2. Parchinlash jarayoni va parchinlashda ishlatiladigan asbob uskunalar va moslamalar.
Parchin mixli birikmalar va ularni hosil qilish, parchin mixlarning turlari, tayyorlash usullari, materiali, parchinlash asboblari va moslamalari bilan tanishtirilib, parchinlashni mashq qildirishga o‘tiladi.
Parchin mixlar po‘lat, mis, latun, alyuminiy, dyuralyuminiy va boshqa metallardai yasaladi. Ular yuqori plastiklik xususiyatiga ega bo‘lishi, toblanmasligi kerak Parchin mix va parchinlanadigan detal materiali bir xil bo‘lishi talab yetiladi (metallmas materiallar buidan mustasno)
Chilangarlik o‘quv ustaxonalarida parchin mixlar tayyorlashda ular uchun tanlangan material texnologik sinash yo‘li bilan tekshiriladi. Buning uchun tanlab olingan sterjendan ma’lum o‘lchamda bir bo‘lak qirqib olinadi. Bu bo‘lakni tiskiga qotirib, bir uchi bolg‘alanadi. Bolg‘alashda metall yorilm darz ketmay, snimay talab yetilgan shaklga nuqsonsiz kelsa. u parchin mix tayyorlash uchun yaroqli deb topiladi va unda turli konstruksiyadagi parchin mixlar tayyorlanadi.
Parchin mixlar materialiga va ishlatish sohalariga qarab turli konstruksiyada tayyorlanadi. Ular sterjenining diametri 1 mm dan 37 mm gacha bo‘lgan yarim yumaloq, yanrin, yarim yashirin kallakli yaxlit va ichi kovak piston ko‘rinishida bo‘ladi.Ichi kovak pistonlar aniq mashinasozlik sanoatida yelastik materiallar (fibra, karton, charm, mato va hokazolar) dan yasalgan detallarni parchinlab biriktirishda ishlatiladi. Maxsus (portlovchi) parchin mixlar detalning ikkinchi tomoniga o‘tib ishlash mumkin bo‘lmagan hollardagina ishlatiladi. Bularning uchida bir oz bo‘shliq bo‘lib, unga portlovchi modda to‘ldirilgan bo‘ladi. Modda portlashishatijasida mixning pistonsimon uch qismi yoyilib detallarni biriktiradi (birikma hosil bo‘ladi). Parchin mixlarning o‘lchamlari parchinlanadigan detallarning qalinligiga qarab olinadi. Puxta birikmalar hosil qilishda migning diametri d = 2S mln ga teng bo‘ladi, bu yerda S mln parchinlanadigan detal qalinligining yeng kichik o‘lchami. Parchin mixning uzunligi l birikmaning qalinligi S bilan mixning birikmadan chiqib turgan qismi uzunligi l0 ning yig‘indisiga teng, ya’ni: L= S+ l0
Yarim yumaloq kallakli parchin mixlarda l0=(1÷1,5) d, yashirin kallakli parchin mixlarda l0=(0,5÷1) d bo‘ladi. Parchin mix o‘rni parchinlanadigan detal qalinligiga qarab sumba bilan urib yoki parmalab teshiladi. Parchinlash parchin mixlarni kzdirib yoki sovuqlayin qo‘lda va pnevmatik bolg‘alar bilan olib boriladi. Diametri 10 mm gacha bo‘lgan parchin mixlar sovuq holda, undan katta o‘lchamlardagilari qizdirib parchinlanadi. Parchinlashda tutqich (podderjka), tortkich kabi maxsus asboblar, shuningdek rejalash asboblari, sumba, narma, badg‘a kabi asbob va moslamalar ishlatiladi.
Tutqich uchida parchin mix kallagiga mos sferik o‘yiqchasi bo‘lgan, bolg‘alash vaqtida kallakni yezilishdan saqlaydigan taglik tayanchdan iborat bo‘lib, sandon vazifasini o‘taydi. U tiskiga yoki maxsus tayanchlarga o‘rnatiladi. Parchinlashda detallardan parchin mix o‘tkazilib, birikma tutqich ustiga qo‘yib bolg‘alanadi. Parchinlashda, ko‘pincha, kvadrat muhrali bolg‘alar ishla-tiladi. Tortqich parchin mix o‘tkazilgandan so‘ng parchinlanadigan qismlarni bir-biriga jipslash uchun ishlatiladi, uning uchi parchin mix sterjeni kiradigan qilib parmalangan bo‘ladi. Parchin mix o‘tkazilgan birikmani tutqich ustiga o‘rnatib bolg‘alab kallaklashdan oldin tortqich bilan tortib — jipslab olinadi. Qisqichning ish qismida parchin mix kallagiga mos o‘yiqchasi bo‘lib, xomaki bolg‘alash yo‘li bilan hosil qilingan kallakni yezib, biriktiruvchi kallak hosil qilishda ishlatiladi.Parchinlash moslamalari U8 markali uglerodli asbobsozlik po‘latlaridan tayyorlanadi, ish qismi toblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |