xabardorlik.
2. Loyihalash uchun texnik topshiriqlar (dastlabki tavsif).
3. Mavjud texnik echimlarni tahlil qilish.
4. Funktsional diagrammani ishlab chiqish.
5. Strukturaviy diagrammani ishlab chiqish.
6. Mexanizmning metrik sintezi (kinematik sxemani sintez qilish).
7. Statik kuchni hisoblash.
8. Loyihaning dizayni.
9. Kinetostatik quvvatni hisoblash.
10. Ishqalanishni hisobga olgan holda kuchlarni hisoblash.
11. Parcha va kinematik juftliklarni hisoblash va loyihalash (kuchni hisoblash, muvozanat, muvozanat, tebranishdan himoya qilish).
III. Dvigatel tirsakli vallarini o’zak va shatun bo’yinlarini payvandlash
usuli bilan tiklash texologiyasini o’rganish(Lobaratoriya)
1.ISHNING MAQSADI.
Elektrokantakt usulida payvandlash jarayonining mohiyati bilan tanishish.
Elektrokontakt usulida payvandlashning turlari, jihozlari va ishni o’rganish.
Elektrokontakt payvandlash usulining qo’llanish sohalari, afzalliklari va kamchiliklari bilan tanishish.
2. MASHG’ULOT UCHUN TOPSHIRIQLAR.
2.1.Ish joyi bilan tanishish.
2.2.Eyilish sxemasini o’rganish.
2.3.Tiklash texnologiyasi bilan tanishish.
2.4.Asbob uskunalardan foydalanishni o’rganish.
3. ISH JOYIDAGI KERAKLI JIHOZLAR.
3.1. Tekshirish uchun ma’lum muddatlarda ishlagan turli markadagi
dvigatel vallari.
3.2. Mikrometrlar, indikatorlar, shtangentsirkullar.
3.3. Tirsakli vallar qo’yilgan moslama.
3.4. Elektrokontakt usulida payvandlash uskunasi.
4. ISHNING MAZMUNI VA BAJARILISH TARTIBI.
4.1.Umumiy ma’lumotlar: metallarning payvandlanadigan joylarini bosim bilan bir-biriga qisib, ular orqali elektr toki o’tkazib, qizdirish yo’li bilan olib boriladigan payvandlashga elektrokontakt usulida payvandlash deyiladi.
1 – rasm.
Elerokontakt usulida payvandlash sxemasi.
1-transformator; 2-egiluvchi o’tkazgich; 3-4-tok uzutuvchi simlar; 5-6-elektrodlar; 7-8-payvandlanayotgan detallar; 9-qayta ulagich; 10-kontaktor; 11-vaqt sozlagichi.
Elektrod toki o’tishi natijasida ajralib chiqadigan issiqlik miqdori quyidagi ifoda bilan aniqlanishi mumkin.
Q = L2 · R · t , joul
bu yerda J - tok kuchi, A;
R - detallarning bir-biriga qisib turilgan joyidagi
qarshiligi, Om;
t - tok kuchining tahsir etish vaqti, s
Ifodadan ko’rinib turibdiki, ajralib chiqayotgan issiqlik miqdori tok kuchining kvadratiga bog’liq ekan. Shuning uchun detalning payvandlanadigan joyi juda tez qizishini ta’minlash uchun tok kuchini bir necha o’n ming ampergacha kattalikda olinadi. Bundan tashqari, tok kuchi o’tadigan yuzaning /F/ kichikldigi hisobiga
/ ifodaga qarang/
R = m
va zona harorati ortishi bilan qarshilik ortadi. Bularning hammasi detalning payvandlanadigan zonasini juda ham qisqa (soniyaning o’ndan bir va mingdan bir qismi ) vaqt ichida kerakli haroratgacha qizishini ta’minlaydi.
Elektrokontakt usulida payvandlash rejimi ko’rsatkichlariga tok kuchi, uning ta’sir etish vaqti, bosim kuchi va uning ta’sir etish vaqti kiradi.
Elektrokontakt payvandlash usuli ish unumining yuqoriligi, payvand tok sifatining yaxshiligi, jarayonni keng miqyosda mexnizatsiyalash va avtomatlashtirish mumkinligi payvandlash narxining arzonligi kabi ko’rsatkichlariga ko’ra mashinasozlikda va qurilishda po’lat va rangli metall qotishmalaridan ajralmas konstruktsiyalar olishda undan keng foydalanilmoqda. Keyingi vaqtlarda bu usul qishloq xo’jalik mashinalarini ta’mirlashda yeyilgan yuzalarni qayta tiklashda zamonaviy usullar qatoriga kirib kelmoqda.
Elektrokontakt usuli payvand chok olish usuliga ko’ra quyidagi asosiy xillarga ajratiladi.
1. Uchma-uch 2- rasm
2. Nuqtaviy 3- rasm
3. Rolikli 4- rasm
Uchma-uch payvandlashda birikma ikkala detal uchlarining yon yuzalarini bir-biriga payvandlanishidan hosil bo’ladi. bu usul bilan trubalar, relslar, zanjirlar, parmalar va boshqalar payvandlanadi.
Nuqtaviy payvandlashda uchlari kichik yuzali elektrod yordamida detallar bir-biriga qattiq qisib, ular orqali tok o’tkazib, birikma hosil qilinadi. Nuqtaviy payvandlash avtotraktor va qishloq xo’jalik mashinasozligida kabinalar, kuzovlar, don, urug’, o’g’it solinadigan idishlar va boshqalar tayyorlashda qo’llaniladi.
Rolikli payvandlashda payvand chok aylanuvchi qator payvand nuqtada bir-birini ma’lum miqdorda bosib tushuvchi qator payvand nuqtalar sifatida qilinadi. Payvand nuqtalarning bir-biriga nisbatan joylashishiga qarab, chok uzluksiz va uzlikli bo’lishi mumkin.
Bu usul bilan sanoatda suyuqlik quyiladigan idishlar, truba kabilar tayyorlashda, shuningdek, mashinalarni ta’mirlash jarayonida detallarning yeyilgan yuzalarini qayta tiklada foydalaniladi.Yuzalarini qayta tiklashga mo’ljallangan 011-1-02 “Remdetal” qurilmasi keltirilgan.
Qayta tiklanadigan detal shpindel va markaz bilan ushlab ma’lum tezlikda aylantiriladi. Tezligi avtomatik ravishda boshqariladigan aravachada payvandlash kallagi joylashgan bo’lib, uning ikkita roligi bor.
Bu usul detallarning yeyilgan yuzalariga metall simi, lenta yoki kukunini tokning kuch impulslari yordamida qoplashga asoslangan.
2 – rasm. Nuqtaviy payvandlash sxemasi (a) va payvandlangan nuqtalar (b).
3 – rasm. Rolikli payvandlash sxemasi (a) va payvand chok (b).
4 -rasm. 011-1-02 “Remdetal” elektrokontakt payvandlash qurilmasi.
Ketma-ket berib turiladigan tok impulsi detalning qayta tiklanadigan butun yuzasida vintsimon chiziq bo’ylab joylashgan va bir-birini har tomondan qisman bosib tushuvchi payvand nuqtalar hosil qiladi. Bunga detalning aylanma va qurilma aravachasining bo’ylama xarakati hisobiga erishiladi. Detalning ortiqcha qizishiga yo’l qo’ymaslik va payvandlangan qatlamni toblash maqsadida payvandlash zonasiga sovituvchi suyuqlik yuborib turiladi.
5. ISHNI BAJARISH TARTIBI
1. Elektrokontakt usulida payvandlash jarayonining mohiyati qisqa yoziladi.
2. Elektrokontakt usulida payvandlash turlarining sxemasi chiziladi.
3. 011-1-02 “Remdetal” elektrokontakt payvandlash qurilmasining tuzilishi va ishlash qoidasi o’rganiladi.
4. Namunaga po’lat lentani payvandlab,sifati tekshiriladi.
5. Payvandlangan yuza ishchi o’lchamigacha jilvirlanadi.
6. Ish yuzasidan xulosa yoziladi.
6. XULOSA
Olingan natija asosida o’z fikringizni ayting.
7.TAKRORLASH UCHUN SAVOLLAR.
Elektrokontakt usulida payvandlashning fizik mohiyatini aytib bering?
Elektrokontakt usulida payvandlashning qanday turlari mavjud?
Payvandlash usuliga ko’ra rolikli mashinalarning qanday turlari mavjud?
Detallarni qayta tiklashda ularning yeyilgan yuzalariga qoplash uchun qanday materiallardan foydalaniladi?
Xulosa
Xulosa qilib aytganda,Mashinasozlik sanoat va qishloq xo’jaligining taraqqiyot etishi zarur bo’lgan texnikaviy baza yaratadi. Shunday ekan, har bir ishchi, injener
hamda olimning vazifasi zamonamiz talabiga to’la javob beradigan, yuqori
unumli, mustahkam va foydali ish koeffitsienti yuqori bo’lgan yangidan-yangi
mashinalar yaratishdan iborat. Buning uchun mashinalar loyihalashda ular
detallarining mumkin qadar engil etarli darajada mustahkam, ishqalanishga
chidamli, shakli oddiy, ishlatilishi qulay va xavfsiz, shuningdek, davlat
standartlarida qo’yilgan talabalarni to’la qondiradigan bo’lishiga erishish
kerak. Bundan tashqari, detallar ishdan chiqqanda yangisiga tez va oson
almashtiriladigan bo’lishi ham zarur.
Tabiiyki, bunday vazifani yuqori malakali mutaxassislargina hal qila
oladi. Anna shunday mutaxassislar tayyorlashda mashinalarning asosiy qismlari,dvigatellar uzatish mexanizmlari alohida o’rin tutadi. Chunki bu fan mashinalarning tarkibiy qismi bo’lgan detal, uzel va mexanizmlarning vazifasini, tuzilishini, ishlashini, yutuq va kamchiliklarini hamda ularni hisoblash yo’l yo’riqlarini o’rgatadi. Mashina detallari bo’yicha qariyb barcha asosiy adabiyotlar rus tilida ekanligini nazarda tutgan holda mazkur metodik qo’llanma yaratildi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. “Transport vositalari detallarini ish qobiliyatini qayta tiklash texnologiyasi”
fani.-L...:And.M.I.I.,2001y
2.A.M.Isadxo’jayev “Kon majmualari va mashinalari Toshkent “Turon-Iqbol”-2007
3. T.I.ASQARXO‘JAYEV, X.N.DIMETOV, R.O .SHUKUROV, A.O.IKRAMOV, S.I.IBROHIMOV, Z.O.MAQSUDOV, M.T.UMIROV “YO‘L QURILISH MASHINALARIDAN FOYDALANISH” “Noshir” Toshkent-2011
4. A.A. Safoev, X.J.Abdug‘afforov, P. Rajiboev.. “Mashinasozlik texnologiyasi va loyihalash asoslari”
Do'stlaringiz bilan baham: |