2.O‘zbekistondagi ishlab chiqarish turlari. Ishlab chiqarishda yangi texnika va ilg‘or texnologiyalar.
5.1O`zbekistondagi ishlab chiqarish turlari. Ijtimoiy mehnat taqsimotiga muvofiq iqtisodiyot tarmoqlari faoliyatining ikki katta sohasini – ishlab chiqarish (moddiy ishlab chiqarish) va noishlab chiqarish sohalarini o’z ichiga oladi. Ana shu sohalarning tarkibi, o’zaro munosabati va bir – biriga bog’liqligi mamlakatimiz iqtisodiyot tarmoqlari tuzilmasini tashkil etadi.
Iqtisodiyot tarmoqlarining noishlab chiqarish sohasiga aholiga tibbiyot, madaniy – maishiy xizmat ko’rsatish, boshqarish, rejalashtirish va boshqa ijtimoiy zarur vazifalarni amalga oshiradigan tarmoqlar kiradi. Bu soha kishilarning mehnat sharoitini, turmushini yaxshilashga xalqning farovonligini yuksaltirishga katta ta’sir ko’rsatadi.
Mamlakatimiz iqtisodiy qudratining asosi og’ir sanoat bo’lib, u ishlab chiqarish vositalarining (materiallar, mashinalar, asbob – uskunalar, jihozlarning) ishlab chiqarilishini ta’minlaydi. Aholi uchun madaniy – maishiy va xo’jalikka mo’ljallangan xilma-xil tovarlarni tayyorlash bilan asosiy mahsulot chiqarishdan tashqari sanoatning istisnosiz barcha tarmoqlari shug’ullanadi.
Qishloq xo’jaligi sanoati xom ashyo bilan, aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlaydi. U o’simlikshunoslik (dalachilik, sabzavotchilik, mevachilik, yem – xashak tayyorlash va hokazolar) hamda chorvachilik (qoramolchilik, qoychilik, parrandachilik, baliqchilik va hokazolar) ni o’z ichiga oladi.
Qurulishning vazifasi ishlab chiqarish binolari, inshootlar, turar joylar, yo’llar, kasalxonalar, maktablar va boshqa obektlarni qurish hamda qayta ta’mirlashdir. Transport, sanoat, qishloq xo’jaligi va boshqa qurilishlar bir-biridan farq qiladi.
Transport iqtisodiyot tarmoqlari va aholini xilma-xil yuklarni tashish ehtiyojini uzluksiz hamda o’z vaqtida ta’minlaydi.
Aloqa jamiyatning ishlab chiqarish – xo’jalik faoliyatida, axolining madaniy – maishiy ehtiyojlarini qondirishda muhim ro’l oynaydi. U axborotlarning uzatilishini ta’minlaydi va pochta, telefon, radio, televideniyeni o’z ichiga oladi.
Iqtisodiyot tarmoqlari tuzilmasi to’xtovsiz takomillashmoqda. Masalan sanoatda energetika va mashinasozlikning yangi tarmoqlari vujudga kelmoqda.
Iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishning eng muhim yo’nalishi uning tarmoqlari strukturasini takomillashtirish – tarmoqlararo komplekslarni vujudga keltirishdir. Bunday komplekslarning bir necha turlari bor.
Mashinasozlik kompleksi mamlakat iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini mehnat vositalari bilan ta’minlaydi, shunga ko’ra ularning rivojlanish sur’atini va ishlab chiqarish samaradorligini ham ko’p darajada belgilaydi. Bu kompleksga energetika, og’ir mashinasozlik va transport, kimyo va neft, qurilish, yo’l va xizmat ko’rsatish mashinasozligi, stanoksozlik va asbobsozlik, elektrotexnika, elektron sanoat, asbobsozlik, avtomobil sanoati va boshqa ayrim tarmoqlar kiradi.
Mashinasozlik kompleksini, birinchi navbatda dastgohsozlik, hisoblash texnikasi, ishlab chiqarish, asbobsozlik kabi tarmoqlarni, elektrotexnika va elektron sanoatni jadal rivojlantirish mo’ljallangan. Fan-texnika taraqqiyoti eng avval mana shularning rivojlanish darajasida bog’liqdir.
Konstruksion materiallar ishlab chiqarish kompleksiga qora va rangli metallurgiya, kimyo va neft-kimyo, o’rmon, selyuloza qog’oz va yog’ochni qayta ishlash qurilish materiallari sanoati kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |